Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O‘zbekiston Milliy universitetiga qarashli 5-sonli talabalar turar joyida universitet rektori maslahatchisi Jalol Ro‘ziyev, profilaktika inspektori Alisher Abdulhaqov va boshqa mas’ullar ishtirokida talabalar bilan suhbat o‘tkazildi.

Unda talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olish, turli zararli oqimlar ta’siriga tushib qolmaslik, universitet ichki tartib qoidalariga rioya etish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish borasida zarur tushuncha va ko‘nikmalar berildi.

Tyutor va tarbiyachi pedagoglar tomonidan talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidori, ijodiy salohiyatini namoyon qilishi uchun yangi tashabbuslarni ilgari surish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, talabalarga internet tarmoqlaridagi feyk ma’lumotlar, nosog‘lom muhitni yaratish uchun olib borilayotgan targ‘ibotlarga aralashib qolmaslik, kiberjinoyatchilikka yo‘l qo‘ymaslik uqtirildi.