“Huquqiy fanlar” kafedrasi universitet rektorining 2023-yil 4-sentabrdagi 01-285 sonli buyrug’i “Huquqiy fanlar” kafedrasi tashkil etilgan. Huquqiy fanlar kafedrasi universitetning asosiy o‘quv-ilmiy bo‘linmalaridan biri bo‘lib, Yurisprudensiya sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish hamda o‘quv-uslubiy faoliyatni tashkil etish bilan shug‘ullanadi.
Joriy o‘quv yilida Yurisprudensiya ta’lim yo’nalishi balaklavriat bosqichida jami 1533 nafar (Kunduzgi shaklida 1012 nafar, Sirtqi shaklida 409 nafar, masofaviy shaklda 112 nafar) talaba, magistratura bosqichida 35 nafar talaba tahsil olmoqda.
2025/2026 o‘quv yilida Huquqiy fanlar kafedrasi asosiy shtatda jami 29 nafar prof-o’qituvchilar, 10 ga prof-o’qituvchilar yaqin o‘rindoshlik asosida, ulardan 4 nafar fan doktori va 10 ga yaqin fan nomzodi ilmiy darajasiga ega professor-o’qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Shuningdek o‘tgan o‘quv yilida xorijdan 19 nafar prof-o‘qituvchilar dars jarayonlariga jalb qilindi. Bundan tashqari kafedrada 3 nafar tayanch doktorant, 5 nafar mustaqil izlanuvchi mavjud.
O‘tgan 4 yil davomida kafedra prof-o’qituvchilari va izlanuvchilari tomonidan 150 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 3 ta darslik, 9 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta monografiya, 100 dan ortiq mamlakatimiz va xorijiy yetakchi jurnallarda maqolalar chop etilgan
Bugungi kunda Konstitutsiyaviy Sud, Oliy Sud, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Parlament tadqiqotlari instituti va Notarial palata bilan hamkorlik memorandumlari imzolangan.
Huquqiy fanlar kafedrasi qoshida “Yuridik klinika”, “GO UP”, “Lady lawyers”, “NUU Law Society (NLS)” hamda “Legal English Club” kabi to‘garaklar faoliyat yuritib, talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlashda muhim o‘rin tutmoqda. Shuningdek, Oliy sud bilan hamkorlik doirasida tashkil etilgan “Bo‘lajak sud xodimlari” klubida 60 dan ortiq talaba a’zo bo‘lib, ular bo‘sh vaqtlarida va yozgi ta’til davrida sud organlarida amaliyot o‘tash orqali kasbiy malakasini oshirmoqda.
Kafedraga hozirgi kunda yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori(PhD) Sh.Saidov mudirlik qilib kelmoqda.