Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

«Yashil universitet» loyihasi

O‘zMUda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish aksiyasi o‘tkazildi

🌿 O‘zbekiston Milliy universitetida mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash, yashil maydonlarni kengaytirishga hissa qo‘shish maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish aksiyasi o‘tkazildi.

🌿 Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan aksiyada universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, fakultet talabalari, ishchi-xodimlar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

🌿 Aksiya doirasida universitet hududidagi yashil zonalarda 250 ta manzarali kashtan daraxt ko‘chatlari ekildi.

O’zMU jamoasi Nukusdagi “Yashil makon” umummilliy loyihasida ishtirok etdi

🌿 Bugun, 9-noyabr kuni Qoraqalpog’istonning Nukus shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan «Yashil makon» umumilliy loyihasi doirasida «Yashil kelajak» umumrespublika marafoni tashkil etildi.

🌿 Unda barcha oliy va kasbiy ta’lim muassasalari qatorida O’zbekiston Milliy universiteti rahbariyati, professor-o’qituvchilari va talabalari ham ishtirok etib, ezgu tashabbusga hissa qo’shishdi.

🌿 O‘zbekiston Milliy universitetida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan “Yashil kelajak” marafoni ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritildi.

🌿 Milliy universitet — “Yashil makon” sari!

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan e’lon qilingan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Talabalar shaharchasida daraxt ekish aksiyasiga start berildi.

🌿 Orol dengizining quruq yerinini unumdor qilish.

Orol dengizining quruq tubini unumdor yerga aylantirish bo’yicha O’zMU professori Jabborov Zafar yetakchilik qilmoqda. Ushbu tadqiqot tuproq sho’rlanishi bilan bog’liq asosiy muammolarni hal qiladi va oziq-ovqat xavfsizligiga hissa qo’shadigan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini oshirishga qaratilgan.

🌿 O’zMUda manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekish aksiyasi.

O‘zbekiston Milliy universitetida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bo‘sh turgan yashil maydonlarda manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekish aksiyasi bo’lib o’tdi. Bu haqida «Mening yurtim» telekanali so’z yuritadi.

O‘zbekiston Milliy universitetida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Ziyolilar bog‘i” tashkil etildi

🌿 Xalqimiz azaldan tuproqni, suvni, tabiatni muqaddas deb bilgan. “Birni kessang, o‘nni ek” degan dono maqol ham bejiz aytilmagan. Zero, yashab turgan joyimizni ozoda saqlab, ona tabiatga mehr va e’tibor bersak kelajak avlod ham munosib ekologik sharoitda yashaydi.

🌿Prezidentimiz tashabbusi bilan keyingi yillarda yurtimizda daraxt ekish umummilliy harakatga aylandi. Xususan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi ekologik vaziyatni yanada yaxshilash hamda iqlim o‘zgarishlariga milliy yechim sifatidagi noyob loyiha bo‘ldi.

🌿 O‘zbekiston Milliy universitetida mamlakatimizda yashil maydonlarni kengaytirishga hissa qo‘shish maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Bu bog‘lar bir bog‘lar bo‘ladi hali…” shiori ostida ko‘chat ekish marafoni o‘tkazildi.

🌿 Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan marafonda Toshkent shahrida joylashgan 5 ta oliy ta’lim muassasalari jamoalari, rahbariyat vakillari, professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar, tuyutorlar, talaba-yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

🌿 Aksiya doirasida O‘zbekiston Milliy universiteti hududidagi maydonda 1000 tupdan ortiq manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, “Ziyolilar bog‘i” tashkil etildi.