Xitoyning Shanxay munitsipaliteti Fan va texnologiyalar komissiyasi raisi o’ribsari Huang Hong boshchiligidagi delegatsiya Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetiga 2024-yil 7-iyun kuni tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolarini O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Toshmatov Shuxrat Amonovich boshchiligidagi O’zMU vakillari kutib oldilar.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad Shanxay munitsipaliteti tomonidan ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasida erishilayotgan yutuqlar bilan tanishish, o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdan iborat bo’ldi.
Jumladan, Shanxayning 2035-yilga qadar rivojlanish strategiyasiga muvofiq amalga oshirilayotgan “Bir makon – bir yo’l” dasturi doirasida 70ga yaqin Shanxay munitsipalitetida joylashgan oliy ta’lim muassalalari va O’zMU professor-o’qituvchilari o‘rtasida hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama etildi.
Shuningdek, yuqorida qayd etilgan yirik dastur doirasida e’lon qilinishi kutilayotgan grand tanlovlarda O’zMU professor-o’qituvchilari o’zaro rasmiy hamkorlik aloqalari o’rnatilgandan so’ng o’z loyihalari bilan ishtirok etish imkoniyatlari mavjudligi qayd etildi.
Xalqaro aloqalar bo’limi