I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi):
“Tashqi savdoni rivojlantirishda hududlar salohiyatidan samarali foydalanishning ustuvor yо‘nalishlari (xxr ning sinsziyan va о‘zbekistonning toshkent shahri misolida)”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/IQT3586
Ilmiy rahbar: Umarov Abduvahob Tursunovichi qtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.1.01.10.
Rasmiy opponentlar: Valiyev Bobur Batirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Bekmuradov Nurali Xolmatovich iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi
hududlar o‘rtasida iqtisodiy va savdo hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni va Toshkent shahrini ikki yadroli o‘sish markazlari sifatida shakllantirish hamda Xitoy va O‘zbekistonning uchinchi tomon shaharlari yoki hududlarini jalb etish orqali ochiq “2+X” hamkorlik modelini yaratish g‘oyasiga asoslangan bo‘lib, bu hududiy to‘siqlarni bartaraf etish, ishlab chiqarish omillarining transchegaraviy erkin harakati va optimal taqsimlanishini jadallashtirish, ishlab chiqarish hamda bozor ko‘lamini kengaytirish, miqyos samaradorligiga erishish va ikki tomonlama iqtisodiy-savdo hamkorligining diversifikatsiyalashgan hamda barqaror rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Shinjon va Toshkent o‘rtasidagi savdo o‘sish tendensiyalarini prognozlashga asoslangan bo‘lib, bunda Shinjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo statistikasi qayta ishlanib, Toshkent hamda Shinjonning import-eksport ma’lumotlari tizimlashtirilgan va ma’lumotlar taqsimoti xususiyatlariga mos keluvchi data fitting usuli orqali kelgusidagi savdo rivojlanish tendensiyalari ilmiy asosda baholangan.
Hududiy iqtisodiy integratsiyani baholash tizimini shakllantirishga asoslangan bo‘lib, umumiy iqtisodiy rivojlanish, sanoat bazasi, logistika rivoji, savdo taraqqiyoti va innovatsion salohiyat kabi beshta birlamchi ko‘rsatkich hamda 20 ta ikkilamchi ko‘rsatkichlardan iborat tizim yaratilgan va entropy weight usuli yordamida 2011 – 2025 yillarda Shinjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi integratsiya darajasi baholangan.
Shinjon va Toshkent o‘rtasida kompleks iqtisodiy-savdo hamkorligini rivojlantirish mexanizmini shakllantirishga asoslangan bo‘lib, transmilliy hududiy hamkorlik tajribalarini umumlashtirish orqali ikki tomonlama iqtisodiy-savdo munosabatlarini chuqurlashtirishning maqsadlari, asosiy kafolatlari, ustuvor yo‘nalishlari hamda amalga oshirish strategiyalari belgilab berilgan.
- Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tashqi savdoni rivojlantirishda hududlar salohiyatidan samarali foydalanishning ustuvor yо‘nalishlari bo‘yichа dissertаtsiya ishidа olingаn ilmiy nаtijаlаr аsosidа:
ishlab chiqarish modeli takomillashtirilib, iqtisodiy o‘sish va hududiy iqtisodiy hamkorlikning nazariy hamda amaliy jihatlariga oid ilmiy yondashuvlar ishlab chiqilgan. Mazkur yondashuvlar Xitoy, Mo‘g‘uliston ,O‘zbekiston iqtisodiy koridori bo‘yicha tadqiqotlar uchun hamkorlikdagi innovatsion markaz hamda Ichki Mo‘g‘uliston avtonom rayoni sovuq zanjir sanoati assotsiatsiyasi tomonidan qabul qilinib, amaliyotga joriy etilgan.
Shuningdek, ishlab chiqilgan taklif O‘zbekiston savdo – sanoat palatasi tomonidan ham ko‘rib chiqilib, amaliyotga joriy etish uchun qabul qilingan (“O‘zbekiston savdo – sanoat palatasi”ning 2025-yil 22-avgustdagi 06-05-33-9486-sonli ma’lumotnomasi asosida), bu esa uning amaliy ahamiyati va qo‘llanilish imkoniyatlari yuqori ekanligini tasdiqlaydi.
Shinjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi, shuningdek Toshkent va Xitoy o‘rtasidagi savdo tendensiyalari prognoz qilingan bo‘lib, Toshkent va Shinjon o‘rtasida sezilarli savdo salohiyati mavjudligi aniqlangan. Olingan prognoz natijalari va ilmiy xulosalar Ichki Mo‘g‘uliston avtonom rayoni sovuq zanjir logistika sanoati assotsiatsiyasi tomonidan amaliyotda qo‘llanilgan.
Shuningdek, mazkur natijalar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan ham ko‘rib chiqilib, amaliyotga joriy etish uchun qabul qilingan (“O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi”ning 2025-yil 22-avgustdagi 06-05-33-9486-sonli ma’lumotnomasi asosida), bu esa ishlab chiqilgan yondashuvlarning amaliy ahamiyati va iqtisodiy prognozlashdagi samaradorligini tasdiqlaydi.
5 ta birlamchi va 20 ta ikkilamchi ko‘rsatkichlardan iborat hududiy iqtisodiy integratsiyani baholash indeksi tizimi ishlab chiqildi hamda 2011 – 2025-yillar oralig‘ida Shinjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi integratsiya darajasi entropy weight usuli asosida kompleks tahlil qilindi. Olingan natijalar mintaqalararo iqtisodiy integratsiya jarayonining vaqt bo‘yicha o‘zgarishlarini chuqur o‘rganish, uning asosiy omillarini ajratib ko‘rsatish va ular o‘rtasidagi bog‘liqlik darajasini baholash imkonini berdi.
Ushbu yondashuv O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan ko‘rib chiqilib, amaliyotga joriy etish uchun qabul qilingan (“O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi”ning 2025-yil 22-avgustdagi 06-05-33-9486-sonli ma’lumotnomasi asosida), bu esa ishlab chiqilgan metodikaning amaliyot uchun foydali ekanini hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonida ishonchli ilmiy asos bo‘lib xizmat qilishini tasdiqlaydi.
Transmilliy hududiy hamkorlik tajribalarini tizimli o‘rganish asosida Toshkent va Shinjon o‘rtasidagi iqtisodiy-savdo aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan kompleks konseptual asos ishlab chiqildi. Mazkur yondashuv hamkorlikning strategik maqsadlarini aniq belgilash, uni amalga oshirishni ta’minlovchi institutsional-iqtisodiy kafolatlar tizimini shakllantirish, ustuvor yo‘nalishlarni ilmiy asosda ajratish hamda uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarini kompleks tarzda ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Ushbu ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan ko‘rib chiqilib, amaliyotga joriy etish uchun qabul qilingan (“O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi”ning 2025-yil 22-avgustdagi 06-05-33-9486-sonli ma’lumotnomasi asosida), bu esa ishlab chiqilgan konseptual asosning amaliy ahamiyatga ega ekanini hamda mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish jarayonida samarali metodologik instrument sifatida xizmat qilishini tasdiqlaydi.
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar
bo‘yicha prorektor Y.S. Ergashov
Ilmiy darajalar beruvchi
ilmiy kengash raisi A.T. Umarov
Ilmiy darajalar beruvchi
ilmiy kengash ilmiy kotibi X.H. Rejapov
Talabgor Cao Gang