Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Kafedra mudiri

BO‘TAYEV USMONJON XAYRULLAYEVICH
BO‘TAYEV USMONJON XAYRULLAYEVICH>

Professor

Ilmiy darajasi:

Fan doktori, DSc

Ilmiy unvoni:

Dotsent

Qabul kunlari:

Manzil:

Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy

Kafedra tarixi

   1995-yilda Toshkent Davlat universitetida (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) O‘zbekiston Respublikasida birinchilardan bo‘lib, universitet rektorining 1995-yil 15-fevraldagi 01-21-sonli buyrug‘iga binoan Falsafa fakultetining “Ijtimoiy-siyosiy munosabatlar nazariyasi” va “Fakultetlararo ijtimoiy-siyosiy munosabatlar nazariyasi” kafedralarining birlashtirilishi asosida “Politologiya” kafedrasi deb nomlandi va kafedraning asosida “Politologiya” ta’lim yo‘nalishi tashkil etildi. 1995-2013-yillarda kafedrada 437 bakalavr va 180 ta magistr tahsil olgan.
   O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlar, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov asarlari va Vazirlar Mahkamasining Qarorlari hamda qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini to‘laqonli o‘rgatish maqsadida 1996-yil Vazirlar Mahkamasi topshirig‘iga asosan “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi tashkil etildi.
   2007-2008-o‘quv yilida O‘zbekiston Milliy universiteti rektorining buyrug‘iga asosan Falsafa fakultetining “Siyosatshunoslik” va “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedralari birlashtirildi. Mazkur kafedra “Siyosatshunoslik” kafedrasi deb nomlandi.
Universitet rektorining 2014-yil 1-noyabrdagi 01-394 sonli buyrug‘iga binoan “Siyosatshunoslik” kafedrasi “Demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish nazariyasi va amaliyoti” deb qayta nomlandi.
   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 11-mayda “O‘zbekiston Milliy universiteti faoliyatini yanada takomillashtrish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2527 sonli Qaroriga asosan O‘zbekiston Milliy universiteti tuzilmalariga o‘zgartirishlar kiritilib, kafedra “Demokratik davlat qurish nazariyasi va amaliyoti” deb nomlandi.
Universitet rektorining 2019-yil 4-oktyabrdagi 01-811-sonli buyrug‘i asosida “Demokratik davlat qurish nazariyasi va amaliyoti” va “Milliy g‘oya” kafedralarining birlashtirilishi natijasida kafedra “Fuqarolik jamiyati va huquq ta’limi” deb nomlandi.
2020-2021-o‘quv yilida kafedrada 38 nafar professor-o‘qituvchi asosiy va o‘rindoshlik asosida faoliyat olib borib, jumladan, 12 nafar fan doktori-professorlar, 8 nafar falsafa doktori (PhD), 6 nafar fan nomzodi, 3 nafar katta o‘qituvchi, 5 nafar o‘qituvchi va 4 nafar stajyor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatishdi. Shuningdek, kafedrada 13 nafar tayanch doktorant (PhD) va 2 nafar doktorantlar (DSc) faoliyat olib bordi.
   2023-yil 25-avgustdagi O‘zbekiston Milliy universiteti Kengashining kengaytirilgan 1-son yig‘ilish qarori asosida “Fuqarolik jamiyati va huquqi ta’limi” kafedrasi “Siyosatshunoslik” hamda “Huquqiy fanlar” kafedrasiga ajratildi.
Bugungi kunda “Siyosatshunoslik” kafedrasida jami 16 ta shtat birligi mavjud bo‘lib unda 18 nafar professor-o‘qituvchilar ulardan:
5 nafar fan doktori (DSc);
8 nafar falsafa doktori (PhD);
3 nafar katta o‘qituvchi;
2 nafar o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib kelishmoqda.
2024-2025 o‘quv yilida kafedrada ilmiy salohiyati 78 % ni tashkil etmoqda. Mazkur o‘quv yilida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2 ta darslik, 11 ta o‘quv qo‘llanma, 10 ta uslubiy qo‘llanma, 4 ta monografiya, 35 ta OAK jurnallarida ilmiy maqolalar, 3 ta Scopus va Web of Science bazalariga kiritilgan ilmiy nashrlarda maqolalar hamda impakt faktori yuqori bo‘lgan xorij jurnallarida jami 36 ta maqolalar chop etildi.

