Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Yarimo’tkazgichlar va polimerlar kafedrasi

Nasirov Abdumanap – Kafedra mudiri

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

+998 71 246-99-03

e-mail: aanasirov1962@mail.ru


1960 yili fizika fakultetining nazariy fizika kafedrasi bazasida yarimo`tkazgichlar va dielektriklar fizikasi ilmiy yo`nalishi va mutaxassisligining poydevoriga dastlabki qadamni ushbu kafedra va uning qoshidagi yarimo`tkazgichlar muammolari laboratoriyasi mudiri, f.-m.f.d., prof. G.M.Avakyants qo`ydi va yarimo`tkazgichlar fizikasi bo`yicha dastlabki mutaxassislar tayyorlana boshlandi. Ushbu sohaning ilk mutaxassislaridan dots. A.T.Teshaboev yarimo`tkazgichlar muammolari laboratoriyasining va ixtisoslikning rahbari etib tayinlandi va 1966-1981 yillarda bu ilmiy yo`nalish va ixtisoslikka ko`plab iqtidorli yoshlar jalb etildi.
Ilmiy tadqiqot ishlarining salmog`i, ularning ilmiy va amaliy ahamiyati, mutaxassislar tayyorlash sohasidagi yutuqlar 1970 yili respublikada birinchi Yarimo`tkazgichlar va dielektriklar fizikasi kafedrasining tashkil topishiga asos bo`ldi. Kafedraning tashkilotchisi va birinchi mudiri prof. A.T.Teshaboev (1970-1981 yillar) bo`ldi. 1981-1996 yillari ushbu lavozimda prof. S.Z.Zaynobidinov faoliyat ko`rsatgan bo`lsa, 1996 yildan 2012 yilgacha prof. S.I.Vlasov mudirlik qildi.
2012 yilda Yarimo`tkazgichlar va dielektriklar fizikasi va Polimerlar fizikasi kafedralarini birlashtirish natijasida uning nomi Yarimo`tkazgichlar va polimerlar fizikasiga aylandi. Ushbu kafedraga 2012 yildan 2017 yilgacha dots.  D.E.Nazirov mudirlik qildi. 2018 yilning yanvar oyidan boshlab kafedraga dots.  A.A.Nasirov mudirlik qilmoqda.
Kafedrada Fizika yo`nalishidagi bakalavriaturada Mexanika, Molekulyar fizika , Elektr va magnetizm, Fizikaviy elektronika va Kondensirlangan holatlar fizikasi kurslaridan, ikkita magistratura mutaxassisliklari: Kondensatsiyalangan muhitlar fizikasi (turlari bo`yicha) (5A140204) va Geliofizika va quyosh energiyasidan foydalanish (5A140203) yo`nalishlarida 24 ta maxsus kurslar bo`yicha o`quv jarayoni olib boriladi.
Kafedra tarkibida Mexanika, Molekulyar fizika, Elektr va magnitizm va Yarimo`tkazgichlar fizikasi o`quv laboratoriyalari xamda Yarimo`tkazgichlar va mikroelektronika (rahbar – f.-m.f.d.  Sh.B.Utamuradova) ilmiy laboratoriyasi mavjud.