Ekonometrika va iqtisodiy modellashtirish

Kafedra mudiri

NASRETDINOVA SHAXNOZA SAIDAKMALOVNA
NASRETDINOVA SHAXNOZA SAIDAKMALOVNA

Kafedra mudiri

Ilmiy darajasi:

Fan nomzodi, PhD

Ilmiy unvoni:

Dotsent

Qabul kunlari:

Dushanba-Juma, 09:00 – 17:00

Manzil:

Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy

Kafedra tarixi

“Ekonometrika va iqtisodiy modellashtirish” kafedrasi «Ekonometrika» yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar yo‘nalishi va magistr mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi kafedra hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 11 maydagi “O‘zbekiston Milliy universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2527-sonli qarori ilovasiga asosan “Ekonometrika va iqtisodiy modellashtirish” kafedrasi Iqtisodiyot fakulteti qoshida tashkil etilgan hamda f.m.f.n., dotsent Nasretdinova Shaxnoza Saidakmalovna kafedra mudiri etib tayinlangan va hozirgi kungacha bu vazifani sidqidillik bilan bajarib kelmoqda. Hozirgi kunda kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan barcha bakalavr yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga bir qator fanlardan ma’ruza, amaliyot va laboratoriya mashg‘ulotlari olib borilmoqda.

Kafedra tarkibi

Ikromov Axmadjon Shavkat o‘g‘li

Katta o‘qituvchi

Batafsil
DJABBAROV RAXIMJON ABDULLAYEVICH

Djabbarov Raximjon Abdullayevich

Katta o‘qituvchi

Batafsil
ABDUJALILOVA GUZAL SAYDILLAYEVNA

Abdujalilova Guzal Saydillayevna

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Ruzmanov Shuxrat Usmonovich

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Otayev Shonazar Qodirovich

Katta o‘qituvchi

Batafsil
ABDULLAYEVA SHAHLO ALIYAR QIZI

Abdullayeva Shahlo Aliyar qizi

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
SHORAXIMOVA ZILOLA NASIRDJONOVNA

