Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

YaNGI OʼZBEKISTON – MАKTАB OSTONАSIDАN, TАЪLIM-TАRBIYaDАN BOShLАNАDI

Erta tongdan yuraklarda ajib hayajon, koʼzlarida quvonch muhrlangan umumtaʼlim maktablari bitiruvchilari qadrdon maskanlari tomon odimlamoqda. Bugun mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan maktablarda soʼnggi qoʼngʼiroq jarangi yangraydi. Har bir oʼquv yili yakunida 25 may kuni barcha maktablarda “Soʼnggi qoʼngʼiroq” tadbirlari tashkil etilishi anʼanaga aylanib qolgan.
Kecha Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ommaviy axborot vositalari orqali mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi oʼgʼil-qizlariga bayram tabrigini yoʼlladi.

Bu nafaqat bitiruvchi yoshlar, balki ota-onalar, ustoz-murabbiylar uchun ham gʼoyat quvonchli va hayajonli xodisa sifatida esda qoladigan tarixiy kun boʼldi deyish mumkin.

Erta tongdan Davlatimiz rahbarining tabrigini bitiruvchi yoshlarga tezkorlik bilan yetkazish va yoshlarga motivatsiya berish borasidagi birinchilik estafetasini yana Oʼzbekiston Milliy universitetining maʼnaviyat va maʼrifat tizimi jamoasi aʼzolari oʼz qoʼllariga olishdi.

OʼzMU Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat tizimidagi barcha dekan oʼrinbosarlari Olmazor tumanidagi 165, 28, 29, 16,185, 315, 133, 261, 11, 219, 46-sonli umumtaʼlim maktablariga va Yashnobod tumanidagi 231-umumiy oʼrta taʼlim maktabi sari yoʼl olishdi.

Ilm va ziyo ulashuvchi ijodkorlar karvoniga Oʼzbekiston Milliy universiteti rektori boshchiligida soha prorektorlari, fakulьtet dekanlari va professor-oʼqituvchilari hamrohlik qilishdi.

  • OʼzMU professor-oʼqituvchilari tomonidan ilk marotaba Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning “Qadrli maktab bitiruvchilari!Аvvalo, barchangizni begʼubor oʼquvchilik yillaringizni ortda qoldirib, qadrdon maktabingiz, mehribon ustozlaringiz bilan xayrlashib, hayotingizning yangi, yanada masʼuliyatli bosqichiga qadam qoʼyayotganingiz bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.Ushbu quvonchli ayyomda mamlakatimizdagi barcha maktablarda “soʼnggi qoʼngʼiroq”lar yangrab, qariyb 438 ming nafar oʼquvchi yoshlarimiz yetuklik shahodatnomalarini qoʼllariga olmoqda.Bu nafaqat siz, aziz farzandlarimiz, balki biz – ota-onalar, ustoz-murabbiylar uchun ham gʼoyat quvonchli va hayajonli voqeadir. Chunki, qalbi pok orzu-umidlar bilan toʼlgan sizlar kabi navqiron, azmu shijoatli yoshlarimiz timsolida biz uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega boʼlgan taʼlim-tarbiya sohasidagi saʼy-harakatlarimizning yana bir amaliy natijasini, xalqimiz va Vatanimiz kelajagini koʼramiz.Sizlar keyingi ikki yil davomida pandemiya sharoitida oʼqib va yashab, qiyinchiliklarga qarshi kurashish koʼnikmalarini ham egallashingizga toʼgʼri keldi. Аlbatta, bu murakkab sinovli kunlar hademay oʼtmishga aylanadi.Ishonchim komil, yangi Oʼzbekiston sharoitida, zamonaviy taraqqiyot talablari asosida taʼlim-tarbiya olgan yosh avlod vakillari sifatida barchangiz davlatimiz, xalqimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlarni qadrlab, ulardan yanada samarali foydalanasiz.Maʼlumki, biz oʼz oldimizga ulkan maqsadlarni qoʼyib, ularga erishishning eng muhim omili sifatida taʼlim-tarbiya sohasiga juda katta ahamiyat bermoqdamiz.Qisqa muddatda maktabgacha taʼlim, oliy va oʼrta maxsus taʼlim tizimida muhim oʼzgarishlar amalga oshirildi. “Yangi Oʼzbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi” degan shior asosida maktab taʼlimini rivojlantirish umumxalq harakatiga aylandi.Bu haqda gapirganda, oxirgi toʼrt yilda 134 ta yangi maktab qurilib, 2 ming 965 ta maktab rekonstruktsiya qilinib, tubdan taʼmirlangani va jihozlanganini qayd etish lozim.Yurtimizda mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi zamonaviy Prezident maktablari, ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar barpo etilmoqda.Hozirgi vaqtda respublikamizda 10 mingdan ziyod davlat umumtaʼlim, 171 ta nodavlat, 18 ta davlat-xususiy sheriklik shaklidagi maktablar faoliyat koʼrsatmoqda. Jumladan, 56 ta matematika, 28 ta kimyo-biologiya, 14 ta axborot texnologiyalari fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etildi.Shu boradagi ishlarimizni izchil davom ettirib, keyingi paytda fizika va chet tillariga ixtisoslashtirilgan maktablar ochishga alohida eʼtibor bermoqdamiz. Shu yil sentyabrь oyida 14 ta fizika va 207 ta chet tillariga ixtisoslashtirilgan maktab oʼz faoliyatini boshlashini alohida taʼkidlash lozim.Eng muhimi, ana shu maktablarda taʼlim-tarbiya olayotgan oʼgʼil-qizlarimiz xalqaro fan olimpiadalari, ijodiy festivalь va tanlovlarda yuqori oʼrinlarni egallamoqda, mamlakatimiz va xorijdagi nufuzli oliygohlarga kirib oʼqish huquqini qoʼlga kiritmoqda.Oxirgi bir yarim yilda iqtidorli oʼquvchilarimiz xalqaro olimpiadalarda 4 ta oltin, 18 ta kumush, 30 ta bronza medalini qoʼlga kiritgani ham bu fikrni tasdiqlaydi.

