Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Zamonaviy filologik paradigmalar: anʼanalar va innovatsion yondashuvlarning oʻzaro taʼsiri

Bugun, 17-aprel kuni O‘zbekiston Milliy universitetida Xorijiy filologiya fakulteti  Fransuz filologiyasi kafedrasi va Tarjima nazariyasi va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi tomonidan “Zamonaviy filologik paradigmalar: anʼanalar va innovatsion yondashuvlarning oʻzaro taʼsiri” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur anjumanda 10 dan xorijiy mamlakatlardan yetuk olimlar, mutaxassislar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlardagi tilshunoslik, tarjimashunoslik sohalaridagi  dolzarb muammolari va istiqbolli yo‘nalishlari xususida so‘z bordi, o‘zaro tajriba almashildi.