Turayev Baxodir – Bo’lim boshlig’i
100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
Dushanba-Juma, 14:00 – 17:00
+998
e-mail:
Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti kadrlar bo`limi universitetning tarkibiy bo`limlaridan biri hisoblanadi. Bo`lim O`zbekiston Respublikasi Qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorlari, Farmon va Farmoyishlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buyruqlari, farmoyishlari, O`zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi, universitet Rektori buyruqlari, farmoyishlari hamda universitet Nizomi, yo`riqnomalari va tegishli ko`rsatmalari asosida faoliyat olib boradi. Kadrlar bo`limi universitetda mehnat qilayotgan professor-o`qituvchi, o`quv-yordamchi va moliya-xo`jalik xodimlarining universitet ichki-tartib qoidalari, mehnat intizomi, lavozim yo`riqnomalari va o`rnatilgan qoidalarga muvofiq faoliyat yuritishini tashkil qiladi.
Kadrlar bo`limida bo`lim boshlig`i va 2 nafar 1-toifali muhandis hamda 2 nafar inspektor faoliyat olib boradi. Bo`limning professor-o`qituvchi, o`quv-yordamchi hamda moliya-xo`jalik xodimlari bilan ishlash inspektorlari bevosita kadrlar bo`limi boshlig`i topshirig`i va ko`rsatmalariga muvofiq ishni tashkillashtiradi. Belgilangan tartibda yo`riqnoma asosida ish olib boradi. Kadrlar bo`limining vazifalari:
– professor-o`qituvchi, o`quv-yordamchi hamda moliya-xo`jalik xodimlarini ishga qabul qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish, lavozim va shtat birliklarini o`zgartirish, mehnat ta`tili berish hamda muddatidan avval ishga chaqirib olish, o`z hisobidan ta`til, tanlov asosida ishga qabul qilish, attestatsiyadan o`tish muddatlarini aniqlash, belgilashni nazorat etish;- ishga qabul qilingan har bir xodim o`rtasidagi mehnat shartnomalari tuzishni nazorat qilish hamda faoliyatga oid buyruqlarni tayyorlash;- rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish va va undan foydalanish borasida takliflar berish;- universitet rektoriga professor-o`qituvchilar tarkibi, ularning mehnat intizomi, ta`lim berish sifatini yaxshilash hamda ularning qo`nimsizligining oldini olish yuzasidan takliflar tayyorlash va taqdim etish;- kadrlar masalasi bo`yicha yuqori tashkilotlar bilan aloqada bo`lish;- vazirlik va tegishli tashkilotlarga universitet professor-o`qituvchi va xodimlarini davlat mukofotiga tavsiya qilish ishlarini tashkil qilish;- professor-o`qituvchi, o`quv-yordamchi hamda moliya-xo`jalik xodimlariga guvohnomalar tayyorlab berish va guvohnomalar muddatini uzaytirilishini nazorat qilish;- professor-o`qituvchilar imzolarini tasdiqlash, ma`lumotnomalar berish;- mehnat daftarchalarini yuritish, ularni hisobini to`g`ri olib borish va mehnat shartnomasi bekor qilingan yoki tugagan xodimga o`z vaqtida topshirish;- professor-o`qituvchi, o`quv-yordamchi hamda moliya-xo`jalik xodimlarning belgilangan shaklda statistik hisobotini olib borish;- professor-o`qituvchi, o`quv-yordamchi hamda moliya-xo`jalik xodimlarning shahsiy yig`ma jildini, shahsiy varaqasini (T-2 shakl), shaxsiy ma`lumotnomasini (ob`ektivka) shakllantirish, belgilangan tartibda yuritilishini tashkil etish;- universitet shtat jadvalini moliya-iqtisodiyot bo`limi bilan birgalikda muvofiqlashtirish va shtat jadvaliga asosan ish olib borish;- nafaqa yoshidagi professor-o`qituvchi hamda xodimlarni aniqlash, hujjatlarini rasmiylashtirish hamda ro`yxatga olish;- xar oyning boshida tuman bandlikka ko`maklashish markaziga bo`sh ish o`rinlari to`g`risida ma`lumot taqdim etish;- bo`limda saqlanayotgan xodimlarga oid barcha me`yoriy va shaxsiy hujjatlarni o`rnatilgan tartibda dalolatnoma tuzish orqali universitet arxivga topshirish;- bo`lim va xodimlar bilan ishlashda odob-ahloq va ichki-tartib qoidalariga, mehnat intizomi va muomala madaniyatiga rioya qilish.