Yurtimizda olijanob kasb egalari boʼlgan oʼqituvchilar, ustoz-murabbiylarning mashaqqatli mehnatini munosib ragʼbatlantirish, ularning ish va turmush sharoitini yaxshilash, jamiyatdagi obroʼ-eʼtiborini oshirishga muhim ahamiyat qaratilmoqda. Xalqaro fan olimpiadalari gʼoliblari va ularning ustozlarini moddiy taqdirlash mexanizmi yoʼlga qoʼyilgani ham ana shunday ishlarimiz qatoriga kiradi.

Dunyodagi taraqqiy topgan davlatlar tajribasi asosida maktab taʼlimi uchun oʼquv dasturi va darsliklarining yangi avlodini yaratish boʼyicha amaliy ishlar boshlandi. Bugungi kunda butun yurtimizni qamrab olgan besh muhim tashabbus doirasida ham siz, aziz yoshlarimizning yetuk insonlar boʼlib kamol topishingiz uchun koʼp ishlar qilinmoqda. Xususan, farzandlarimizni sanʼat dunyosiga oshno etish maqsadida 800 dan ortiq madaniyat markazida 4,5 mingdan ziyod toʼgarak faoliyati yoʼlga qoʼyilgani, ular musiqa asboblari va zarur jihozlar bilan taʼminlangani, maktablarda tashkil etilgan 36,5 mingdan ziyod toʼgaraklarga 1 million 100 ming nafar oʼgʼil-qizlarimiz jalb etilgani bu boradagi muhim qadamlardir. Shuningdek, respublikamiz maktablarida 49 mingdan ortiq, bolalar va oʼsmirlar sport maktablarida esa 26 mingga yaqin toʼgaraklarda minglab oʼgʼil-qizlarimiz jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʼullanmoqda. Barcha maktablarimiz keng polosali Internet tarmogʼiga bosqichma-bosqich ulanayotgani hamda mamlakatimizda jami 133 ta raqamli texnologiyalar oʼquv markazi ochilgani farzandlarimizda zamon talabi boʼlgan kompьyuter va “Аy-Ti” texnologiyalar sohasida bilim va koʼnikmalarni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Yana bir muhim masala – yoshlar oʼrtasida kitobxonlik madaniyatini keng targʼib qilishga alohida eʼtibor berilmoqda. Shu asosda 201 ta axborot-kutubxona markazidagi kitoblar soni qariyb 25 millionga yetkazilgani, oʼtgan yili maktab kutubxonalari 150 mingdan ziyod yangi adabiyotlar bilan taʼminlangani yoshlarimizning intellektual va maʼnaviy salohiyatini yuksaltirishda muhim rolь oʼynamoqda. Аminmanki, shu kunlarda joylarda koʼtarinki kayfiyatda oʼtkazilayotgan yoshlar forumlari va besh muhim tashabbusga bagʼishlangan festivallar ham maktablardagi bitiruv tadbirlariga uygʼun boʼlib, oʼgʼil-qizlarimiz hayotida oʼchmas iz qoldiradi.

Mana shu unutilmas damlarda sizlar yangi hayot ostonasida turib, kelajak rejalarini tuzar ekansiz, oldingizda katta imkoniyatlar va masʼuliyatli vazifalar turganini barchamiz yaxshi anglaymiz. Qalbingizdagi ezgu orzu-intilishlarni roʼyobga chiqarishda mamlakatimizda faoliyat koʼrsatayotgan 137 ta oliy oʼquv yurti, 339 ta kasb-hunar maktabi, 193 ta kollej va 196 ta texnikum sizlarga muntazirdir.