Shoraximova Zilola Nasirdjonovna

Assistent

Batafsil

Tursunova Nafisa Xalil qizi

Assistent

Batafsil

Alimov Oybek Narkulovich

Assistent

Batafsil

Ilmiy faoliyat

  • “Ekonometrika va iqtisodiy modellashtirish ” kafedrasi tomonidan 2025-yilda AL-7823051642-sonli Ozbekistonda sugurta xizmatlariga bolgan talabni ijtimoiyiqtisodiy va demografik omillar asosida ekonometrik modellashtirish va prognozlashtirish mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. Shuningdek, amaliy loyiha doirasida Ozbekistonda sugurta xizmatlariga bolgan talabni ekonometrik modellashtirish va prognozlashtirish nomli monografiya tayyorlangan bo‘lib, unda mualliflar f.m.f.n., dots. Sh.S. Nasretdinova, G.S. Abdujalilova, M.R. Bekberganova, N.R. Ubaydullayeva va Z. Shoraximovalar tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari aks ettirilgan. Monografiyada respublikamiz miqyosida hamda viloyatlar kesimida hududning demografik va ishlab chiqarish imkoniyatlariga asoslangan holda sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talabning ekonometrik modellari keltirilgan hamda o‘rta muddatli istiqbol uchun prognozlashtirish imkoniyatlari yoritilgan. Aholi sonining jins va yosh tarkibi bo‘yicha ehtimollik-statistik tahlili atroflicha o‘rganilgan. Shuningdek, hayot sug‘urtasi mahsulotlari uchun tarif stavkalarini hisoblash metodologiyasi va ularni hisoblash algoritmlari ham ishlab chiqilgan. Mazkur monografiya mamlakatimizda sug‘urta faoliyati, jumladan, hayot sug‘urtasi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, ilmiy xodimlar, tadqiqotchilar, moliya yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurti professor-o‘qituvchilari, magistrantlari va talabalariga mo‘ljallangan.
  • “Ekonometrika va iqtisodiy modellashtirish ” kafedrasi tomonidan 2017–2021-yillarda PZ-20170930126-sonli “Investitsion loyiha risklarini tahlil qilish va baholash uslubiyotini xalqaro andozalar asosida takomillashtirish yo‘llari” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. Mazkur amaliy loyiha doirasida “Investitsion loyihalar risklarini baholashni modellashtirish” nomli monografiya tayyorlangan bo‘lib, unda mualliflar dotsent S. Nasretdinova, D.A. Jalilov va B.S. Mirzaevlar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqot natijalari o‘z aksini topgan. Mazkur ilmiy ish investitsion loyihalarni rejalashtirish va ularning risklarini boshqarishda xalqaro standartlarga mos keladigan ilmiy-amaliy manba bo‘lib xizmat qiladi.
  • O‘zbekiston Milliy universiteti (O‘zMU) “Ekonometrika va iqtisodiy modellashtirish ” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirish hamda investitsion muhitni tahlil qilish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, ushbu yo‘nalishda kafedra mudiri, i.f.n., dotsent Nasretdinova hammuallifligida muhim intellektual mulk obyekti yaratildi. 2018-yil 27-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan «Invest-Risk» nomli elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturga rasmiy GUVOHNOMA (№ DGU 05670) berildi. Mazkur dasturiy ishlanma iqtisodiyotda investitsiyalarni jalb qilish va loyihalarni boshqarishda risk darajasini pasaytirishga xizmat qiladi. Ushbu natija kafedraning oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash borasidagi uzoq muddatli strategiyasining bir qismi bo‘lib, nafaqat ilmiy nazariya, balki amaliy raqamli iqtisodiyot asboblarini yaratishda ham yuqori salohiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi.
  • “Ekonometrika va iqtisodiy modellashtirish ” kafedrasining ilmiy-innovatsion faoliyati doirasida investitsiya muhitini raqamli texnologiyalar yordamida tahlil qilish bo‘yicha navbatdagi muhim natijaga erishildi. 2019-yil 3-dekabrda mualliflar guruhi (Sh. Nasretdinova va boshqalar) tomonidan ishlab chiqilgan «Investitsion loyiha risklarini yo‘naltirilgan graflar orqali baholash tizimi» uchun davlat GUVOHNOMASI (№ DGU 07244) Ushbu dasturiy tizim investitsiya loyihalaridagi murakkab bog‘liqliklarni matematik graflar (yo‘naltirilgan graflar) yordamida vizuallashtirish va tahlil qilish imkonini beradi. Bu usul loyihadagi xavf-xatarlarni (risklarni) yanada aniqroq aniqlash va ularning loyiha yakuniy natijasiga ta’sirini matematik modellashtirishda yuqori samaradorlik ko‘rsatadi. Mazkur tizim iqtisodiyotda qaror qabul qilish jarayonlarini optimallashtirish, investitsiya loyihalarining hayotiyligini tekshirish va risklarni boshqarishda zamonaviy ekonometrik uskunalar sifatida xizmat qiladi. Ushbu ilmiy yutuq kafedraning raqamli iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili (Data Science) yo‘nalishidagi salohiyatini yanada mustahkamlaydi.
  • “Ekonometrika va iqtisodiy modellashtirish ” kafedrasining ilmiy salohiyati nafaqat amaliy dasturiy ishlanmalar, balki fundamental ilmiy nazariyalarni rivojlantirishda ham namoyon bo‘lmoqda. 2019-yil oktyabr oyida kafedra mudiri, i.f.n., dotsent Nasretdinova boshchiligidagi mualliflar jamoasi tomonidan yaratilgan muhim ilmiy asar uchun mualliflik huquqi obyekti deponentlanganligi to‘g‘risida GUVOHNOMA (№ 001593) olindi. Ushbu asar iqtisodiy tahlilda kam qo‘llaniladigan, ammo o‘ta dolzarb bo‘lgan «Katastrofalar nazariyasi» (Theory of Catastrophes) elementlarini investitsiya loyihalari risklarini baholashga tatbiq etgani bilan ajralib turadi. Bunda yo‘naltirilgan graflar yordamida loyihadagi kutilmagan, keskin salbiy o‘zgarishlar (katastrofalar) tendensiyasini modellashtirish metodologiyasi ishlab chiqilgan. Mazkur ilmiy mahsulot kafedrada olib borilayotgan tadqiqotlarning nazariy jihatdan naqadar chuqurligini ko‘rsatadi. Ushbu metodologiya investitsiya loyihalaridagi inqirozli holatlarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish strategiyalarini ishlab chiqishda fundamental asos bo‘lib xizmat qiladi. Natijalar xalqaro ilmiy bazalarda maqolalar chop etish va dissertatsiyalar himoyasi uchun yuqori ilmiy bazani ta’minlaydi.
  • “Ekonometrika va iqtisodiy modellashtirish ” kafedrasi Kafedraning o‘quv jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan faoliyati samarali natijalar bermoqda. 2021-yil 18-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan kafedra jamoasi a’zolari tomonidan ishlab chiqilgan «Talabalar uchun ‘Elektron marketing’ tizimini yaratish» dasturiy ishlanmasi uchun rasmiy GUVOHNOMA (№ DGU 10505) Mazkur elektron tizim talabalar uchun marketing asoslari, raqamli marketing strategiyalari va bozor tahlili bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlarni masofaviy o‘zlashtirish imkonini beradi. Tizim quyidagi afzalliklarga ega:
  • Marketing jarayonlarini modellashtirishda interaktiv yondashuv;
  • Elektron marketing vositalarini real keyslar yordamida o‘rganish;
  • Talabalar bilimini baholash va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan mexanizmi.

