Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Varshavada Polsha-O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining davra suhbati o‘tkazilmoqda

Shu yilning 11-12-iyul kunlari Varshavada Polsha-O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda. Unda ikki mamlakatning 50 dan ortiq OTMlari rektorlari, prorektorlari ishtirok etmoqda.

Mazkur xalqaro tadbirda O‘zbekiston Milliy universiteti vakili sifatida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Shuhrat Toshmatov ham qatnashmoqda.

11-iyul kuni Varshava iqtisodiyot oliy maktabida rasmiy tadbirlar tashkil etildi. Ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari rahbarlari plenar va ishchi sessiyalarda o‘z ma’ruza va taqdimotlari bilan chiqish qilishdi.

Davra suhbatida professor-o‘qituvchilarning stajirovka dasturlarini yo‘lga qo‘yish, Scopus va Web of Sciense kabi xalqaro ilmiy bazalarga kiruvchi jurnallarda hamkorlikda maqolalar chop etish, talabalarning akademik mobilligini faollashtirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini kengaytirish bilan bog‘liq qator masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Xususan, O‘zMU O‘quv ishlar bo‘yicha prorektor Sh.Toshmatov O‘zbekiston-Polsha oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari yuzaidan o‘z takliflarini bildirib o‘tdi.

Rasmiy tadbirlar 12-iyul kuni Krakov shahrida joylashgan nufuzli «AGH University of Krakow»da davom etdi.