O‘zMUning Amaliy etnologiya laboratoriyasi Qozog‘iston instituti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Amaliy etnologiya” laboratoriyasi Qozog‘iston Respublikasining Ch. Valixonov nomidagi Tarix va etnologiya instituti bilan o‘zaro hamkorlik memorandumini imzoladi.
Memorandum doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi va etnologiyasini o‘rganish bo‘yicha qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy maqola va monografiyalar tayyorlash, ilmiy xodimlarning o‘zaro safarlarini tashkil etish hamda zamonaviy tadqiqot tajribalarini almashish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Shuningdek, O‘zMU talabalari uchun ma’ruzalar tashkil etish, tadqiqotchilarga ilmiy maslahatlar berish va o‘zaro ilmiy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.