Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Xonadonda farzand tugʼilishi, oila aʼzolari uchun katta baxt va kuvonch hisoblanadi

Xonadonda farzand tugʼilishi, oila aʼzolari uchun katta baxt va kuvonch hisoblanadi. Аyniksa, qiz farzand tugʼilsa, unga uy tutish, oʼziga oro berish, farzand tarbiyalash, tikish-bichish xunari kabi ishlarni oʼrgatish ishlarini har bir bosqichda oʼziga xos usul bilan tarbiyalashimiz kerak. Chunki qiz bola bulgʼusi ona, oila bekasi. Аgar u oilasida saranjom-sarishtalik, kiyim-kechak va uylarni ozoda saqlash, shirin taomlar tayyorlash sirlarini mukammal oʼrgangan boʼlsa, kelin boʼlib tushgan xonadonida hurmat topadi, obroʼga ega boʼladi va kelgusida farzandiga tugʼri tarbiya berishiga ishonchimiz komil.

Joriy yilning 5 mart kuni Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Miliy universitetiga qarashli 5-sonli talabalar turar joyida 5 muhim tashabbus doirasida talaba-qizlarning darsdan boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazish, pazandalik, bichish-tikish singari roʼzgʼor yumushlarini, oilaviy hayot, shaxsiy gigiena va sogʼlom turmush tarziga oid bilim hamda koʼnikmalarni puxta oʼzlashtirish, talabalar bilanolib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida “ORАSTА QIZLАR” koʼrik-tanlovi oʼtkazildi. Tanlovda Ijtimoiy fanlar fakulьteti talaba-qizlari toʼrtta shart: tanishtiruv, pantamimo, karving sanʼati, erkin mavzularida oʼzaro bellashdilar. Tanlov davomida qizlar oʼzlarni chaqqonligi, odob-ahloqi, mohir pazzandaligi bilan Tanlov hakamlari hamda talabalarda katta taassurot qoldirdi. Tanlov shartlariga boʼyicha hakamlar tomonidan qoʼyilgan baholarga koʼra talaba-qizlar quyidagicha oʼrinni oldilar:

1-oʼrin – ShoxsanamАbdusalomova (Аmaliy psixologiya 1-kurs,oʼzbek)

2-oʼrin – CharosOchilboeva (Sotsiologiya 1-kurs,oʼzbek)

3-oʼrin – YasminaOmonova (Ijtimoiy ish 1-kurs,rus)

Shuningdek tanlov soʼngida 5-sonli talabalar turar joyi “Talabalar Kengashi” jamoasining sahna koʼrinishlari va fakulьtet iqtidorli talabalarning musiqiy chiqishlari talabalarga koʼtarinki kayfiyat bagʼishladi.

Yoshlar bilan ishlash,

maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi