Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Xitoylik professorga O‘zMU faxriy professori unvoni berildi

Bugun, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Xalqaro ilmiy tashkilotlar alyansi (ANSO),  Xitoy Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda biotibbiyotning rivojlanishi va innovasion tadqiqotlar” mavzusida simpozium o‘tkazildi.

Tadbir avvalida ilm-fan va ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish yo‘lidagi xizmatlari uchun Xitoy kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi Bosh direktori, professor Jorj Gaoga O‘zbekiston Milliy universiteti “Faxriy professori” unvoni berildi.

Xitoylik olimga unvon guvohnomasini O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov tantanali topshirdi.