Kafedra mudiri

ZAITOV ELYOR XOLMAMATOVICH
ZAITOV ELYOR XOLMAMATOVICH

Kafedra mudiri

Ilmiy darajasi:

Fan nomzodi, PhD

Ilmiy unvoni:

Unvonsiz

Qabul kunlari:

Manzil:

Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy

Kafedra tarixi

Sotsiologiya kafedrasi mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlari ichida yetakchi vazifasini bajarib, ulardagi sotsiologiya bo‘limlariga, kafedralariga va sotsiologlarga ilmiy-metodik va amaliy jihatdan yordam ko‘rsatib kelmoqda. Kafedrada 20 dan ortiq fan nomzodlari va fan doktorlari tayyorlandi, 400 dan ortiq ilmiy maqolalar chop ettirildi, qator monografiyalar va ilmiy qo‘llanmalar chop etildi. Hozirgi kunda yana 10 ta fan nomzodi va 8 ta fan doktori bo‘yicha dissertatsiyalar himoyaga chiqmoqda.
   
Jumladan, 2022 yilda:

  1. Impakt faktorli xorijiy jurnallar (Scopus) – 16 ta
  2. OAK jurnallari – 34 ta
  3. Xalqaro konferensiya – 10 ta
  4. Respublika konferensiyalari – 14 ta

    Sotsiologiya kafedrasi O‘zbekistondagi barcha Sotsiologiya kafedralari va markazlari, jumladan, Ijtimoiy fikr Markazi, Madaniyat instituti, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi bilan keng ilmiy aloqasini olib bormoqda.
    “Sotsiologiya” kafedrasida asosiy shtatda 16 ta professor o‘qituvchilar faoliyat olib borishadi 17 shtat birligida. Shu jumladan, 4 ta fan doktori, 3 ta sotsiologiya fanlari nomzodi, 3 ta sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD, 5 ta o‘qituvchi, 1 ta o‘qituvchi-asistent; ichki o‘rindoshlik asosida 4 ta o‘qituvchi, tashqi o‘rindoshlik asosida 2 ta o‘qituvchi faoliyat olib borishadi.Kafedraning ilmiy salohiyati-62,5%. Umumiy soatlar hajmi-14690 soatni tashkil qiladi.

Kafedra tarkibi

XOLBEKOV ABDUGANI JUMANAZAROVICH

Xolbekov Abdugani Jumanazarovich

Professor(1,00 stavka)

Batafsil
ALIKARIYEV NURIDDIN SAPARKARIYEVICH

Alikariyev Nuriddin Saparkariyevich

Professor(0,50 stavka)

Batafsil
UBAYDULLAYEVA RAISA TURSUNOVNA

Ubaydullayeva Raisa Tursunovna

Professor(0,50 stavka)

Batafsil
SABIROVA UMIDA FARXADOVNA

Sabirova Umida Farxadovna

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
XUSANOVA XAYRINISO TAYIROVNA

Xusanova Xayriniso Tayirovna

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
AXMEDOVA FERUZA MEDETOVNA

Axmedova Feruza Medetovna

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
NEMATOVA DILFUZAXON TULANBOYEVNA

Nematova Dilfuzaxon Tulanboyevna

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
ERNAZAROV BEHZOD OLLABERGANOVICH

Ernazarov Behzod Ollaberganovich

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
ILXOMOV UMRBEK ULUG‘BEK O‘G‘LI

Ilxomov Umrbek Ulug‘bek o‘g‘li

Stajer-o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
NURQULOV BUNYOD G‘OFIR O‘G‘LI

Nurqulov Bunyod G‘ofir o‘g‘li

Stajer-o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
IBRAGIMOV MURODJON BOXODIROVICH

Ibragimov Murodjon Boxodirovich

Assistent(1,00 stavka)

Batafsil
DULANBOYEVA OYGUL ASILBEK QIZI

Dulanboyeva Oygul Asilbek qizi

Assistent(1,00 stavka)

Batafsil

Ilmiy faoliyat

   Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.Sh Ilmiy darajasi, unvoni   Dissertatsiya ishi mavzusi
Kalanov K.K. Sos.f.n., prof. O‘zbekistondagi muqaddas joy va ziyoratgohlarning sotsiomadaniy xususiyatlari
Xusanova X.T. Sos.f.n., dotsent O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimining konseptual asoslari va innovatsion tendensiyalari
Alikarieva A.N. Sos.f.n., dotsent Oliy o‘quv yurtlarida sifat menejmenti tizimini rivojlantirishning innovatsion
Nematova D.T. Katta o‘qituvchi Inson kapitali tadbirkorlikni rivojlantirish faktori sifatida
Isropilov M.B O‘qituvchi O‘zbekistonda Yoshlar tashkilotlari kommunikativ faoliyatini takomillashtirishda PR texnologiyalar
Olimov F.X. Katta o‘qituvchi Inson kapitali tadbirkorlikni rivojlantirish faktori sifatida
Fayzieva F.B. Doktorant O‘zbekistonda amaliy sotsiologik tadqiqotlarning samaradorligini oshirish mexanizmlari

Xalqaro hamkorlik

  • Toshkent shahar Olmazor tuman Xalq ta’lim bo‘limi tassarufidagi 1, 28, 46, 219, 234, 243 maktablar 11-sinf o‘quvchilarining ijtimoiy kayfiyatini o‘rganish mavzusida №16/05-1 sonli xo’jalik shartnomasi.
  • Toshkent shahar Olmazor tuman Xalq ta’lim bo‘lim maktablarining bitiruvchi 11-sinf o‘quvchilarining ijtimoiy kayfiyatini o‘rganish mavzusida №16-08/2022 sonli xo’jalik shartnomasi.
  • Toshkent shahar Olmazor tuman Xalq ta’lim bo‘lim maktablarining bitiruvchi 10-11-sinf o‘quvchilar va o‘qituvchilarning ijtimoiy kayfiyatini kompleks o‘rganish mavzusida №23-10/2022 sonli xo’jalik shartnomasi.
  • Toshkent shahar Olmazor tuman Xalq ta’lim bo‘lim maktablarining bitiruvchi 10-11-sinf o‘quvchilar va o‘qituvchilarning ijtimoiy kayfiyatini kompleks o‘rganish mavzusida №23-12/2022 sonli xo’jalik shartnomasi.

 

Mahalliy va xorijiy hamkorlar bo‘yicha ma’lumot

“Sotsiologiya” kafedrasi tomonidan quyidagi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzilgan:

a) AQSh ning “West Georgia” universiteti,

b) Ispaniyaning San Pablo universiteti,

c) Xitoyning “Syan” universiteti,

d) Tyumen davlat universiteti “Общая и экономическая социология” kafedrasi.

e) Oltoy Texnika universiteti “Sotsiologiya” kafedrasi.

f) Markaziy Osiyoni tadqiq qilishi instituti.

k) L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy Universiteti bilan

l) Muxtar Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston Davlat universiteti bilan.

n) L.J.Balasagin nomidagi Qirgʻiziston milliy universiteti

2. Dos. Xusanova X.T. tashabbusi bilan:

a) Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi “Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi”da faoliyat olib borildi .

b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti buyurtmasi asosida faoliyat olib borildi.

c) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatlarini rivojlantirish Agentligi buyurtmasi asosida mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha va yoshlar ishlari bo‘yicha mutaxassislarning malaka oshirish kurslari bilan aloqa o‘rnatildi

d)“Mahalla va oila” ilmiy tadqiqot instituti bilan aloqa o‘rnatildi.

3. Ne’matova D.T. tashabbusi bilan:

Toshkent turk litseyi “Sotsial fanlar” bo‘limi bilan hamkorlik o‘rnatildi.

4. Axmedova F.M. tashabbusi bilan:

“Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi. Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmasi, “Nuroniy” jamg‘armasi bilan aloqa o‘rnatildi.

5. Aliqoriyeva A.N., Jiyanmuratova G.Sh., Xusanova X.T., Sabirova U.F., Axmedova F.M., Fayziyeva F.B.

Rossiya (VSIOM) va O‘zbekiston (Ijtimoiy fikr markazi) sotsiologlarining xalqaro maktabi a’zosi.

6. Axmedova F.M.,

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazi IL-402104450-sonli “Tijorat banklarida valyuta ayirboshlash jarayoniga mijozni identifikatsiya qilish maqsadida “Touch id” tizimini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihaning ilmiy-ijodiy guruh a’zosi.

 

Kafedra oliy ta’lim muassasalari, akademik litsey, kasb hunar kollejlari va boshqalar bilan hamkorlik qilishdao‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy sohalarga alohida e’tibor qaratilgan va shartnoma bandalarida qayd etilgan. Talabalarning amaliyot o‘tashlari ham shartnoma bandalarida belgilangan.

Hamkorlik shartnomalariga asosan oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar va kasb xunar kollejlari bilan bir qator tadbirlar tashkil etilgan. O‘zMU qoshidagi akademik litseylarda, kollejlarida davra suhbatlari va ma’ruzalar tashkil etilgan.