Ushbu innovatsion ishlanma kafedrada o‘qitiladigan mutaxassislik fanlarining uslubiy bazasini boyitish bilan birga, oliy ta’limda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish borasidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilashga xizmat qiladi. Bu kabi dasturlar oliy ta’lim muassasasining xalqaro reytinglardagi o‘rnini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

  • Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-amaliy ishlar doirasida iqtisodiyotning turli tarmoqlari, xususan, transport va logistika sohalari uchun raqamli yechimlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2021-yil sentyabr oyida kafedra tadqiqotchilari tomonidan ishlab chiqilgan “Aviakassa” tizimini yaratish nomli ma’lumotlar bazasi uchun Adliya vazirligining rasmiy GUVOHNOMASI (№ BGU 00459) Ushbu intellektual mulk obyekti aviachiptalar sotuvi, mijozlar oqimi va transport logistikasiga oid katta hajmdagi ma’lumotlarni tizimli saqlash, qayta ishlash hamda boshqarishga mo‘ljallangan. Tizimning o‘ziga xosligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
  • Aviachiptalar bron qilish jarayonini optimallashtirish;
  • Ma’lumotlar xavfsizligi va tezkor qidiruv tizimining mavjudligi;
  • Iqtisodiy tahlillar uchun zarur bo‘lgan statistik ma’lumotlarni shakllantirish imkoniyati.

Mazkur ma’lumotlar bazasi kafedradagi «Iqtisodiy axborot tizimlari» va «Ma’lumotlar bazasini boshqarish» yo‘nalishidagi fanlar uchun muhim amaliy bazadir. Bu kabi ishlanmalar kafedraning ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorligini kuchaytirishga va talabalarning real bozor ehtiyojlariga mos dasturiy mahsulotlar yaratish bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.

