Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

XORIJIY TАLАBАLАRGА DIPLOMLАR TOPSHIRILDI

2020/2021 oʼquv yilida Oʼzbekiston Milliy universitetini Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon Respublikasi va Turkiya davlatidan 17 nafar xorijiy fuqarolar - 8 nafar bakalavriat va 9 nafar magistratura bosqichini tamomladi.
Joriy yilning 16 avgust kuni universitetning xorijiy bitiruvchilariga Xalqaro aloqalar boʼyicha prorektor Raima Shirinova va Xorijiy talabalar bilan ishlash boʼlimi xodimlari tomonidan bakalavr va magistrlik diplomlari topshirildi.
Maʼlumot oʼrnida: Hozirgi kunda universitetda 16 ta davlatdan xorijiy fuqarolar tahsil olmoqda.

OʼzMU Аxborot xizmati