Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

“YANGI O‘ZBЕKISTON –YANGICHA DUNYOQARASH”

Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni aholi orasida, ayniqsa ertamiz kelajagi bo‘lmish yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish, ularni yurtimizda va dunyoda bo‘layotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan xabardor qilish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida yurtimiz bo‘ylab “Yangi O‘zbekiston - yangicha dunyoqarash” shiori ostida madaniy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Mana shunday ezgu maqsadda joriy yilning 25 noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar uchun "Yangi O‘zbekiston-yangicha dunyoqarash" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Milliy universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Sh.Toshmatov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor K.Mirzaaxmedov, “Yuksalish” umummilliy harakati a’zosi B.Rasulovlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan so‘nggi to‘rt yilda mamlakatimiz tarixida tub islohotlar va yangilanish davri bo‘lganligi, ayniqsa, yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, ularning axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan 5 ta muhim tashabbus hayotga keng tatbiq etilayotganligi ta’kidlandi.

Shuningdek, tadbir davomida Muqimiy nomidagi O‘zbekiston Davlat musiqali teatri jamoasining mashhur aktyor va aktrisalari tomonidan “Kulgu va Shodlik kechasi” nomli musiqiy teatr sahna ko‘rinishlari va vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlarining ijro etilishi tadbir ishtirokchilariga yuqori kayfiyat va o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi