Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

XALQARO HAMKORLIK

 

Joriy yilning 8-14 aprel kunlari Turkiyaning Kojayli universiteti (TOP-1000) LATARUM ilmiy – tadqiqot instituti direktori, professor ERSIN KAHAYANning taklifiga binoan Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo’tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti direktori, professor Sharifa Utamuradova Mugla shahrida oʻtkazilayotgan «2nd Semiconductor Materials & Device Physics Conference (SEMIMATER 2025)» (II Yarimo’tkazgichli materiallar va qurilmalar fizikasi) xalqaro ilmiy va amaliy konfrensiyasida ishtirok etdi.

Mazkur anjuman O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bilan bir qatorda institutning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, institutda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha ma’lumotlar berish hamda kelajakda o’zaro manfaatli hamkorlik uchun asos bo’ladi.

Ushbu xalqaro konferensiyada professor Sharifa Utamuradova o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etib, konferensiyaga tashrif buyurgan bir nechta yetuk olimlar bilan kejakda amaliy – ilmiy hamkorlik masalalari muhokama qildi.

Kojayli universitetining Lazer texnologiyalari va fotonika amaliy-tadqiqot markazi bilan Yarimo’tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va ilmiy xodimlarni o’zaro kelishilgan holda o‘zaro qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish masalalari hal etilib, memorandum imzolandi. Endilikda ushbu memorandum asosida institutning yosh ilmiy xodimlari o‘z ilmiy-tadqiqot ishlarini ushbu amaliy-tadqiqot markazida amalga oshirish imkoniga ega bo‘ldilar.

O‘zMU Axborot xizmati