Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

«Yangi Konstitutsiya – taraqqiyot qomusi» ilmiy maqolalar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

O‘zbekiston Milliy universitetida “Huquqiy fanlar” kafedrasi tashkilotchiligida o‘tkazilgan "Yangi Konstitutsiya – taraqqiyot qomusi" mavzusidagi ilmiy maqolalar tanlovining universitet bosqichi g'oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlovda “Eng yaxshi maqola”, “Eng yaxshi xulosa va takliflar”, “Eng yaxshi mavzu va ilmiy asoslantirilgan maqola” nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.