Zamonaviy pedagogika va psixologiyaning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan ilmiy anjuman o‘tkazildi
Bugun, 27-mart kuni O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Pedagogika va umumiy psixologiya” kafedrasi tomonidan “Zamonaviy pedagogika va psixologiyaning dolzarb muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.
Mazkur konferensiyasida respublikaning qator oliy ta’lim muassasalaridan taniqli soha olimlari, pedagog-o‘qituvchilar, ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar o‘zaro tajriba va fikr almashdilar.
Konferensiyada ilm-fan makonida pedagogika va psixologiyaning fan sohasi sifatida tutgan o‘rni, ta’lim va tarbiya muammolari, pedagogik faoliyatni ilg‘or texnologiyalar asosida tashkil etish va rivojlantirish bilan bog‘liq o‘z yechimini kutayotgan masalalar chuqur muhokama etildi.
Bir qator dolzarb mavzular, jumladan, "Individual ta’lim trayektoriyasida o‘qituvchi va talaba faoliyatini rivojlantirish texnologiyalari", "Ta’lim-tarbiya uyg‘unligi va uning hozirgi kundagi ustuvor yo‘nalishlari", "Zamonaviy yoshlar nigohida oilaviy munosabatlarning o‘ziga xos ijtimoiy-pedagogik xususiyatlari", "Pedagogikaning dolzarb muammolari", “Ta’lim jarayonida talabalarning ijtimoiy kompetentligini takomillashtirish funksiyalari”, “Научно-теоретические основы смарт компетентности преподавателя вуза на современном этапе образования” va boshqa mavzularda fikr almashildi.
O‘zMU Axborot xizmati