Turkiyaning Bartin universiteti professori O‘zbekiston Milliy Universitetida
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti ko‘plab Turkiya universitetlari bilan hamkorlik olib boradi va universitetlar o‘rtasida o‘zaro rasmiy memorandumlar imzolangan bo‘lib, Turkiyaning Bartin universiteti ham shular jumlasidandir. Ikki universitet o‘rtasida memorandum 2021-yilda imzolangan bo‘lib, 2023-yil 22-noyabr kuni Bartin universiteti professori Dr. Xuseyin Bekir Yildiz Oʻzbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Raima Shirinova, Fizika fakulteti dekani Eshonqulov Gʻofur Boboqulovich va fizika fakulteti xodimlari qatnashishdi.
Dr. Xuseyin Bekir Yildiz Bartin universiteti toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot berib oʻtdi va fizika fakulteti bilan olib borilayotgan muvaffaqayatli loyihalar haqaqida toʻxtalib oʻtdi.
Shu bilan birga uchrashuv davomida tomonlar professor-o’qituvchilar va talabalar o‘rtasida akademik mobillik dasturini yo‘lga qo‘yish hamda 2024-yildagi ERASMUS loyihasida O‘zbekiston Milliy Universiteti professor-oʻqituvchilari bilan qatnashish takliflari koʻrib chiqildi.