Bugun, 7-yanvar kuni, xalqaro reytinglarda universitetning muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash, fakultetlarning bu boradagi hissasini tahlil qilish va ularning faolligini yanada oshirish maqsadida xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova va strategik rivojlanish va xalqaro reyting bo‘limi xodimlari ekologiya va biologiya fakultetiga tashrif buyurishdi.
Uchrashuv davomida fakultet professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari va tadqiqotchilari bilan suhbat o‘tkazilib, xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallash uchun zarur strategiyalar, ilmiy maqolalar nashr qilish va ushbu maqolalarning iqtiboslik hamda professorlarning h-indekslarining universitet xalqaro reytingi uchun ahamiyati, shuningdek, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
“Shu bilan birga, o’tgan 2024-yil mobaynida ekologiya va biologiya fakulteti professor-o‘qituvchilarining barqaror rivojlanish bo’yicha amalga oshirgan ishlari tahlil qilindi.
Bunda, universitetning THE Impact xalqaro reytingida (https://t.me/xalqaro_reyting_nuuz/2462) BRM-2 ochlikka qarshi kurashish bo‘yicha 53 o‘rinni, BRM-15 yerdagi hayot maqsadi bo‘yicha 54 o‘rin, BRM-13 Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash maqsadini amalga oshirishda 94 o‘rinlarni qayd etib, dunyo universitetlari orasida mazkur maqsadlari bo’yicha TOP-100 universitetlar qatoridan o’rin olganida ushbu fakultet fidoyilarining qo’shgan hissalari alohida ta’kidlandi.”
Mazkur tashrif universitetning umumiy ilmiy salohiyatini oshirish va global maydonda mavqeini mustahkamlash yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.