  • “Ekonometrika va iqtisodiy modellashtirish” kafedrasining ilmiy-innovatsion faoliyati doirasida sug‘urta va moliyaviy hisob-kitoblarni raqamlashtirish yo‘nalishida navbatdagi muhim natijaga erishildi. 2025-yil 14-aprelda muallif Sh. Nasretdinova tomonidan ishlab chiqilgan “Ta’lim uchun hayot sug‘urtasi tarif stavkalarini hisoblash dasturiy vositasi” uchun davlat GUVOHNOMASI (№ DGU 49607) olindi. Ushbu dasturiy vosita ta’lim uchun hayot sug‘urtasi tarif stavkalarini avtomatik hisoblash, sug‘urta parametrlarini tahlil qilish va hisob-kitob jarayonlarini optimallashtirish imkonini beradi. Dastur sug‘urta xizmatlari samaradorligini oshirish, moliyaviy risklarni baholash hamda tarif siyosatini iqtisodiy-matematik usullar asosida shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur ishlanma sug‘urta tizimida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, iqtisodiy modellashtirish usullaridan samarali foydalanish va qaror qabul qilish jarayonlarini takomillashtirishga xizmat qiladi. Ushbu ilmiy yutuq kafedraning raqamli iqtisodiyot, aktuarlik hisoblari va Data Science yo‘nalishlaridagi ilmiy salohiyatini yanada mustahkamlaydi.
  • “Ekonometrika va iqtisodiy modellashtirish” kafedrasining ilmiy-innovatsion faoliyati doirasida sug‘urta sohasida raqamli texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha navbatdagi muhim natijaga erishildi. 2025-yil 14-aprelda mualliflar guruhi (Sh. Nasretdinova va N. Ubaydullayeva) tomonidan ishlab chiqilgan “Nikoh uchun hayot sug‘urtasi tarif stavkalarini hisoblash dasturiy vositasi” uchun davlat GUVOHNOMASI (№ DGU 49606) olindi. Ushbu dasturiy vosita nikoh uchun hayot sug‘urtasi tarif stavkalarini avtomatik hisoblash, sug‘urta shartlarini iqtisodiy-matematik modellashtirish hamda moliyaviy risklarni tahlil qilish imkonini beradi. Dastur sug‘urta xizmatlari samaradorligini oshirish, tarif siyosatini ilmiy asosda shakllantirish va aktuarlik hisob-kitoblarini optimallashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur ishlanma sug‘urta tizimida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, iqtisodiy tahlil va modellashtirish usullaridan samarali foydalanish hamda qaror qabul qilish jarayonlarini takomillashtirishga xizmat qiladi. Ushbu ilmiy yutuq kafedraning raqamli iqtisodiyot, sug‘urta matematikasi va Data Science yo‘nalishlaridagi ilmiy salohiyatini yanada mustahkamlaydi.
  • “Ekonometrika va iqtisodiy modellashtirish” kafedrasining ilmiy-innovatsion faoliyati doirasida sug‘urta tariflarini iqtisodiy-matematik usullar asosida hisoblash bo‘yicha navbatdagi muhim natijaga erishildi. 2025-yil 14-aprelda mualliflar guruhi (Sh. Nasretdinova va N. Ubaydullayeva) tomonidan ishlab chiqilgan “Hayot sug‘urtasi tarif stavkalarini hisoblashning dasturiy vositasi” uchun davlat GUVOHNOMASI (№ DGU 49683) olindi. Ushbu dasturiy vosita hayot sug‘urtasi tarif stavkalarini avtomatik hisoblash, sug‘urta shartlarini modellashtirish hamda moliyaviy risklarni tahlil qilish imkonini beradi. Dastur aktuarlik hisob-kitoblarini optimallashtirish, sug‘urta xizmatlari samaradorligini oshirish va tarif siyosatini ilmiy asosda shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur ishlanma sug‘urta tizimida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, iqtisodiy tahlil va modellashtirish usullaridan samarali foydalanish hamda qaror qabul qilish jarayonlarini takomillashtirishga xizmat qiladi. Ushbu ilmiy yutuq kafedraning raqamli iqtisodiyot, sug‘urta matematikasi va Data Science yo‘nalishlaridagi ilmiy salohiyatini yanada mustahkamlaydi.

