Belorus Davlat Universiteti Vakili Fizika Fakultetiga Tashrif Buyurdi
2022 yilning 23-sentabr kuni Belorus davlat universiteti Fizika fakulteti dekani Mixail Sergeyevich Tivanov O‘zMU Fizika fakultetiga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston Milliy universiteti va Belorus davlat universiteti o‘rtasida 2021-yilda tuzilgan hamkorlik shartnomasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar jumladan, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, o‘zaro hamkorlikda o‘quv adabiyotlarini yaratish, kelajakdagi ilmiy-tadqiqot sohadagi hamkorlikla talabalarni yozgi va qishgi maktablarga jalb qilish muhokama qilindi.




Belorus Davlat Universiteti Vakillari Bilan Uchrashuv
2022 yilning 20-sentabr kuni Belorus davlat universiteti vakillari – Ekologiya fakulteti dekani Sisa Aleksey Grigorevich hamda Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Alekseychik Yelena Valerьevna O‘zMUga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda BDU va O‘zMU o‘rtasida 2019-yil 15-iyulda tuzilgan shartnomaga muvofiq mavjud qo‘shma ta’lim dasturiga qo‘shimcha bandlar kiritish xususida muzokaralar olib borildi.



Xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan ta’lim va fan sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, xalqaro hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash hamda universitetning milliy va xalqaro reytinglardagi mavqeini oshirish maqsadida 2023- yilning 5-dekabr kuni Ijtimoiy fanlar fakulteti “Etika va estetika” kafedrasi tashabbusi bilan Belorussiya davlat universitetıning dotsenti Sokolchik Valerya Nikolayevnaning «Falsafa» fanidan “Биоэтика и философия. Становление биоэтики” mavzusida onlayn ma’ruzasi tashkil etildi.
Ma’ruzada Ijtimoiy fanlar fakulteti Etika va estetika kafedrasining bir qator professor-o’qituvchilari, Amaliy etika yo’nalishi va O’zbek-Qozon qo’shma fakulteti psixologiya yo’nalishi 2-bosqich talabalari qatnashdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

