Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Xorijiy filologiya

Bakiyev Xabibulla Maxamatjanovich – Fakultet dekani
 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

Tel: +998 9
E-mail: 


Ikromova Surayyo Abdujalolovna – Dekani o’rinbosari
 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

Tel: +998 9
E-mail: 


Zulpixorov Adxam Xayitmuratovich – Dekani o’rinbosari
 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

Tel: +998 9
E-mail: 


Ergashev Xurshidjon Shukurjonovich – Dekani o’rinbosari
 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

Tel: +998 9
E-mail: 


Erqulov Olim Farmonovich – Dekani o’rinbosari
 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

Tel: +998 9
E-mail: 


Boyqobilov Sherzod Omonboyevich – Dekani o’rinbosari
 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

Tel: +998 9
E-mail: 



Xorijiy filologiya fakultetitarixi va bugungi faoliyati

Xorijiy filologiya fakulteti Mirzo Ulug‘bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetining nufuzli fakultetlaridan biri.

Xorijiy filologiya fakulteti 1994-yili roman – german filologiyasi va rus filologiyasi fakultetlarining birlashishi natijasida tashkil topgan. Roman-german filologiyasi fakulteti 1962-yilda tashkil etilgan. Rus filologiyasi kafedrasi universitetning keksa kafedralaridan hisoblanib, u 1941-1942 yillarda tarix-filologiya fakulteti tarkibida tashkil etilgan. 1943 yildan filologiya fakulteti alohida fakultet boʼlib ajralib chiqadi.

Fakultetining tashkil topishida Ikkinchi Jahon urushi yillarida Oʼrta Osiyo universitetida mehnat qilgan rus olimlari akademiklar V.M.Jirmunskiy va V.F.Shishmarevning xizmatlari katta bo’lgan. Ularning tashabbuslari bilan 1943 yil universitetning filologiya fakulteti tarkibida roman-german filologiyasi kafedrasi ochilgan. Roman-german filologiyasi fakultetiga turli yillarda dotsentlar Ye.F.Vaganov (1963-1981), Z.B.Sattarova (1981-1985), J.А.Bobojonova (1985-1992) va f.f.d., professor А.А.Аbuduazizov (1992-1994) rahbarlik qildilar. Rus filologiyasi fakultetini dotsent P.P.Filippov boshqargan (1980-1994). Yangidan tashkil etilgan xorijiy filologiya fakultetini Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan fan arbobi, professor А.А.Аbduazizov rahbarlik qilgan (1994-2007). 2007 yil 20 avgustdan 2008 yil iyulgacha fakultetni f.f.d., professor А.E.Mamatov boshqargan. 2008 yil iyuldan 2012 yilgacha fakultetga f.f.n., dotsent Sh.S. Imyaminova rahbarlik qilgan. 2012 yil noyabrdan 2013 yil iyulgacha f.f.n., dotsent J.Sh.Djumabaeva boshqargan. 2013 yil iyuldan shu vaqtga qadar f.f.n., dotsent I.А.Joʼrayeva rahbarlik qilib kelmoqda.

Fakultet professor-o’qituvchilarining bugungi kundagi asosiy vazifalari – talabalarga kelajakda  jamiyatda o’z o’rinlarini topishiga, bir nechta xorij tillarini mukammal biladigan, mustaqil, ijodkor va yetuk mutaxassislar bo’lib etishishlariga yordam berish. Bugungi kunda fakultet jamoasining diqqat e’tibori respublikamizda ilm-fanni rivojlanishiga katta hissa qo’shish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, hamkorlikdagi ta’lim loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan.


  2. Professor-o’qituvchilar to’g’risida

  2.1. Professor-o’qituvchilar soni umumiy:  209 nafarni tashkil etadi.

  • 10 nafar fan doktori
  • 25 nafar fan nomzodi, dosent
  • 20 nafar PhD,  
  • 154 nafardan ortiq  katta o’qituvchi va o’qituvchilar

 2.2. Professor-o’qituvchilar tarkibi:

  • 25 nafari erkak, 184 nafari  ayol.

