Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

XORIJIY TIL VA ADABIYOTI KAFEDRASI

O‘sarov Ibrohimjon Ko‘rpashaevich – Kafedra mudiri

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

 +998 9

e-mail: 


Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi 2020- yil 16 noyabrda tashkil topgan.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar bakalavr va magistratura uchun ko‘rinishda

Bakalavr uchun:

Fan nomiFan haqida qisqacha ma’lumot
1O‘qish va yozish amaliyoti (3-4 kurs)          “O‘qish va yozish amaliyoti” fani talabalarga o‘rganilayotgan chet tilida o‘qish va yozish maxoratini o‘rgatishni nazarda tutadi. Mazkur fan doirasida talabalar Yevropa Kengashining “Chet tilini egallash Umum Yevropa kompetensiyalari: o‘rganish, o‘qitish va baxolash” to‘grisidagi umum e’tirof etilgan xalqaro me’yorlari (CEFR) ga ko‘ra B1 va S1 darajaga mos keladigan mavzularga oid turli matn turlarini o‘qib, mazmunini tushunishlari va turli matnlarni yozishni o‘rganadilar.
2Nofilologik yo‘nalishlarda chet tili  o‘qitish metodikasi (3-4-kurs)  “Nofilologik yo‘nalishlarda chet tili  o‘qitish metodikasi” fani talabalarning til modellari va strukturalari haqidagi bilimlarini oshirish bilan birga barcha til ko‘nikmalarini integrallashgan holda o‘qitishni nazarda tutadi. Ushbu fan talabalarni chet tilini o‘qitish uslublari bilan batafsil tanishtiradi hamda kelgusi kasbiy faoliyatlarida darsni shu usulda tashkil etishga yo‘naltiradi. Fan auditoriyada o‘rgatilayotgan chet tilidan asosiy aloqa vositasi sifatida samarali foydalanishga va talabalarning kasbiy ixtisoslashuvini rivojlantirishga xizmat qiladi.  
3Tilshunoslikka kirish (1-kurs)  “Tilshunoslikka kirish” fani talabalarning tilshunoslik fani, uning bo‘limlari, o‘rganish ob’ekti, boshqa fanlar bilan aloqasi haqida ma’lumot berish, talabalarni tilshunoslik fanining asosiy tushunchalari, kategoriyalari haqidagi bilimlar bilan ta’minlash, talabalarda olingan bilimlarni amalda qo‘llay olish malakasini shakllantirishdan iborat.  
4.Ilmiy ish asoslari          (3-Kurs)  “Ilmiy ish asoslari” fani Talabalar ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ularga ilmiy bilim olish va ilmiy tadqiqiy faoliyat yuritishning nazariy asoslarini, ilmiy ishlarning asosiy turlari va tuzilmaviy xususiyatlarini o‘rgatish hamda ularni amaliy qo‘llay olish ko‘nikmalarini hosil qildirishdan iborat.
5Chet tillarni o‘qitishning integrallashgan kursi (1-2-4kurs)  Chet tillarni o‘qitishning integrallashgan kursi talabalarning xorijiy til bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikma, malakalarini kasbiy va ilmiy faoliyatda erkin qo‘llay olishlarini ta’minlash, ularni chet tili bo‘yicha bilimlarni baholash nazariyasi va amaliyoti, maqsad va vazifalari bilan tanishtirish hamda baholash mezonlarini ishlab chiqish va aniqlash ko‘nikmalarini shakllantirish, chet tilini turli yosh guruhlarida o‘qitish usullari va metodlarini hamda o‘qitish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yosh bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishni o‘rgatishdan iborat