 

Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.Sh Ilmiy darajasi, unvoni Ixtisosligi Ilmiy rahbari Dissertatsiya ishi mavzusi
Shamsuddinov Baxodir Raximovich DSc O‘zbekistonda hayot sug‘urtasining uslubiy asoslarini takomillashtirish
Otayev Shonazar Qodirovich PhD 01.01.02 – Differensial tenglamalar va matematik fizika Sobolev fazolarida ba’zi bir garmonik boʻlmagan sistemalarning toʻlaligi va bazisligi
Djalilov Dostonbek Abduazizovich PhD 08.00.06 – Ekonometrika va statistika f.-m.f.n., dotsent Sh.S. Nasretdinova O‘zbekistonda potensial yalpi ichki mahsulotni ekonometrik tadqiq qilishning uslubiy asoslari
Mirzayev Bobur Soyibjonovich PhD

08.00.06 – Ekonometrika va statistika

f.-m.f.n., dotsent Sh.S. Nasretdinova

O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta kompaniyalarining iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarini ekonometrik modellashtirish

Abdujalilova Guzal Saydillayevna PhD 08.00.06 – Ekonometrika va statistika O‘zbekiston Respublikasida sanoat tarmog‘ining iqtisodiy faoliyatini statistik tadqiqoti
Djabbarov Raximjon Abdullayevich PhD 08.00.06 – Ekonometrika va statistika f.-m.f.n., dotsent Sh.S. Nasretdinova O‘zbekiston Respublikasi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini ekonometrik modellashtirish va prognozlashning uslubiy jihatlari
Fayzullayev Doston Mahmud o‘g‘li PhD 08.00.06 – Ekonometrika va statistika f.-m.f.n., dotsent Sh.S. Nasretdinova O‘zbekistonda Davlat byudjeti ko‘rsatkichlarining ekonometrik tadqiqi
Hamroyeva Dilso‘z Yahyoyevna PhD 08.00.06 – Ekonometrika va statistika f.-m.f.n., dotsent Sh.S. Nasretdinova O‘zbekiston Respublikasida hayot sug‘urtasi faoliyatini iqtisodiy-statistik tahlili
Ikromov Axmadjon Shavkat o‘g‘li PhD

08.00.13 – Menejment

f.-m.f.n., dotsent Sh.S. Nasretdinova

Oziq-ovqat korxonalarida mahsulot raqobatbardoshligini boshqarishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish

Bekberganova Mohira Ravshonbekovna 3-kurs tayanch doktorant 08.00.06 – Ekonometrika va statistika f.-m.f.n., dotsent Sh.S. Nasretdinova O‘zbekistonda sug‘urta kompaniyalarining sug‘urta tushumlarini ekonometrik modellashtirish

 

Xalqaro hamkorlik

Kafedraning ilmiy aloqalari va hamkor tashkilotlari:

• Slovakiya Respublikasining Bratislava iqtisodiyot universiteti
• Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Moliya universiteti
• Berlin erkin universiteti («Freie Universität Berlin»)
• Statistika agentligi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
• “Gross Sug’urta Kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati
• “Aktuar fani, moliyadagi kvant texnologiyalari, risk-menejment, tahliliy va fintex sohasi mutaxassislarini birlashtirgan xalqaro assotsiatsiya — Global Finance Association QRAFT (GFA QRAFT)ning Vasiylik kengashi.”
• “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi

Kafedraga oxirgi yillarda kelib ma’ruza o‘qib ketgan chet ellik professor-o‘qituvchilar haqida ma’lumot.

Prof. i.f.d. Jukovskaya Irina Evgenyevna (Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Moliya universiteti, Axborot texnologiyalari va ma’lumotlarni tahlil qilish fakulteti «Biznes informatikasi» kafedrasi professori): 2025-yilning 17-martidan 17-mayiga qadar «Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar» yo‘nalishi 1-kurs talabalariga «Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar» fanidan jamoatchilik asosida 12 soatlik ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tib berdi.
Professor Kultan Jaroslav va Baleha Andrianna (Slovakiya Respublikasi, Bratislava iqtisodiyot universiteti): 2026-yil 30-apreldan 30-may kuniga qadar «Ekonometrika va iqtisodiy modellashtirish» kafedrasi doirasida «Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar» ta’lim yo‘nalishi talabalariga mustaqil ta’lim soatlari doirasida, jamoatchilik asosida 12 soat hajmda oflayn va onlayn shaklda ma’ruzalar o‘qidi.

