Yadro fizikasi kafedrasi

Polvonov Satimboy - Kafedra mudiri
100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00
+998 93 556-10-84
e-mail: palvanov190@mail.com
Kafedra tarixi va asosiy faoliyati. 1956 yilda S.A. Azimov harakatlari bilan O`rta Osiyo davlat universitetida modda tuzilishi kafedrasi tashkil qilindi. Bu erda birinchi bo`lib yadro fizikasi va kosmik nurlar sohasi bo`yicha mutaxassislar tayyorlashga kirishildi. 1957 yilda kafedra qoshida yadro fizikasi va kosmik nurlar muammolari laboratoriyasi tashkil etildi.Uch yil ichida mazkur laboratoriyada 25 MeV energiyali betatron ishga tushildi va bunda gamma-kvantlar bilan turli yadrolar o`zaro ta`sirlashish kesimini aniqlash bo`yicha tadqiqotlar olib borildi. Shuningdek, Qumbel tog` tepasida, dengiz sathidan 3160 m balandlikda stantsiya qurilib, unda yadrolarning o`zaro ta`siri va elektromagnit kaskadlar tavsiflari o`sha davrda 1011-1012 eV gateng energiyalar sohasidagi eng zamonaviy usullar orqali o`rganila boshlandi (Yu.P. Kratenko).
Yangi tashkil etilgan Yadro fizikasi instituti uchun ilmiy xodimlar tayyorlash maqsadida modda tuzilishi kafedrasidan maxsus radiatsion fizika kafedrasi ajralib chiqdi. Modda tuzilishi kafedrasi esa yadro fizikasi va kosmik nurlar kafedrasi deb qayta nomlandi. Endi bu kafedrada quyi energiyalar yadro fizikasi sohasigina emas, yuqori energiyalar fizikasi va kosmik nurlar fizikasi sohasining ham mutaxassislarini tayyorlash boshlandi.
Kafedraning muammolar laboratoriyasidagi fundamental ilmiy tadqiqotlar bilan bir vaqtda O`zbekiston yadro fizikasi bo`yicha keng doiradagi amaliy ishlar ham olib borildi. 70-yillarda kafedraning betatron laboratoriyasi qurila boshlandi. Unda 50 MeV energiyali betatron o`rnatilishi kerak edi. Keyinchalik bu qurilma o`rnatildi va uning negizida ToshDUning Amaliy fizika ilmiy tekshirish instituti tashkil etildi. Ushbu institutga uzoq yillar davomida akademik T.M.Mo`minov rahbarlik qilgan. Yarim asr davomida kafedrada yadro fizikasi bo`yicha 15 ming nafardan ziyod mutaxassis tayyorlandi. Bulardan 300 dan ortig`i ilmiy darajaga ega bo`lgan. Shulardan 30 nafari fan doktoridir. Ular O`zbekistondagina emas, sobiq ittifoq tarkibida bo`lgan boshqa davlatlarda ham ishlamoqdalar. U.G`.G`ulomov, A.A.Abdurazzoqov, R.B.Bekjonov, B.S.Yo`ldoshev kabi taniqli olimlar ham kafedrada faoliyat yuritgan.
Turli davrlarda kafedra mudiri lavozimida quyidagilar faoliyat ko`rsatgan: akademiklar S.A.Azimov, A.A.Abdurazaqov, R.B.Bekjonov, B.S.Yuldashev, T.S.Yuldashbaev, professor A.M.Muxamedjanov, K.R.Nasriddinov, A.A.Abdumalikov, dotsent Z.Kanokov.
2005 yilda Yadro fizikasi va Nazariy fizika kafedralari qo`shilib, yangi Yadro va nazariy fizika kafedrasi tashkil qilindi. 2016 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 11 maydagi “O`zbekiston Milliy universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 2527-sonli qaroriga asosan yangi “Quyi energiyalar fizikasi” kafedrasi tashkil etilgan. 2017 yil 25 oktyabrdagi universitetning 3-sonli Kengashida “Quyi energiyalar fizikasi” kafedrasi nomi “Yadro fizikasi”ga o`zgartirildi. Mazkur kafedraga tanlov asosida dotsent S.R. Polvonov tayinlandi. Hozirgi kunda kafedrada bir nafar akademik, 2 nafar fan doktori, 5 nafar fan nomzodi faoliyat olib bormoqda. Kafedrada 5A140205 - “Atom yadrosi va elementar zarralarcha fizikasi, tezlashtiruvchi texnika” magistratura mutaxassisligi mavjud. Kafedra professor-o`qituvchilari “Noyob ob`ektlar” majmuasi xodimlari bilan hamkorlikda davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ikkita fundamental va ikkita amaliy grantlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi.