6Xorijiy til (ikkinchi chet tili) (1-2-3-4kurs)  Xorijiy til (ikkinchi chet tili) fani tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish talablariga integrallashgan holda o‘qitiladi. Amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda quyidagi dedaktik tamoyillarga amal qilinadi : amaliy mashg‘ulotlarning maqsadini aniq belgilab olish; o‘qituvchining innovatsion pedagogik faoliyati bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirish imkoniyatlariga talabalarda qiziqish uyg‘otish, amaliy mashg‘ulotlar nafaqat aniq mavzu bo‘yicha bilimlarni yakunlash, balki talabalarni tarbiyalash manbai hamdir.
7Organilayotgan til amaliy aspektlari (1-2kurs)   Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarning chet tili bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini belgilangan me’yorlarga muvofiq darajaga olib chiqish. Fanning vazifasi talabalarga chet tilini to‘rtta til ko‘nikmalarini integrallashgan holda o‘rgatish hamda chet tilidan muloqot tili vositasi sifatida erkin foydalana olishlarini ta’minlashdan iborat. Fanning asosiy vazifasi – umume’tirof etilgan xalqaro me’yorlarga ko‘ra talabalarning o‘rganilayotgan chet tilini S1 darajada egallashlari uchun zaruriy til aspektlarini o‘rgatish va muloqot malakalarini rivojlantirishdir.  
8O’zbekiston o’lkashunosligi (1-kurs)Fanni o‘qitishdan maqsad- talabalarga uzok va porlok yo‘lga qadam qo‘yish, milliy istiqlolga erishgan, o‘z taqdiri va o‘z taraqqiyoti yo‘lini o‘zi belgilab olgan jonajon Vatanimiz, O‘zbekiston Respublikasi va xalqimiz ming yillik tarixini, xozirgi zamon sivilizatsiyasining eng yaxshi yutuqlariniegallayotgan, Vatanimiz ma’naviy boyliklarini, an’analarini, iqtisodiyoti, madaniyati, fani yutuqlarini, uning bugungi xayoti va rivojlashni istiqbollari masalalarini talabalarimizga o‘rgatib borish va ularni talabalar ongiga singdirishdan iboratdir. 
9Tinglash va gapirish amaliyoti (3kurs)Fan guruh talabalari darajasiga mos ravishda ingliz tilida tinglash (turli audio video materiallaridan foydalanilgan holda) va gapirish (grammatika, yangi so‘z va terminlar, frazeologik birliklar va h k) amaliyoti o‘qitiladi
10CEFR (4-kurs)CEFR fani mazkur ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejasidagi boshqa umumkasbiy va ixtisoslik fanlari bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib, modullar ketma-ketligi va mazmuniga mos ravishda 7 semestrlar davomida o‘qitiladi. O‘quv rejaning o‘qish va yozma nutq amaliyoti, og‘zaki nutq amaliyoti, grammatikaga oid amaliy kurslari va o‘rganilayotgan chet tilining nazariy kurslari – umumiy tilshunoslik, stilistika va matn tahlili, nazariy grammatika fanlaridan zaruriy bilimlarni egallashda ushbu fan modullari bo‘yicha o‘zlashtirilgan ko‘nikma va malakalar muhim ahamiyat kasb etadi.  
