Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Yosh jurnalistlar Oliy Majlisda

Bugun Jurnalistika fakulteti talabalari O‘zMU talaba-yoshlari nomidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyevaning yillik xisobotini tinglash sharafiga musharraf bo‘lishdi. Xisobot oldidan 5 tashabbus bo‘yicha ko‘rgazma xam tashkil etildi.

Xisobot yakuniy qismida 1 kurs talabamiz Feruza Nuritdinova Senatorlarga o‘zining O‘zMTRK kanallarida bepul tarzda xaftada 1 soat O‘zMU Jur-fak talabalari uchun efir soati ajratish, shuningdek, O‘zMUda Talabalar gazetasini budjet xisobidan muntazam chop etish taklifini kiritdi. Talabamizning taklifi Senatorlar Baxtiyor Sayfullayev, Minxojiddin Xodjimatov, Prezident maslaxatchisining o‘rinbosari, Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori Axtam Bekmurodov, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqovlar tomonidan bir ovozdan tashabbus qo‘llab-quvvatlandi.