BAKALAVRIYAT
№ | Fan nomi | Fan haqida qisqacha ma’lumot |
1 | Atom fizikasi | Atom tuzilish va xususiyatlari haqida |
2 | Fizpraktikum 5 | Atom tuzilish va xususiyatlari haqida |
3 | Atom, yadro va elementar zarralar fizikasi | Atom va yadro tuzilish va xususiyatlari haqida |
4 | Fizpraktikum 6 | Atom yadrosi va elementar zarrachar haqida |
5 | Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi | Atom yadrosi va elementar zarrachar haqida |
6 | Yadro va ionlashtiruvchi nurlar fizikasi | Ionlashtiruvchi nurlanishlarning xususiyati va turlari haqida |
7 | Nur terapiyasi va radiobiologiya | Radiatsion nurlanishlar va ularningdavolashda qo‘llanilishi haqida |
8 | Radiatsion himoya va havfsizlik | Radiatsion nurlanishlardan himoyalanish haqida |
9 | Tezlatkichlar fizikasi 1 | Tezlatkichlarning fizikaviy asoslari haqida |
10 | Tezlatkichlar fizikasi 2 | Tezlatkichlarning fizikaviy asoslari haqida |
11 | Tibbiyot qurilmalari va nurlanish detektorlari | Tibbiyot qurilmalari turlari va ishlash tamoyillari haqida |
12 | Klinik dozimetriya | Dozimetrik kattaliklar va raditsion nurlanishlardan himoyalanish haqida |
13 | Tomograflar va ularning fizik asoslari | Tomograflar, ularning tuzilishi, ishlash prinsipi va fizik asoslari haqida |
14 | Nurlanishlarning modda bilan o‘zaro ta’siri | Yadro nurlanishlarining modda bilan o‘zaro ta’siri haqida |
70530902-Yadro fizikasi va yadro texnologiyalari (qo‘llash sohalari bo‘yicha) | ||
1 | Yadro fizikasining eksperimental metodlari | Bu atomning markazida sodir bo‘ladigan jarayonlarni amaliy tekshirish. |
2 | Amaliy yadro fizikasi | Ushbu tadqiqot sohasi quyi energiyali yadro fizikasi va radiatsiyaning yadro kimyosi, yadro texnologiyasi va qo‘llanilishi uchun muhim bo‘lgan moddalar bilan o‘zaro ta’siri bilan bog‘liq. |
3 | Yuqori energiyalar fizikasi | Yuqori energiya fizikasi dunyo nimadan iboratligini va uning eng kichik va eng katta miqyosda qanday ishlashini o‘rganadi, eng kichik zarrachalardan tortib kosmosning tashqi qismlarigacha yangi kashfiyotlar izlaydi. |
4 | Hisoblash fizikasi va fizikaviy jarayonlarni modellashtirish | Fizikada miqdoriy nazariya mavjud bo‘lgan muammolarni hal qilish uchun raqamli tahlilni o‘rganish va amalga oshirish. |
5 | Yadro astrofizikasi | Yadro astrofizikasi yadro fizikasi va astrofizikaning fanlararo qismi bo‘lib, ushbu sohalarning har birining turli kichik sohalarida tadqiqotchilar o‘rtasida yaqin hamkorlikni o‘z ichiga oladi. |
6 | Yadro fizikasi va yadro texnologiyalari | Bu yadro energetikasi va yadro tibbiyoti texnologiyalarini o‘rganishdir. |
7 | Yadro reaktorlar fizikasi | Yadro reaktorlaridagi fizik jarayonlarni o‘rganadi. |
8 | Yadro energetikasining zamonaviy muammolari | Yadro energetikasining zamonaviy muammolarini o‘rganish. |
9 | Yadro va radiatsiya havfsizligi | Yadro va radiatsiya xavfsizligi va xavsizlik normalarini o‘rganadi. |
10 | Yadro nurlarini modda bilan o‘zaro ta’siri | Yadro nurlanishining moddalar bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganadi. |