11Qiyosiy tipologiya (4-kurs)Qiyosiy tipologiya va tillarning qiyosiy  tahlili  dolzarb  muammolarini,  asosiy  yo‘nalishlarining  nazariy  asoslarini o‘rgatishga  yo‘naltirilgan  fandir.  Qiyoslanayotgan  tillarninig  farqli  va  o‘xshash xususiyatlarini o‘zida aks ettirgan ko‘nikmalar tilshunoslikda katta ahamiyat  kasb  etadi.  Qiyosiy  tilshunoslik  sohasida  egallangan bilimlar  o‘rganilayotgan tilda  amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirishga asos bo‘ladi. Qiyosiy tipologiya fani ixtisoslik fani sanalib, u talabalarni ham nazariy, ham amaliy jihatdan oliy va o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchisining til nazariyasi va uning aspektlari bo‘yicha nazariy bilimini oshirishga xizmat qiladi.  
12O‘qituvchi nutq madaniyati            (3kurs)Fanni o‘qitishdan maqsad – nutq madaniyatini o‘rganish tarixiga oid ma’lumotlar, madaniy nutq, unga qo‘yiladigan talablar haqida  to‘la ma’lumot berish; nutqning asosiy sifatlari (to‘g‘riligi, aniqligi, tozaligi mantiqiyligi, ta’sirchanligi, maqsadga muvofiqligi) to‘g‘risida ma’lumot berish; olingan nazariy bilimlar asosida  adabiy nutq malakalarini shakllashtirish. “O‘qituvchi nutqi madaniyati” fanini o‘qitishda talabalarning tilshunoslik, falsafa, mantiq, kabi fanlardan egallagan bilimlariga asoslaniladi.  
13Filologiyaga kirish va o‘rganilayotgan til tarixi (3-kurs)  “Filologiyaga kirish va o‘rganilayotgan til tarixi” fani talabalarni til tarixi to‘g‘risidagi asosiy nazariy tushunchalar, chet tili tarixini o‘rganishning uslub va yondashuvlari, til tarixining ilmiy bilimlar tizimida tutgan o‘rni bilan tanishtirish, ularga til sathlarining elementlari rivojlanishining  asosiy qonuniyatlarini o‘rgatishdan iborat.    Fanning vazifasi – talabalarga ingliz tili tarixi mohiyatiga oid bilimlarni egallashga imkoniyat yaratish, ularda tilning shakllanishi, til qatlamlari va birliklarining tarixiy rivojlanishini ilmiy asosda tadqiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish, hamda ingliz tili tarixi turli davrlarining bir-biri bilan o‘zaro munosabatlari to‘g‘risida tushunchalarga ega bo‘lishlarini ta’minlashdan iborat.   O‘rganilayotgan  til tarixi fanini o‘zlashtirgan talaba ingliz tilida  tarixiy taraqqiyot natijasida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni funksional jihatdan farqlay olish, grammatik  hamda fonetik qonuniyatlarni izohlash haqida tasavvurga ega bo‘lishi bilan birga quyidagi  mavzularni to‘liq o‘zlashtirishlarni shart.  
14Boshlang‘ich sinlarda chet tillarini o‘qitish metodikasi (3-kurs)umumta’lim muassasalari uchun malakali chet tili mutaxassislarini tayyorlash, xususan, talabalarning umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinflarida chet tilini samarali o‘qitishlari uchun muhim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni egallashlariga yordam berishdir.  
15Tillarini o‘qitish metodikasi va talim texnologiyalari (3-kurs)Tillar o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari fani ixtisoslik fani sanalib, u talabalarni ham nazariy, ham amaliy jihatdan oliy va o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchisini kasbiy faoliyatga tayyorlaydi. Fanning dolzarbligi o‘qituvchi faoliyati uchun birlamchi hisoblangan pedagogik ko‘nikma va mahoratning shakllanish zaruriyati bilan belgilanadi.  

