Joriy yilning 21 aprl kuni Xitoyning Beijing Foreign Studies University rektori boshchiligidagi delegasiya Oʻzbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi.
Delegasiyani Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Raima Shirinova , Uslubiy ta’minlash va ta’lim sifatini nazorat qilish boʻyicha prorektor Ravshan Musurmanov , Ilmiy ishlar va innovasiyalar boʻyicha prorektor Yoqub Ergashov , Xorijiy talabalar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Oxundadaev , Jurnalistika va Oʻzbek filologiyasi fakulteti dekani Muzaffar Chorshambievlar kutib oldilar.
Eslatib oʻtish joizki Beijing Foreign Studies University fan yoʻnalishlari dunyoning top reytingida
Lingvistika yoʻnalishida -18 oʻrin
Ingliz tili va adabiyoti yoʻnalishida -98 oʻrin
Zamonaviy tillar yoʻnalishida -150 oʻrin
Pedagogika yshnalishida esa 250-300 oʻrinlarni egallab kelmoqda
Uchrashuv davomida tomonlar universitetlar oʻrtasida xamkorlikni yoʻlga qoʻyish yuzasidan soʻz olib bordilar. Shuningdek ikki universitet oʻrtasida talabalar oʻrtasida mobillik dasturlari, professor-oʻqituvchilar almashinuvi, xammualliflikda ilmiy maqolalar nashr etish, ikki universitet xamkorligida xalqaro konferensiyalar tashkil qilish kabi masalalar qoʻrib chiqildi.
Uchrashuv soʻngida tomonlar ikki universitet oʻrtasida xamkorlik memorandumini imzolashga kelishib oldilar.
Xalqaro aloqalar bo’limi