Chet el universitetlari bilan aloqalar.
Kafedra a’zolari va yosh tadqiqotchilarining xorijiy davlatlarda malaka oshirishi hamda hamkorlik memorandumlarini hayotga tatbiq etish borasida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
• Germaniyadagi ilmiy amaliyot (2023-yil):
2023-yil noyabr oyida kafedra tayanch doktoranti D.M. Fayzullayev Iqtisodiyot fakulteti hamda Freie Universität Berlin o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik memorandumi asosida Germaniyada ilmiy amaliyot o‘tadi. Mazkur stajirovka davomida davlat budjeti daromadlariga ta’sir etuvchi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning Yevropa tajribasi, davlat budjeti daromadlarini prognozlashning xorijiy usullari hamda ularni O‘zbekiston amaliyotiga joriy etish masalalari tadqiq qilindi.
• Gross Sug‘urta Kompaniyasi (2025-yil)
2025-yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti (O‘zMU) hamda “Gross Sug‘urta Kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida rasmiy Memorandum imzolandi. Mazkur hujjat oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirishga qaratilgan bo‘lib, 5 yil muddatga amal qiladi. Mazkur hamkorlik memorandumi Iqtisodiyot fakulteti (xususan, Ekonometrika va iqtisodiy modellashtirish kafedrasi) uchun nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lashda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu, o‘z navbatida, universitetning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash va bitiruvchilarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi.

• “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi AJ (2025-yil)
2025-yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti (O‘zMU) hamda “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida rasmiy Memorandum imzolandi. Mazkur hujjat oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirishga qaratilgan bo‘lib, sug‘urta ishi va iqtisodiy tahlil sohasida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ko‘zda tutadi.
Mazkur hamkorlik memorandumi Iqtisodiyot fakulteti, xususan, “Ekonometrika va iqtisodiy modellashtirish” kafedrasi uchun talabalarning nazariy bilimlarini zamonaviy sug‘urta bozori amaliyoti, eksport risklarini baholash va anderrayting jarayonlari bilan uzviy bog‘lashda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Hamkorlik doirasida talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini bevosita kompaniya tizimida tashkil etish, qo‘shma innovatsion tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish va bitiruvchilarning bandligini ta’minlash belgilangan. Bu, o‘z navbatida, universitetning ilmiy-amaliy nufuzini hamda xalqaro reytinglardagi o‘rnini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

• Statistika agentligi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institute(2025-yil)
2025-yil 15-yanvarda O‘zbekiston Milliy universiteti (O‘zMU) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi binosida O‘zMU “Ekonometrika va iqtisodiy modellashtirish” kafedrasi mudiri, i.f.n., dotsent Sh. Nasretdinova hamda Statistika agentligi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti rahbariyati o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu memorandum tomonlar o‘rtasida ekonometrika va statistika sohalarida oliy ta’lim hamda ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirish maqsadida tuzilgan bo‘lib, unda quyidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi:
• Malakali kadrlar tayyorlash: Ekonometrika va statistika yo‘nalishlarida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yetuk mutaxassislarni birgalikda yetishtirish, oliy ta’lim va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash.
• Ilmiy hamkorlik: Tomonlarning intellektual salohiyatini birlashtirgan holda qo‘shma ilmiy loyihalar va tadqiqotlar yaratish hamda ularning natijalarini real iqtisodiyot tarmoqlariga tatbiq etish.
• Ilmiy salohiyatni oshirish: Institut huzuridagi DSc (fan doktori) ilmiy darajalarini beruvchi ilmiy kengashda kafedra mustaqil tadqiqotchilari, tayanch doktorantlari va professor-o‘qituvchilarining dissertatsiya ishlarini keng muhokama qilish hamda ularning himoyalarini tashkil etish.
• Amaliyot tizimi: O‘zMU talabalarining nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida Institut va uning tegishli bo‘linmalarida tizimli ravishda ishlab chiqarish va malakaviy amaliyotlarini yo‘lga qo‘yish.