Mahalliy va xorijiy hamkorlar bo‘yicha ma’lumot

ilmiy unvoniIsmfamiliyalavozimiuniversitetjoylashgan ӯrnielektron manzil
MrFernandoAlmeidaDoctor of Philology, professorBarcelona UniversitySpainalamedo@ub.edu
MrJoseFranciscoDoctor of Philology, professorBarcelona UniversitySpainj.francisco@ub.edu
ProfMarganaMarganaVice RectorYogyakarta State UniversityIndonesiamargana@uny.ac.id
ProfBruriTriyonoHead of departmentYogyakarta State UniversityIndonesiabruritriyono@uny.ac.id
ProfBasikin  Yogyakarta State UniversityIndonesia 
MsDewi  Yogyakarta State UniversityIndonesia 

Kafedra tarkibi

Familiya ismi sharifiElektron pochta
1O‘sarov Ibroximjon Ko‘rpashaevichtmamura123@gmail.com
2Nazirova Shaxnoza Olimjonovnashaxnoza.nazirova@mail.ru
3Sarimsoqov Xurshid Abdimalikovichhurshidsarimsokov@gmail.com
4Sotlikova Rima Olimjonovnarima.sotlikova@gmail.com
5Abdullaeva Munojot Muxtorovnamundil1326@gmail.com
6Aliboeva Barnoxon Valijon qiziBarno_A_1701@mail.ru
7Rashidova Zulfizarhon Baxtiyorbek qizizulfizaryolchiyeva@gmail.com
8Xabibraxmonova Diana Ildar qiziidivovibi@gmail.com
9Nazarova Munisa Sodiq qizi  Munisxon07@gmail.com
10Soibova Gulchiroy Baxtirjon qiziGsoibova@list.ru
11Arifjanova Nilufar MirsidiqovnaNeno2003@mail.ru
12Ismailova Raime Setiyaevnaismailova.rayme@mail.ru
13Muminova Muxtasar Odiljon qizimukhtasar3190@mail.ru
14Ravshanova Madina Egamberdi qiziravshanovamadina090194@gmail.com
15Sodiqova Sevinch AlievnaSevinch.Sodiqova@mail.com
16Egamberdieva Shaxzoda Damirovnaegamberdiyevash@mail.com
17Raximboeva Hulkar G‘ayratovnahulkar.rahimboeva@gmail.com
18Mengniyozova Zebo Axmadovnazmengniyozova @bk.ru
19Eshto‘xtarova Bibigul Bektoshevnabeshtukhtarova@mail.ru
20Sobirova Dilafruz Akrom qizidilichka_7773@mail.ru
21Maxamadalieva Zuxra Baxrom qizim_zukhra.uzb@mail.ru
22Soxibov Sardor Nurbobo o‘g‘lisardorsoxibovcr7gmail.com
23Maxmudova Shodiya Abduqayumjon qizishodiyusha715@gmail.com
24Ubaydullaeva Madina Xabibulla qizimadina.ubaydullaeva.kh@gmail.com
25Juraeva Manzura Yunusalievnamanzura0904@mail.ru
26Kulijanov Umid Axmedovichumid.kulijanov@gmail.com
27Jalilova Nilufar Toxirovnan.jalilova@nuu.uz
28Ibroxim Gulrux Isroil qiziibrohimgulruh@gmail.com
29O‘rinova Shoxsanam Nosirjon qizishohsanamgulamova36@gmail.com
30O‘rolov Sarvar Baxtiyorovichsarvaruralovbaxtiyorovich@gmail.com
31Azimov Shoxrux Shuxrat o‘g‘liazimovshokhrukh@gmail.com
32Qurbonova Mushtariy Abdujabbor qiziCharlotta0103@gmail.com
33Yuldasheva Nargiza Ergashbaevnanargizay510@gmail.com

Kafedraning iqtidorli talabalari erishgan yutuqlari

Kafedra iqtidorli talabalari erishgan yutuqlari:

1. 215-a guruh talabasi Odilova Maftuna shu kunga qadar 3 ta maqola chop etdi. 1ta  2ta konferensiya. Xalqaro konferensiyada ishtirok etib eng yaxshi maqola top 10talikka kirib esdalik sovg‘a bilan taqdirlandi.

2. 2021-yil 22-may kuni bo‘lib o’tgan “The role of English language in various spheres of Heigher Educational Institutes” konferensiyasida qatnashib sertifikat bilan taqdirlandi.

3. 211-guruh talabasi Foziljonova Sadoqat Farxodjon qizi 2021-yil Toshkent shahrida O‘zbekistondagi Shanxay hamkorligidagi tashkilotining xalq diplomatiyasi markazida   “Buxoro tengkunlik-dunyo xalqlarining o‘ziga xos bayrami” mavzusida insholar  ko‘rik tanlovining yuqori darajada O‘tishiga qo‘shgan xissasi uchun “Tashakkurnoma” bilan taqdirlandi.

4. Jabborova Zuhra Davron qizi 2021-yil Toshkent shahri British council IELTS 7 ball sertifikatini qo‘lga kiritdi.

 5. 208-guruh talabasi Azizova Muhlisa 2019-yil 28-sentyabr Toshkent shahar British council IELTS 6 ball, CEFR B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi.

