Bugun, 6-yanvarda universitetning xalqaro reytinglarda ishtirok etishida fakultetlar hissasini ko’rsatib berish va ularning faolligini yanada oshirish maqsadida xalqaro aloqalar bo’yicha prorektori Raima Shirinova hamda bo’lim xodimlari geologiya fakultetiga tashrif buyurishdi.
Tashrif avvalida fan reytinglariga kirish bo’yicha qator masalalar bo’yicha tushuntirish ishlari olib borildi hamda dunyo reytingidagi o’rinlarni yanada yuqori ko’tarishda muhim ko’rsatkichlar bo’yicha tavsilotlar keltirib o’tildi.
“Ma’lumot uchun, geologiya fani maqolalar soni bo‘yicha yillar kesimida o‘sishni ko’rsatmoqda va fan reytinglariga kirish uchun katta salohiyatga ega.”
Uchrashuv so’ngida har bir yo’nalishlar bo’yicha bajarilishi lozim bo’lgan ishlar rejasi tuzilishi va ularning nazorat etilishi xusida kelishib olindi. Shuningdek, universitet reytingini xalqaro miqiyosida ko’tarish bo’yicha faol ishtirok etishga barcha professor-o’qituvchilar jalb qilinishi ta’kidlandi.
Xalqaro aloqalar bo`limi