Kafedra tarkibi

BO‘TAYEV USMONJON XAYRULLAYEVICH

Bo‘tayev Usmonjon Xayrullayevich

Professor

Batafsil
ERGASHEV IBADULLA XXX

Ergashev Ibadulla Xxx

Professor

Batafsil
NORBOYEV TURA XXX

Norboyev Tura Xxx

Professor

Batafsil
AMONOV BAXTIYOR AXTAMOVICH

Amonov Baxtiyor Axtamovich

Dotsent

Batafsil
UMAROV XAYRULLA PAYZULLAYEVICH

Umarov Xayrulla Payzullayevich

Dotsent

Batafsil
MIRZAAXMEDOV KAMOLIDDIN MANSURJON O‘G‘LI

Mirzaaxmedov Kamoliddin Mansurjon o‘g‘li

Dotsent

Batafsil
NISHANBAYEVA ENAJON ZARIPBAYEVNA

Nishanbayeva Enajon Zaripbayevna

Dotsent

Batafsil
SHERNIYAZOVA GULNARA UTENIYAZOVNA

Sherniyazova Gulnara Uteniyazovna

Dotsent

Batafsil
QARSHIYEV NURMUHAMMAD OLIMJONOVICH

Qarshiyev Nurmuhammad Olimjonovich

Katta o‘qituvchi

Batafsil
MIRZAVALIYEV JAVLONBEK AVAZBEKOVICH

Mirzavaliyev Javlonbek Avazbekovich

Katta o‘qituvchi

Batafsil
PARMANOV SOBIR ADILOVICH

Parmanov Sobir Adilovich

Katta o‘qituvchi

Batafsil
ISANOVA GULBAXOR TAXIROVNA

Isanova Gulbaxor Taxirovna

Katta o‘qituvchi

Batafsil
ABDULLAYEV BARXAYOTJON BO‘RIYEVICH

Abdullayev Barxayotjon Bo‘riyevich

Katta o‘qituvchi

Batafsil
ERKINOV ILXOMJON ELMURODJON O‘G‘LI

Erkinov Ilxomjon Elmurodjon o‘g‘li

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
ASTANOV AXUNJAN RAUBOVICH

Astanov Axunjan Raubovich

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
SABUROVA JULDIZXAN AXMETOVNA

Saburova Juldizxan Axmetovna

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
JAYSANOV ABDUVAHOB BAXTIYOROVICH

Jaysanov Abduvahob Baxtiyorovich

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
XAYITOV NAZAR BOYMUROT O‘G‘LI

Xayitov Nazar Boymurot o‘g‘li

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
RIZAYEVA LOBAR TOSHPULATOVNA

Rizayeva Lobar Toshpulatovna

Assistent

Batafsil
TO‘XTAYEV BOBIR-MIRZO AVAZOVICH

To‘xtayev Bobir-Mirzo Avazovich

Assistent

Batafsil

Ilmiy faoliyat

Siyosatshunoslik kafedrasining 2023-2024 o‘quv yillarida professor-o‘qituvchilar ilmiy rahbarligida 5 nafari falsafa doktori (PhD) ximoyasini qildi, 1 nafari fan doktori (DSc) kafedra muhokamasidan o‘tdi. 7 nafar (PhD) dissertatsiya mavzulari tasdiqlangan va ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqda. 23 ta OAK jurnallarida, xorijiy ilmiy jurnallarda jami 18 ta, shundan 1 ta scopus ba’zasida indeksatsiya qilingan jurnalda, respublika va xalqaro ilmiy amaliy konferensiyalarda jami 39 ta maqola va tezis chop etilgan. Kafedra a’zolari kesimida 4 ta mualliflik guvohnomalari mavjud. Kafedra a’zolarining Google shholar indekslarida 2000 dan ortiq iqtiboslar keltirilgan.

