Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Yotoqxonalarning talabalarni qabul qilishga tayyorligi ko‘zdan kechirildi

O’zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov talabalarni turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rilgan tayyorgarlik ishlarini borib o‘rgandi.

Mas’ullarga ko‘ra, yangi o‘quv yili boshlanishida talabalarni yotoqxonaga joylashtirish uchun 300 nafar ko‘ngilli hamda 100 nafar tyutor jalb qilingan bo‘lib, fakultetlar kesimida harakatlar dasturi belgilangan. Shuningdek, talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo’yicha ma’lumotlar markazi doimiy faoliyat olib bormoqda.

Rektor mas’ullarga talabalarni turar joy bilan ta’minlash, yotoqxonalar faoliyati borasida tegishli tavsiyalarini berdi.