Kafedra mudiri

SAIDOV SHOXRUXXON MUZAFFAROVICH
SAIDOV SHOXRUXXON MUZAFFAROVICH

Kafedra mudiri

Ilmiy darajasi:

Fan nomzodi, PhD

Ilmiy unvoni:

Unvonsiz

Qabul kunlari:

Manzil:

Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy

Kafedra tarixi

    “Huquqiy fanlar” kafedrasi universitet rektorining 2023-yil 4-sentabrdagi 01-285 sonli buyrug’i “Huquqiy fanlar” kafedrasi tashkil etilgan. Huquqiy fanlar kafedrasi universitetning asosiy o‘quv-ilmiy bo‘linmalaridan biri bo‘lib, Yurisprudensiya sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish hamda o‘quv-uslubiy faoliyatni tashkil etish bilan shug‘ullanadi.
Joriy o‘quv yilida Yurisprudensiya ta’lim yo’nalishi balaklavriat bosqichida jami 1533 nafar (Kunduzgi shaklida 1012 nafar, Sirtqi shaklida 409 nafar, masofaviy shaklda 112 nafar) talaba, magistratura bosqichida 35 nafar talaba  tahsil olmoqda.
     2025/2026  o‘quv yilida Huquqiy fanlar kafedrasi asosiy shtatda jami 29 nafar prof-o’qituvchilar, 10 ga prof-o’qituvchilar yaqin o‘rindoshlik asosida, ulardan 4 nafar fan doktori va 10 ga yaqin fan nomzodi ilmiy darajasiga ega professor-o’qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Shuningdek o‘tgan o‘quv yilida xorijdan 19 nafar prof-o‘qituvchilar dars jarayonlariga jalb qilindi. Bundan tashqari kafedrada 3 nafar tayanch doktorant, 5 nafar mustaqil izlanuvchi mavjud.
O‘tgan 4 yil davomida kafedra prof-o’qituvchilari va izlanuvchilari tomonidan 150 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 3 ta darslik, 9 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta monografiya, 100 dan ortiq mamlakatimiz va xorijiy yetakchi jurnallarda maqolalar chop etilgan
Bugungi kunda Konstitutsiyaviy Sud, Oliy Sud, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti,  Parlament tadqiqotlari instituti va Notarial palata bilan hamkorlik memorandumlari imzolangan.
Huquqiy fanlar kafedrasi qoshida “Yuridik klinika”, “GO UP”, “Lady lawyers”, “NUU Law Society (NLS)” hamda “Legal English Club” kabi to‘garaklar faoliyat yuritib, talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlashda muhim o‘rin tutmoqda. Shuningdek, Oliy sud bilan hamkorlik doirasida tashkil etilgan “Bo‘lajak sud xodimlari” klubida 60 dan ortiq talaba a’zo bo‘lib, ular bo‘sh vaqtlarida va yozgi ta’til davrida sud organlarida amaliyot o‘tash orqali kasbiy malakasini oshirmoqda.

 Kafedraga hozirgi kunda yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori(PhD) Sh.Saidov mudirlik qilib kelmoqda.

Kafedra tarkibi

UMIDULLAYEV QAHRAMON USMANOVICH

Umidullayev Qahramon Usmanovich

Katta o‘qituvchi

Batafsil
DAMINOV ABDUVALI ASADULLOYEVICH

Daminov Abduvali Asadulloyevich

Katta o‘qituvchi

Batafsil
ISMAILOV BEKJON SALIXOVICH

Ismailov Bekjon Salixovich

Katta o‘qituvchi

Batafsil
CHORIYEVA XURSHIDABONU XURRAM QIZI

Choriyeva Xurshidabonu Xurram qizi

Katta o‘qituvchi

Batafsil
RAHIMJONOV AKMALJON BAHROMJON O‘G‘LI

Rahimjonov Akmaljon Bahromjon o‘g‘li

Katta o‘qituvchi

Batafsil
RAIMOV ELBEK BAHODIR O‘G‘LI

Raimov Elbek Bahodir o‘g‘li

Katta o‘qituvchi

Batafsil
AVEZOV UMIDJON TOSHPULATOVICH

Avezov Umidjon Toshpulatovich

Katta o‘qituvchi

Batafsil
SAIDOV O‘TKIRJON ERGASHBOY O‘G‘LI

Saidov O‘tkirjon Ergashboy o‘g‘li

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
ABDUGANIYEVA GULRUX MANSUR QIZI

Abduganiyeva Gulrux Mansur qizi

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
ARZIQULOV ADHAM ALIMARDON O‘G‘LI

