Bugun, O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston matematika jamiyati bilan hamkorlikda respublikamizdagi yosh matematiklar, doktorantlar va talabalar ishtirokida xitoylik olim, Chendu universiteti professori Xiaojun Chen bilan uchrashuv o‘tkazildi. Xorijlik mehmon o‘zbekistonlik yoshlarga “Sun’iy intellektda matematikaning o‘rni” mavzusida qiziqarli ma’ruza o‘qidi.
Uchrashuv doirasida Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti Toshkent filiali akademik direktori Matyoqub Baqoyevning sun’iy intellekt bo‘yicha so‘zlagan ma’ruzasi ham talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Ma’ruzalar so‘nggida talabalar va yosh tadqiqotchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston matematika jamiyati dunyodagi nufuzli Xalqaro matematika uyushmasining teng xuquqli a’zosi sifatida respublikamiz universitetlarida matematika faninig rivojlantirish hamda uning nufuzini oshirishda muhim vazifalarni bajarib kelmoqda.
Jumladan, matematika sohasida ta’lim sifatini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, ilm-fanga yoshlarni jalb qilish maqsadida, xorijlik taniqli olimlarning tajribasi, ularning ilmiy faoliyatida erishgan yutuqlarini yosh o‘qituvchilari, tadqiqotchilar, doktorantlar va iqtidorli talabalarga o‘rgatish keng yo‘lga qo‘yilgan.
O‘zMU Axborot xizmati