11 | Yadro reaksiyalari | Yadro reaksiyalarini va uning fizik asoslarini o‘rganadi. |
12 | Neytron fizikasi | Neytron fizikasi va neytronning modda bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganadi. |
70531201 – Tibbiyot fizikasi | ||
1 | Yadro tibbiyoti | Yadro tibbiyoti - klinik tibbiyotning bir bo‘limi bo‘lib, diagnostika va davolashda radionuklidli farmasevtika vositalaridan foydalanish bilan shug‘ullanadi. |
2 | Tezlatkichlarni tibbiyotda qo‘llanilishi | Tezlatkichlar fizikasi va ularning tibbiyotda qo‘llanilishini o‘rganadi. |
3 | Nur diagnostikasi va terapiyasining zamonaviy metodlari | Nur diagnostikasi va terapiyasining zamonaviy metodlarini o‘rganadi |
4 | Tibbiyot texnikasining fizikaviy asoslari | Tibbiyotda qo‘llaniladiladigan texnikalarning fizik asoslarini o‘rganadi. |
5 | Biofizikaning zamonaviy muammolari | Biofizikaning zamonaviy muammolarini o‘rganadi. |
6 | Radiatsion biofizika | Radiatsiya biofizikasi nurlanish fizikasi va kimyosining chuqur tavsifini va uning biologik tizimlarga ta’sirini o‘rganadi. |
7 | PET, MRT va KT tomografiyalarning fizik asoslari | Pozitron-emission tomografiyasi, magnito-rezonans tomografiyasi va kompyuter tomografiyasining fizik asoslarini o‘rganadi. |
8 | Klinik dozimetriyaning dolzarb masalalari | Klinik dozimetriyaning dolzarb masalalarini o‘rganadi. |
9 | Dozimetriyaning fizikaviy asoslari | Dozimetriyaning fizik asoslarini o‘rganadi. |
10 | Tibbiyotda signal va tasvirni qayta ishlash usullari | Tibbiyotda signal va tasvirni qayta ishlash usullarini o‘rganadi. |
11 | Radiatsiyaning biologik ta’siri fizikasi | Radiatsiyaning biologik ta’siri fizikasini o‘rganadi. |
12 | Radiologiya | Radiologiya - bu kasallikni tashxislash va davolash uchun tasvirlash texnologiyasidan foydalanadigan tibbiyot sohasi. |
Tadqiqotchilar va ilmiy ishlar to‘g‘risida
№ | Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.Sh | Ilmiy darajasi, unvoni | Dissertatsiya ishi mavzusi |
1 | Polvonov Satimboy Rajapovich | f.-m.f.n., prof. | Energiyaning 10-35 MeV sohasida (γ,n), (γ,2n), (γ,p) va (n,2n) reaksiyalarda izomer holatlar uyg‘onishining o‘ziga hos xususiyatlari |
Mahalliy va xorijiy hamkorlar bo‘yicha ma’lumot
- Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti (Dubna, Rossiya)
- Belorus Davlat universiteti (Minsk, Belorus)
- Yadro fizika instituti ( Almati, Kazaxstan)
- Yadro fizika instituti (Kataniya, Italiya)
- Yadro fizika instituti (Toshkent, O‘zbekiston)
- Samarqand davlat universiteti
- Navoiy davlat pedogogika instituti
Kafedra tarkibi
№ | Familiya ismi sharifi | Elektron pochta |
1 | Polvonov Satimboy Rajapovich | satimbay@yandex.ru , palvanov1960@gmail.com |
2 | Xolbaev Isobek | Kholbaev1950@gmail.com Kholbaev-ik@mail.ru |
3 | Mamayusupova Mukadas Ismailovna | mmi196629@mail.ru |
4 | Ruzimov Shamurat Masharipovich | shamurat@yandex.ru |
5 | To‘ymuradov Abror Alisher o‘g‘li | abrorphy@gmail.com |
6 | To‘ymuradov Dilmurod Isroil o‘g‘li | dituymurodov@gmail.com |
7 | Ashurov Sindorjon Axmadjon o‘g‘li | ashurovsindor@gmail.com |
To‘garaklar
1. Yosh radioekologlar
2.Olimpiadachilar