Arziqulov Adham Alimardon o‘g‘li

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
QOSIMOVA GULNOZA ODILOVNA

Qosimova Gulnoza Odilovna

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
ISMOILOVA MALIKA ZAMIROVNA

Ismoilova Malika Zamirovna

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
ARSLONQULOVA AZIZA O‘TKIR QIZI

Arslonqulova Aziza O‘tkir qizi

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
AHMADJONOV SULTONBEK SHUKURILLO O‘G‘LI

Ahmadjonov Sultonbek Shukurillo o‘g‘li

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
ABDURAXIMOV SHOXRUX SHUXRATJON O‘G‘LI

Abduraximov Shoxrux Shuxratjon o‘g‘li

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
XASANJONOV ISMOILJON A’ZAMJON O‘G‘LI

Xasanjonov Ismoiljon A’zamjon o‘g‘li

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
AVLIYAKULOVA MATLUBA AVAZOVNA

Avliyakulova Matluba Avazovna

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
RASHIDOV SHERZOD BAHRON O‘G‘LI

Rashidov Sherzod Bahron o‘g‘li

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
AKTAMOV SHAVKAT MAMADALI O‘G‘LI

Aktamov Shavkat Mamadali o‘g‘li

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
MADAMINOVA DILAFRUZ XOSHIMOVNA

Madaminova Dilafruz Xoshimovna

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
AVAZBEKOVA DIYORAXON LATIFJON QIZI

Avazbekova Diyoraxon Latifjon qizi

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
MUXUTDINOVA GAVXARXON MANSURXONOVNA

Muxutdinova Gavxarxon Mansurxonovna

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
AMIROV AGZAMXON AKTAMOVICH

Amirov Agzamxon Aktamovich

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
JUMABOYEV DONIYOR MURATBOY O‘G‘LI

Jumaboyev Doniyor Muratboy o‘g‘li

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
ABDUSHUKUROVA NOZIMABONU ABDULLO QIZI

Abdushukurova Nozimabonu Abdullo qizi

Assistent

Batafsil
MAMADALIYEV BUZRUKXUJA XAYRULLAYEVICH

Mamadaliyev Buzrukxuja Xayrullayevich

Assistent

Batafsil
MO‘MINOV MIRZAXOKIM ABDUXAMID O‘G‘LI

Mo‘minov Mirzaxokim Abduxamid o‘g‘li

Assistent

Batafsil
DJAMBAKIYEVA FERUZA BAXTAXUNOVNA

Djambakiyeva Feruza Baxtaxunovna

Assistent

Batafsil
FAYZULLAYEV ASLBEK ULUG‘BEK O‘G‘LI

Fayzullayev Aslbek Ulug‘bek o‘g‘li

Assistent

Batafsil

Ilmiy faoliyat

Huquqiy fanlar kafedrasi ilmiy faoliyati zamonaviy huquqshunoslikning dolzarb yo‘nalishlarini qamrab olgan holda tizimli ravishda olib boriladi. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan jinoyat huquqi, fuqarolik huquqi, ma’muriy huquq, xalqaro huquq hamda huquq nazariyasining dolzarb muammolari bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.

Kafedraning ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari

  • jinoyat huquqi va kriminologiya muammolari;
  • fuqarolik-huquqiy munosabatlarni takomillashtirish;
  • ma’muriy-huquqiy islohotlar va davlat boshqaruvi;
  • inson huquqlari va ularning xalqaro-huquqiy himoyasi;
  • raqamli huquq va zamonaviy texnologiyalarni huquqiy tartibga solish.

