Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

“Yangi Oʼzbekiston – yangi Renessans sari”

Texnik jihatdan tartibga solish agentligida Oʼzbekiston mustaqilligining 30 yilligi oldidan “Yangi Oʼzbekiston - yangi Renessans sari” mavzusida onlayn tarzda maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʼlib oʼtdi. Maʼrifiy uchrashuvda agentlik boshqarma boshliqlari va tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda Oʼzbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulьteti "Falsafa va maʼnaviyat asoslari" kafedrasi dotsenti, falsafa doktori Jaloliddin Yusubov ishtirok etib mavzu yuzasidan maʼruza qildi.
Tadbir davomida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh tashabbus va unda oldimizga qoʼyilgan vazifalar ijrosi boʼyicha amalga oshirilgan ishlarning natijasi, Renesans davrlarining mazmun- mohiyati, Oʼzbekistonning soʼnggi 5 yil mobaynida erishgan yutuqlari haqida soʼz yuritildi.
Ishtirokchilar mavzu boʼyicha maʼruzachiga oʼzlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

OʼzMU Аxborot xizmati