E’LON

Hurmatli universitet jamoasi va talabalari!

2026-yil 18-noyabr kuni soat 15:00 da Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolarini hal etish hamda taklif va tashabbuslarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabul o‘tkaziladi.

Sayyor qabul Universitet rektoratining 9-qavatidagi majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.



Barcha professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarni o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan sayyor qabulda faol ishtirok etishga taklif etamiz.