Ilmiy yutuqlar va natijalar

  • Kafedra tomonidan so‘nggi yillarda sezilarli ilmiy natijalarga erishildi, jumladan:
    • Kafedra Erasmus+ grant mablag‘lari asosida 2025–2027 yillar davomida Shvetsiyaning Lund universiteti Huquq sotsiologiyasi hamda O‘zbekiston Milliy universiteti Huquqiy fanlar kafedrasi o‘rtasida talabalar va professor-o‘qituvchilarning xalqaro mobililigi yo‘lga qo‘yildi.
    • Shu bilan birga, 2025–2026 o‘quv yilida O‘zMU va Polshaning Gdansk universiteti o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, 3 nafar bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari Gdansk universitetiga akademik mobililik bo‘yicha kuzgi semestrda ta’lim olish uchun jalb etildi.
    • Kafedra 2026–2029 yillarda Lund universiteti (Shvetsiya) koordinatsiyasida amalga oshiriladigan POLCA (G‘arbiy bo‘lmagan jamiyatlarda huquqiy va boshqaruv islohotlarining siyosiy iqtisodiyoti: Markaziy Osiyodan nazar) loyihasi bo‘yicha tanlovda ishtirok etib, kelgusi 3 yil davomida kafedraning 20 nafar professor-o‘qituvchilarining malakasini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi va grant loyihasi jalb etildi. Ushbu POLCA loyihasi orqali har bir kafedra professor-o‘qituvchisiga 2700 yevro miqdoridagi mablag‘ malaka oshirish uchun qoplab beriladi va bu universitet investitsiya rejasi bajarilishiga xizmat qiladi.
    • 2024–2025 o‘quv yilida Huquqiy fanlar kafedrasida mavjud ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalardan 5 nafari Navoiy davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi, shuningdek 10 dan ortiq talabalar respublika va universitet miqyosidagi ko‘rik-tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni egallab kelishgan.
    • 2025/2026 o’quv yilida Kafedra mudiri Sh.Saidov rahbarligida «Davlat boshqaruvi» mutaxassisiligi 2-kurs magistranti Oxunov Javlonbek Iqbol o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasiga va  Kafedra katta o‘qituvchisi E.Raimov rahbarligida Yuriprudensiya yo’nalishi 3-kurs talabasi Shokirova Dilnoza Bahodir qizi va kafedra professori V.Topildiyev rahbarligida 4-kurs talabasi Qadambayeva Ozoda Umid qizi Navoiy nomli davlat stipendiyasi sazovor boʻlishdi.

Xalqaro hamkorlik

Kafedrada xorijlik professor-o‘qituvchilarni taklif etgan holda uslubiy
va amaliy seminarlar faol o‘tkazilmoqda.

  • 2024-yil 29-aprelkuni O’zbekiston Milliy universiteti «Patentshunoslik» yo’nalishining 3-bosqich talabalari uchun Oksford Regents Park kollejidagi xalqaro tadqiqot tarmog’i bo‘lgan din, huquq va xalqaro aloqalar dasturining direktori va Oksford qonun va din jurnalining (Oxford Journal of Law and Religion) bosh muharriri, London Brunel universiteti professori Peter Petkoff ishtirokida master-klass tashkillashtirildi.
  • 2024-yil 24-oktabrkuni «Huquqiy fanlar» kafedrasiga Shvetsiyaning Lund universiteti (QS World University Rankings reytingda 75-o‘rinda, THE reytingda 106- o‘rinda) «Huquq va sotsiologiya» kafedrasi professori Patrik Olsson tashrif buyurd
  • 2024-yil 31-oktabr kuni Xalqaro aloqalar bo’yicha Moskva davlat instituti (MGIMO) dotsenti, yuridik fanlar nomzodi Olga Benditskaya bilan uchrashuv tashkil etildi.
  • 2024-yilning 1-noyabr kuni «Huquqiy fanlar» kafedrasi o’qituvchi hamda Shvetsiyaning Lund universiteti (QS World University Rankings reytingda 75-o‘rinda, THE reytingda 106-o‘rinda) «Huquq va sotsiologiya» kafedrasi professori Rustamjon Urinboyev Yurisprudensiya ta’lim yo’nalishi 1-kurs talabalariga ingliz tilida Davlat va huquq nazariyasi fanidan «Legal pluralism» mavzusida ma’ruza mashg’uloti o‘tkazildi.
  • 2025-yil noyabr oyida Huquqiy fanlar kafedrasi mudiri Sh.Saidov Lund universiteti (Shvetsiya)ning Huquq sotsiologiyasi kafedrasida MOCCA (“Markaziy Osiyoda korrupsiyaning ko‘p darajali tartiblari”) va POLCA (“Markaziy Osiyoda huquqiy va boshqaruv islohotlarining siyosiy iqtisodiyoti”) loyihalari doirasida malaka oshirdi.
  • Huquqiy fanlar kafedrasi Yurisprudensiya yo’nalishi talabalari 2025-yil 1-oktabrdan 2026-yil 15-fevralga qadar Gdansk universitetiga Akademik mobillik doirasida yuborildi.
  • Shvetsiyaning Lund universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Erasmus+ ICM (2025–2028) almashinuv dasturi doirasida O‘zbekiston Milliy universitetining «Yurisprudensiya» yo‘nalishi talabalari Shvetsiyaning Lund universitetida o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi.
  • 2025-yil 23-aprel kuni O‘sh davlat universitetining “Tarix va huquq” instituti «Fuqarolik huquqi va potsessi» kafedrasining bir guruh prof-o’qituvchilari Huquqiy fanlar kafedrasiga tashrif buyurishdi.