Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Xalqaro reyting yoʼlidagi ilmiy tadqiqotlarni qoʼllab quvvatlash boʼyicha hamkorlik

17 fevral kuni O‘zbekiston Milliy Universiteti taklifiga binoan Research Support xalqaro ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash markazining O‘zbekistondagi vakillari, strategik ilmiy salohiyatni oshirish bo‘yicha ekspert Aliya Ospanova va ijrochi direktor Muhamedov Bahodiyor bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova va xalqaro reytinglarda ishtirok etish bo‘limi boshlig‘i Go‘zal Boboyeva va xalqaro bo‘lim xodimlari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Milliy Universitetining hozirgi kundagi xalqaro reytinglardagi o‘rni, istiqboldagi ilmiy salohiyati bo‘yicha strategik rejalari va undagi muammolar muhokama qilindi. Research Support markazi vakillari bu boradagi o‘z fikr-mulohazalari va tahlillarini bildirib o‘tishdi. Tomonlar o‘zaro xamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga kelishib olishdi