Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

2023 yilda xalqaro miqyosda o‘tkazilgan anjumanlar haqida ma’lumot

2023 yil 11 fevralь kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek filologiyasi fakulьteti O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi qomusiy olim, shoir, atoqli sarkarda va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur mirzo tavalludining 540 yilligi munosabati bilan uning Sharq davlatchiligi tarixidagi tutgan o‘rni, markazlashgan davlat tuzish tajribasini o‘rganish hamda ulug‘ adib adabiy merosining Sharq xalqlari madaniy tarixidagi ahamiyatini targ‘ib qilish maqsadida AQSh Michigan davlat universiteti, Anqara Hoji Bayram Valiy universiteti, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Bobur nomli Xalqaro jamoat fondi hamda «ASMIRUS» ilmiy anjumanlarni qo‘llab-quvatlash markazi bilan hamkorlikda “Zahiriddin Muhammad Boburning sharq davlatchiligi va madaniyatida tutgan o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy anjuman o‘tkazildi.

Anjumanda 152 nafar professor-o‘qituvchi va talabalar; AQSh, Shvetsiya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Tatariston, Afg‘oniston kabi davlatlarning olimlar ishtirok etishdi.
Anjuman materiallari to‘plami OJS platformasida (www.myscience.uz) e’lon qilindi hamda Google Scholar ilmiy bazasida indekslandi