Sizlar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy maʼlumot olish imkoniyati ham yaratilgan. Shu maqsadda 71 ta oliy taʼlim muassasasida sirtqi, 18 ta oliygohda kechki boʼlimlar faoliyat koʼrsatmoqda. Iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlaridagi ehtiyojdan kelib chiqib, soʼnggi 5 yilda bakalavriat bosqichida 134 ta taʼlim yoʼnalishi, magistraturada 147 ta mutaxassislik yangidan tashkil etildi. Oliy taʼlim muassasalarida 2021-2022 oʼquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich masofaviy taʼlim shaklida ham kadrlar tayyorlash yoʼlga qoʼyiladi. Hozirgi kunda yoshlarimiz uchun bir vaqtning oʼzida 5 tagacha oliy taʼlim muassasasida tanlovlarda ishtirok etish imkoniyati yaratildi. Bitiruvchi yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasi 2016 yildagi 9 foizdan 2020 yilda 25 foizga yetdi. Mazkur koʼrsatkichni joriy yilda 28 foizga, 2030 yilda 50 foizga yetkazish – asosiy vazifamizdir.

Bir soʼz bilan aytganda, maktabni bitirib chiqayotgan yigit-qizlarimizdan birontasi eʼtibordan chetda qolmaydi. Ularning har biri xalqimiz, Vatanimizning cheksiz mehri va yuksak eʼtiborini his qilib yashaydi. Shu munosabat bilan sizlarga, butun mamlakatimiz yoshlariga murojaat qilib aytmoqchiman: hech qachon unutmang, sizlar inson har tomonlama erkin, ozod va farovon yashaydigan yangi Oʼzbekiston, yangi Renessans bunyodkorisizlar. Sizlarning hayotda oʼz munosib oʼrningizni topishingiz uchun davlatimiz va jamiyatimiz bundan buyon ham bor kuch va imkoniyatlarini toʼla safarbar etadi. Xalqimizning ana shunday yuksak ishonchiga doimo munosib boʼling! Sizlarning oʼz oldingizga yuqori maqsadlar qoʼyib, vaqtingizni behuda oʼtkazmay, doimo bilim va koʼnikmalaringizni oshirib borishingiz, yangi kasb-hunarlarni egallashingiz va eng asosiysi oʼz maqsadingiz sari tinmay harakat qilishingiz albatta kelgusidagi muvaffaqiyatlaringiz garovidir. Oʼrganish, izlanish va intilishdan aslo toʼxtamang! Sizlarni maktab taʼlimini muvaffaqiyatli tugatganingiz bilan yana bir bor samimiy tabriklayman. Barchangizga sihat-salomatlik, ishda va oʼqishda, shaxsiy hayotda katta yutuq va omadlar tilayman. Mustaqil hayot sari tashlayotgan ilk dadil qadamingiz qutlugʼ va muborak boʼlsin! Sizlarning yutuq va gʼalabalaringizga ishonaman, aziz bolalarim!”- degan nutqlarini oʼqib eshittirilishi zamirida ham katta chuqur maʼno bor”-deydi OʼzMU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha prorektori Kamoliddin Mirzaaxmedov.

Tadbirda ishtirok etga professor-oʼqituvchilar tomonidan bitiruvchi oʼgʼil-qizlarning yangi kasb-hunarlarni egallashlari va eng asosiysi oʼz maqsadlari sari tinmay harakat qilishlarini taʼkidlashdi.Shu bilan birga, yurtimizda taʼlim sohasida olib borilayotgan keng koʼlamli va chuqur islohotlarning mazmun-mohiyati, yoshlarning bilim olishlari va mehnat qilishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar toʼgʼrisida batafsil maʼlumot berib, barcha bitiruvchilarga oq yoʼl tiladilar.

Shuningdek, 2020-2021 oʼquv yili mobaynida oʼz isteʼdodini toʼla namoyish eta olgan, yutuqlarga erishgan iqtidorli oʼquvchilarga Oʼzbekiston Milliy universitetining esdalik sovgʼalari va oʼquv adabiyotlari sovgʼa qilindi.Muxtasar aytganda, joylardagi tadbirlar shukuhli tarzda tashkil qilinib, oʼtkazilgan bayram tadbiri ishtirokchilarda unitilmas taassurot qoldirdi.

Tadbirda bitiruvchi yoshlarning badiiy va musiqali chiqishlari namoyish etildi. Shu bilan birga, oʼquvchilarning jonli chiqishlari tadbirga koʼtarinki kayfiyat taqdim etdi.

Ravshanjon OMONOV,

Jurnalistika fakulьteti

Yoshlar bilan ishlash boʼyicha

dekan oʼrinbosari