3. Ta’lim dasturlari soni:

  • Bakalavr  ta’lim yo’nalishlari soni – 10
  • Magistratura mutaxassisligi – 6
  • Ilmiy daraja beruvchi kengash -1
  • 2- ta ixtisoslikda (DSc, PhD)

3.1. Bakalavr  ta’lim yo‘nalishlari (kunduzgi):

  • 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)
  • 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (nemis tili)
  • 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (fransuz tili)
  • 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili)
  • 60111800 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
  • 60111700 – O‘zga tilli guruhlarda rus tili
  • 60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili)
  • 60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti (nemis tili)
  • 60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti (fransuz tili)
  • 60111500 – Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti o’zga tilli guruhlarda)

3.3. Bakalavr ta’lim  yo‘nalishlari (kechki):

  • 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)
  • 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili)

4. Magistratura mutaxassisligi:

  • 70230101 – Lingvistika (ingliz tili)
  • 70230101 – Lingvistika (nemis tili)
  • 70230101 – Lingvistika (fransuz tili)
  • 70230101 – Lingvistika (rus tili)
  • 70230201 – Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (ingliz tili)
  • 70230502 – Adabiyotshunoslik (rus adabiyoti)

5. Talabalar kontingenti:  3851

Bakalavriat:

Jami 3627 nafar

  • 1-kurs 885 nafar
  • 2-kurs 1174 nafar
  • 3-kurs 936 nafar
  • 4-kurs 632 nafar

Magistratura:

Jami: 224

  • 1-kurs 142 nafar
  • 2-kurs 82 nafar

  5.2. Yigitlar – 652 nafar / qizlar – 3199 nafar

  5.3. Iqtidorli talabalar (sifatli fotolari bilan)

  • Baxtiyarova Maftuna – Ingliz tilshunosligi kafedrasi 2-kurs magistrаnti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat  stipendiyasi sohibi (2018);
  • Bekmurodova Feruzabonu – Ingliz tilshunosligi kafedrasi 2-kurs magistranti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibi (2020);Oripov Alijon – Fransuz filologiyasi kafedrasi  3 – kurs talabasi, Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi (2019);
  • Nigmatova Olima – Nemis filologiyasi kafedrasi 4-kurs talabasi,  Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi (2020);
  • Karimova Maftuna –  Fransuz  filologiyasi kafedrasi 4-kurs talabasi,  Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi (2020);

2021-yil ingliz tilshunosligi kafedrasi 3-kurs talabasi Abdukarimov Valixon “Yilning eng yaxshi video roligi” – “Men sevgan adib” tanlovida go’lib bo’ldi. 2021 yilda xorijiy til va adabiyot kafedrasi 2-kurs talabasi Abdullayev Abdulaziz “Medsenat” granti sohibi bo’ldi.



6. Fakultet tarkibidagi kafedralar

  1. Ingliz tilshunosligi
  2. Tarjima  nazariyasi va  qiyosiy tilshunoslik
  3. Nemis filologiyasi
  4. Fransuz filologiyasi
  5. Rus  adabiyotshunosligi 
  6. Rus tilshunosligi
  7. Xorijiy til va adabiyot
  8. Fakultetlararo ingliz tili
  9. Fakultetlararo rus tili
  10. Amaliy ingliz tili va adabiyotshunoslik

7. Ilmiy maktablar:

Fakultetda   tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarjimashunoslikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha  ilmiy maktablar mavjud.

  1. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor G‘aybulla Tadjitdinovich Salomovning  “Tarjima nazariyasi” maktabi.
  2. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor Abduzuxur  Abdumajitovich Abduazizovning  “Turli tizimli tillarda fonetika va fonologiya, qiyosiy tipologiya” ilmiy maktabi.
  3. Filologiya fanlari doktori, professor  O‘tkir Qurbonovich Yusupovning  “Qiyosiy – chog‘ishtirma tilshunoslik” maktabi.
  4. Filologiya fanlari doktori, professor Aleksandra Nikolaevna Davshanning “Aziya v russkoy literature” nomli ilmiy maktabi.
  5. Filologiya fanlari doktori, professor Anna Gennadevna Sheremetevaning  – “Rus tilida so‘z yasalishi” ilmiy maktabi.
  6. Filologiya fanlari doktori, professor Abdi Eshankulovich Mamatovning  “Til normasi, adabiy tilda leksika va frazeologik norma muamolari” ilmiy maktabi.

