Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Oʻzbekiston milliy universiteti vakillari Gʻarbiy Bohemia universitetida

Chexiya respublikasi universitetlari bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida Oʻzbekiston milliy universiteti vakillarining navbatdagi tashrifi Chexiya Respublikasining Plzen regionida joylashgan Gʻarbiy Bohemia universiteti boʻldi. Universitet rahbariyati bilan hamkorlikning ilk bosqichi sifatida oʻzaro shartnoma imzolandi ,ayniqsa filologiya, sohasida oʻzaro aloqalar oʻrnatish ,  professor-oʻqituvchilarning birgalikda Scopus bazalarida indekslanuvchi jurnallarda maqolalar nashr etish jarayonlari muhokama qilindi.

Kunning ikkinchi yarmida  Plzen regionida joylashgan Gʻarbiy Bohemia universitetining yangi oʻquv binosida uchrashuv tashkil etildi. Oʻquv xonalari,dars jarayonlari,talabalar uchun yaratilgan oʻquv-darsliklar,kutubxona bilan tanishtirildi.

Uchrashuv soʻnggida Gʻarbiy Bohemia universiteti rahbariyati Oʻzbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatganidan mamnunligi va universitetda tahsil oluvchi oʻzbek talabalarining iqtidorli ekanligini taʼkidlab oʻtishdi.


Xalqaro aloqalar bo’limi