T/r Ilmiy kengash raqami Fan tarmog’i
1. DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08 Siyosatshunoslik

 

T/r SHifr Ta’lim yo‘nalishi (kunduzgi)
1. 60310700 Siyosatshunoslik

 

T/r SHifr Ta’lim yo‘nalishi (sirtqi)
1. yo‘q yo‘q
T/r SHifr Ta’lim yo‘nalishi (kechki)
1. yo‘q yo‘q
T/r SHifr Ta’lim yo‘nalishi (ikkinchi oliy ta`lim)
1. yo‘q yo‘q
T/r SHifr Magistratura mutaxassisligi
1. 70310701 Amaliy siyosatshunoslik

 

T/r SHifr Doktorantura ixtisosligi
1. 23.00.01 Siyosat nazariyasi va falsafasi. Siyosiy ta’limotlar tarixi va metodologiyasi
2. 23.00.02 Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar
3. 23.00.03 Siyosiy madaniyat va mafkura

Xalqaro hamkorlik

   Amsterdam universiteti (QS wortd university rankings: 61-urinda, TaYE- worid university rankings: 66-urinda) Siyosiy fanlar doktori (PhD), professor Babak Rezvani tomonidan – 2020-2021 o‘quv yili davomida Ijtimoiy fanlar fakulteti “Fuqarolik jamiyati va huquq ta’limi” kafedrasi 3-kurs talabalarn uchun «Globallashuv asoslari» moduli (22 soat) bo‘yicha onlayn ma’ruza, (23 soat) seminar o‘tish hamda 5A111601-Ijtimoiy- gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi magistratura bosqichida «Markaziy Osiyoda geosiyosiy jarayonlar» moduli (30 soat) buyicha onlayn ma’ruza, (30 soat) seminar o‘tildi.
Babak Rezvani tomonidan-2022 yil aprel-iyun oylarida “Siyosatshunoslik” yo‘nalishi 1-kurs talabalariga “Markaziy Osiyoda geosiyosiy jarayonlar” fanidan (30 soat) bevosita ma’ruza o‘tildi.
   O‘zbekiston Milliy universitetining milliy va xalqaro reytinglardagi mavqeini oshirish maqsadida Ijtimoiy fanlar fakulteti “Siyosatshunoslik” kafedrasi Rossiyaning Tver Davlat universiteti o‘qituvchisi kafedrasi 1-kurs talabalariga Vinogradov Dmitriy Vladimirovich tomonidan 2022-yil 12-aprelidan 24-iyun kuniga qadar “Siyosiy tizim” va “Siyosiy madaniyat” fanidan mustaqil ta’lim soatlari doirasida jamoatchilik asosida ma’ruzalar o‘qidi.
2023-yil 23-sentabr Xitoy davlatining Jenmin universitetida Bir makon bir yo‘l loyihasining 10-yilligiga bag‘ishlangan konferensiyasida «Siyosatshunoslik» kafedrasi s.f.nomzodi, dots, Xayrulla Umarov maruza bilan ishtirok etdi.
   Tojikiston Milliy FA Osiyo va Yevropa mamlakatlarini o‘rganish instituti direktori Y.B.Niyoziyning 2023-yil 26-sentabrdagi 185-son rasmiy xati va O‘zMU rektorining roziligiga asosan, 2023-yil 18-22-oktabr kunlari Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro konferensiyada Siyosatshunoslik kafedrasi professori, s.f.d. B.A.Omonov ishtirok etdi.
   O‘zbekiston Milliy universitetining milliy va xalqaro reytinglardagi mavqeini oshirish maqsadida Ijtimoiy fanlar fakulteti “Siyosatshunoslik” kafedrasi M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetining (QS reytingida 443-o‘rin) dotsenti Majinbekov Saken Aralbayevich hamda dotsent Korganova Saibjamol Sultanovnalar tomonidan 2023-yilning 13-fevralida kafedra o‘qituvchilari va 1,2 kurs talabalari o‘rtasida “Amaliy siyosatshunoslikning dolzarb muammolari”, “Markaziy Osiyoning geosiy manzarasi” mavzusida ilmiy seminar o‘tkazildi.
   Tojikistonda «Sivilizatsionniy dialog Rossii i stran Sentralnoy Azii» mavzusida xalqaro konferensiyasida «Siyosatshunoslik» kafedrasi professor-o‘qituvchilari dots, s.f.dok (DSc) Kamoliddin Mirzaaxmedov va s.f.nomzodi, dots, Xayrulla Umarovlar ishtirok etdilar.
   2024-yilning 26 avgustda Xitoyning Lanchjou universitetida Bir makon bir yo‘l loyihasining 11-yilligiga bag‘ishlangan konferensiyasida «Siyosatshunoslik» kafedrasi s.f.nomzodi, dots, Xayrulla Umarov maruza bilan ishtirok etdi.