8. Xalqaro aloqalar

 – Xorijiy professor-o’qituvchilar

Fakultetda nufuzli  horijiy oliy ta’lim muassasalaridan taklif etilgan mutaxassislar:
Professor Simon Kretschmer – DAAD (0.5 shat birligi); 
Filologiya fanlari doktori,  Yevgeniy Аnatolevich Yermolin – M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti hamda  Yaraslavl Pedagogika universiteti professori,  (0.25 shtat birligi);
Filologiya fanlari doktori, Аleksandr Viktorovich Markov –  Rossiya davlat gumanitar universiteti professori, (0.25 shtat birligi);
Pedagogika fanlari nomzodi, dotsenti Proxorova Lyudmila Lvovna –   Rossiya davlat gumanitar universitetining  Xalqaro rus tili ilmiy – o’quv markazi direktori   (1 shat birligi);
Professor Marion Depart (Marion Départ) – Frantsiyaning Avr Normandiya universiteti (0,25 shtat birligi);
Professor Pol Loyrett  (Paul Loyrette) – Frantsiyaning Sorbonna IVuniversiteti (0,25 shtat birligi).


Xorijiy talabalar
Talabalar  quyidagi xorijiy davlatlardan kelib  tahsil olmoqdalar:


Xalqaro talabalar almashinuv
– Qirg’iziston Respublikasining Qirg’iz – O’zbek Xalqaro Universiteti (8 nafar talaba).


-Erishilgan natijalar

  Keyingi yillarda professor-o’qituvchilardan  5 nafar DSc, 12 nafar falsafa PhD muvoffaqiyatli himoya qildilar.

Fakultet professo-o’qituvchilari xorijiy tillar bo’yicha ham ma’ruzalar ham amaliy mashg’ulotlar olib boradilar. Bundan tashqari fakultetning  ko’plab professor-o’qituvchilari AQShning Origona universiteti, Buyuk Britaniyaning Norvich til o’qitish instituti, Fransiyaning nufuzli universitetlarida, V.M.Lomonosov nomidagi MDU,  Toshkentdagi Gyote instituti va boshqa xorijiy  universitetlarda malakalarini oshirganlar va oshirmoqdalar. Ular tomonidan shu kunga qadar 100 dan ortiq darsliklar, o‘quv, o‘quv –uslubiy qo‘llanmalar va 20 dan ortiq lug‘atlar yaratildi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘zbek tilidan chet tillariga va aksincha chet tillaridan o‘zbek tiliga 30 dan ortiq badiiy asarlar tarjima qilindi. Nemis filologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi X.Qo‘chqorova shvetsariyalik nemis zabon zamonaviy yozuvchilaridan Jenni Erpenbekning “Makon istab”,  Elke Haydenrayh va Bernd Shrederning “Azaliy ishq” asarlarini bevosita o‘zbek tiliga tarjima qildi. Iqtidorli talabalar o‘zbek shoirlari Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Yusufning she’rlarini o‘zbek tilidan ingliz, nemis,fransuz va rus tillariga tarjima qildilar.


Davlatning yuksak medal va unvonlari bilan taqdirlangan professor-o’qituvchilar:

Filologiya fanlari doktori, dosent  Ermatov Bahodir Sodiqovich respublikada fan, madaniyat, ta’lim sohalarini rivojlantirishga, yosh avlodni vatanparvarlik, mustaqillik va ijtimoiy adolat g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan hissasi uchun 1997 yil “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Filologiya fanlari doktori, professor Abduzuxur  Abdumajitovich Abduazizov  O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1998) unvonini olgan.

Rus adabiyotshunosligi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Aleksandra Nikolayevna Davshan “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan (2007).

Rus tilshunosligi kafedrasi  professori, filologiya fanlari doktori Anna Gennadiyevna Sheremeteva ilmiy hamda pedagogik faoliyati uchun “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi (2008).  Anna Gennadiyevna 2018 yilda  “Пушкин” ordeni bilan mukofotlangan. Rossiya Federatsiyasining chet eldagi vatandoshlari bilan ishlash hukumat komissiyasining faxriy yorlig’i, Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi fan va madaniyat markazi (Rossotrudnichestvo) vakolatxonasining faxriy yorlig’i,  Moskva hukumatining faxriy yorlig’i, Toshkentdagi Rus madaniyat markazining  «За вклад в развитие русской культуры в Узбекистане» faxriy belgisi bilan taqdirlangan.

Filologiya fanlari doktori, professor Raima Xakimovna Shirinovaning fransuz tilini o‘qitish va o‘rgatish, fransuz madaniyatini targ‘ib qilishda qo‘shgan xizmati Fransiya hukumati tomonidan yuqori baholanib 2019 yil 27 martda fransuz til va madaniyatini rivojlantirishdagi buyuk xizmatlari uchun – “Palmes Academique” ordeni bilan mukofotlandi.