Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Finlandiyalik tadqiqotchi O‘zMU talabalariga ingliz tilini o‘rgatmoqda

O‘zbekiston Milliy universitetida talabalarga ingliz tilini samarali o‘rgatish, og‘zaki nutqni rivojlantirish, xorijlik talabalar bilan muloqot qilish imkoniyatini yaratadigan “Discussion club” faoliyat boshladi.

Xorijiy filologiya fakultetining “Amaliy ingliz tili va adabiyotshunoslik” kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu klubda mashg‘ulotlarni finlandiyalik tadqiqotchi Emil Yanti olib bormoqda.

“Discussion club”ning ilk mashg‘uloti talabalarga til to‘siqlarini yengib o‘tish, ingliz tilida muloqot qilayotgan paytda hayajonni bartaraf etish kabi texnik imkoniyatlarga qaratildi.