  6. 208-guruh talabasi Aslanova Mushtariy 2020-yil 11-iyul Toshkent shahar, British council IELTS 4.5 ball, CEFR B1 sertifikati bilan taqdirlandi.

  7. Nilufar Abduqodirova 2021-yil 25-yanvar Parij, Fransiya shahrida “Conversation with little prince” ko‘rik tanlovida qatnashgani uchun sertifikat bilan taqdirlanadi.

  Toshkent Besh tashabbus harakati-2021 doirasidagi Ayollar netvorkingi haftaligida faol ishtirok etgani uchun sertifikat bilan taqdirlanadi.

Toshkent shahar hokimligi, «Ayollar netvorking haftaligi» da qatnashganligi uchun sertifikat bilan taqdirlanadi.

8. 205 guruh talabasi Danabaeeva Indira Joldasboy qizi Qozoq nemis universitetida Qozoq-Nemic universiteti oratorlik maxoratida qatnashgani uchun sertifikat bilan taqidirlanadi

9. 305 a – guruh talabasi Jo‘raboeva Mohinur Soyibjon qizi 2021-yil o‘quv yilida quyidagi yutuqlarga erishdi:

– may oyida Universe erkin volontyorlik harakati tomonidan tashkil etilgan Farg‘onalik volontyorlar bilan ilk uchrashuvda Farg‘ona viloyati kordinatori etib saylandi.

– xalqaro va milliy jurnallarda shuningdek, konferensiyalarda 10 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislari chop etildi

– may oyida tashkil etilgan «Urush xotiralarida» ijodiy ishlar ko‘rik tanlovida o‘zining «Millatimiz qahramonlari avlodlar xotirasida» nomli inshosi bilan faol ishtirok etdi

– O‘zbekiston Milliy Tiklanish Demokratik Partiyasiga a’zolikka qabul qilindi va hozirda tashabbuskorlik bilan faoliyat yuritmoqda

– «BNB» (Bir nuqtada birlashamiz) konferensiyasining 1-mavsumida yetakchi tashkilotchilar safida faoliyat ko‘rsatdi va sertifikat bilan taqdirlandi

10. 305 a – guruh talabalari Ubaydullaeva Hilola IELTS 7, Hikmatov Shahobiddin IELTS 6.5 sertifikatlarini qo‘lga kiritdilar.

11. Mamajonov Mahmudjon IELTS 7.5 sertifikatlarini qo‘lga kiritdi.

12. 308-guruh talabasi Saydullaeva Dinara Lutfilla qizining 2021-yilda erishgan yutuqlari:

Namangan viloyati “O’zLiDEP yoshlar qanoti”    Namangan viloyat kengashi, Namangan viloyat bo‘limi. “O’zLiDEP yoshlar qanoti” Namangan viloyat kengashi, Namangan viloyat bo‘limi tomonidan tashkil etilgan “Audio tabrik” bo‘yicha 3-o‘rinni egalladi.

Xalqaro aloqalar

Djogjakarta Davlat Universiteti, Purwokerto Muhammadiyah Universieti, Indoneziya.

– Xorijiy o‘qituvchilar (Qaysi universitetlardan, shtatda,soatbay)

-Xorijiy talabalar (Qaysi davlatlardan)

1 ta Mirsaidov Saidkamol (Qirgiziston)

Xalqaro talabalar almashinuvi(talabalar soni va universitet nomi)

To‘garaklar

1. “Meraki” speaking club” – talabalarni ingliz tilida yerkin muloqot qila olishlarini ta’minlash va ularda keng dunyoqarashni, yangi g‘oya va tashabbuslarni shakllantirish maqsadida tashkil etilgan.

2. “Iqtidorli talabalar” – talabalarni ilmiy izlanishlarga jalb yetish, xalqaro va milliy jurnallarda ilmiy maqolalarini chop yettirishlari orqali ko‘plab muvaffaqiyatlarga yerishishlarini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.