• GLOBAL FINANCE ASSOCIATION QRAFT LTD (2025-yil):
2025-yil 10-sentyabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti (O‘zMU) hamda Avstraliyaning nufuzli «GLOBAL FINANCE ASSOCIATION QRAFT LTD» tashkiloti o‘rtasida xalqaro o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Ushbu kelishuvni amalga oshirish va oliy ta’lim hamda xalqaro moliya-texnologiyalari integratsiyasini ta’minlash maqsadida O‘zMU “Ekonometrika va iqtisodiy modellashtirish” kafedrasi dotsenti Sh. Nasretdinova bevosita mas’ul va tashabbuskor sifatida ishtirok etdi.
Mazkur strategik kelishuv doirasida tomonlar quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni belgilab oldilar:
• Zamonaviy tadqiqotlar: Zamonaviy moliyaviy texnologiyalar (FinTech), sug‘urta bozori tahlili, risk-menejment hamda iqtisodiyot sohasida sun’iy intellekt va ma’lumotlar tahlilini (Data Science) qo‘llash bo‘yicha qo‘shma ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish.
• Kadrlar salohiyati va stajirovka: Ekonometrika va moliya yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash sifatini xalqaro standartlar asosida oshirish, iqtidorli talabalar va yosh tadqiqotchilar uchun Avstraliyada hamda xalqaro miqyosda nufuzli stajirovka (amaliyot) dasturlarini tashkil etish.
• Tajriba almashinuvi: Moliya va ekonometrik modellashtirish sohasidagi eng ilg‘or xorijiy tajribalar hamda zamonaviy innovatsion usullarni O‘zbekistonning moliya va sug‘urta tizimiga joriy etish masalalarini ilmiy asosda tadqiq qilish.

• Slovakiyaga rasmiy tashrif (2024-yil):
2024-yil 16-dekabr kuni Bratislava iqtisodiyot universitetiga kafedra mudiri, dotsent Sh.S. Nasretdinova hamda kafedra a’zolari: PhD G.S. Abdujalilova, Z.N. Shoraximova va A.Sh. Ikromovlar tashrif buyurishdi. Tashrif davomida delegatsiya universitetning «Iqtisodiy informatika» fakulteti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. «Amaliy informatika» kafedrasi mudiri o‘rinbosari Jaroslav Kultan mehmonlarga bakalavriat va magistratura dasturlari hamda ta’lim jarayonini tashkil etish tizimi haqida batafsil ma’lumot berdi.

• Xorijiy doktorantlar amaliyoti (2025-yil):
2025-yil may oyida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Bratislava iqtisodiyot universiteti o‘rtasidagi talaba va tadqiqotchilar almashinuvi memorandumi doirasida, mazkur universitetning Xalqaro munosabatlar fakulteti «Xalqaro siyosiy aloqalar» kafedrasi doktoranti Kromkova Juliya 1-maydan 26-mayga qadar «Ekonometrika va iqtisodiy modellashtirish» kafedrasida ilmiy stajirovka o‘tadi.

Ekonometrika va iqtisodiy madellashtirish kafedraning ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha xorijiy va MDH davlatlari ilmiy markazlari bilan aloqalari yaxshi yo‘lga qo‘yilgandir. Kafedraning MDH va xorijiy davlatlardagi ilmiy markazlar va ulardagi doimiy hamkorlik qilib kelayotgan olimlarini keltirib o‘tamiz:
1. Jeffrey Marc Wooldridge — AQSHdagi Michigan shtati universiteti (Michigan State University) professori, jahon miqyosidagi yetakchi ekonometrist.
2. Jukovskaya Irina Evgenyevna — Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Moliya universiteti professori, iqtisodiyot fanlari doktori.
3. Kultan Jaroslav — Slovakiya Respublikasi, Bratislava iqtisodiyot universiteti professor-o‘qituvchisi.
4. Baleha Andrianna — Slovakiya Respublikasi, Bratislava iqtisodiyot universiteti professor-o‘qituvchisi.