Kafedra mudiri

UMAROV XAYRULLA PAYZULLAYEVICH
UMAROV XAYRULLA PAYZULLAYEVICH

Kafedra mudiri

Ilmiy darajasi:

Fan nomzodi, PhD

Ilmiy unvoni:

Dotsent

Qabul kunlari:

Manzil:

Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy

Kafedra tarixi

“Siyosatshunoslik” kafedrasi universitet rektorining 2023-yil 4-sentabrdagi 01-285 sonli buyrug‘i “Siyosatshunoslik” kafedrasi tashkil etilgan. Siyosatshunoslik kafedrasi universitetning asosiy o‘quv-ilmiy bo‘linmalaridan biri bo‘lib, Siyosatshunoslik sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish hamda o‘quv-uslubiy faoliyatni tashkil etish bilan shug‘ullanadi.

Joriy o‘quv yilida Siyosatshunoslik ta’lim yo‘nalishi balaklavriat bosqichida jami 388 nafar talaba, magistratura bosqichida 10 nafar talaba  tahsil olmoqda.

2025/2026 o‘quv yilida Siyosiy fanlar kafedrasi asosiy shtatda jami 14 nafar prof-o‘qituvchilar, 3 ta prof-o‘qituvchilar o‘rindoshlik asosida, ulardan 3 nafar fan doktori va 3 nafar fan nomzodi ilmiy darajasiga ega professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari kafedrada 4 nafar tayanch doktorant, 10 dan ortiq mustaqil izlanuvchi mavjud.

O‘tgan 4 yil davomida kafedra prof-o‘qituvchilari va izlanuvchilari tomonidan 150 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 4 ta darslik, 10 ga yaqin o‘quv qo‘llanma, 8 ta monografiya, 100 dan ortiq mamlakatimiz va xorijiy yetakchi jurnallarda maqolalar chop etilgan.

Bugungi kunda O‘zbekiston respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Adolat sotsial demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi, shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekisto Yoshlar Ittifoqi, viloyat, shahar tuman hokimliklari bilan hamkorlik memorandumlari imzolangan.

Kafedraga hozirgi kunda siyosiy fanlar nomzodi (PhD) X.Umarov mudirlik qilib kelmoqda.

Kafedra tarkibi

ERGASHEV IBADULLA XXX

Ergashev Ibadulla Xxx

Professor

Batafsil
SHERNIYAZOVA GULNARA UTENIYAZOVNA

Sherniyazova Gulnara Uteniyazovna

Dotsent

Batafsil
AMONOV BAXTIYOR AXTAMOVICH

Amonov Baxtiyor Axtamovich

Dotsent

Batafsil
QARSHIYEV NURMUHAMMAD OLIMJONOVICH

Qarshiyev Nurmuhammad Olimjonovich

Dotsent

Batafsil
MIRZAAXMEDOV KAMOLIDDIN MANSURJON O‘G‘LI

Mirzaaxmedov Kamoliddin Mansurjon o‘g‘li

Dotsent

Batafsil
NISHANBAYEVA ENAJON ZARIPBAYEVNA

Nishanbayeva Enajon Zaripbayevna

Dotsent

Batafsil
MIRZAVALIYEV JAVLONBEK AVAZBEKOVICH

Mirzavaliyev Javlonbek Avazbekovich

Katta o‘qituvchi

Batafsil
PARMANOV SOBIR ADILOVICH

Parmanov Sobir Adilovich

Katta o‘qituvchi

Batafsil
ISANOVA GULBAXOR TAXIROVNA

Isanova Gulbaxor Taxirovna

Katta o‘qituvchi

Batafsil
ZOIROVA MALOHAT NURALIYEVNA

Zoirova Malohat Nuraliyevna

Katta o‘qituvchi

Batafsil
RIZAYEVA LOBAR TOSHPULATOVNA

Rizayeva Lobar Toshpulatovna

Assistent

Batafsil
ERKINOV ILXOMJON ELMURODJON O‘G‘LI

Erkinov Ilxomjon Elmurodjon o‘g‘li

Assistent

Batafsil
ASTANOV AXUNJAN RAUBOVICH

Astanov Axunjan Raubovich

Assistent

Batafsil

Ilmiy faoliyat

Siyosiy fanlar kafedrasi ilmiy faoliyati zamonaviy siyosatshunoslikning dolzarb yo‘nalishlarini qamrab olgan holda tizimli ravishda olib boriladi. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan siyosiy nazariya, siyosiy institutlar va jarayonlar, siyosiy yetakchilik va elita masalalari, siyosiy texnologiyalar, siyosiy madaniyat va mafkura, xalqaro munosabatlar hamda geosiyosatning dolzarb muammolari bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.

Kafedraning ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari:

  • siyosiy nazariya va zamonaviy siyosiy konsepsiyalarni rivojlantirish;
  • siyosiy institutlar va boshqaruv tizimini takomillashtirish;
  • davlat boshqaruvi va siyosiy islohotlar jarayonlari;
  • inson huquqlari va demokratik qadriyatlarning siyosiy asoslari;
  • xalqaro munosabatlar va geosiyosiy jarayonlar;
  • siyosiy texnologiyalar, raqamli siyosat va axborot makonida siyosiy jarayonlar.

Ilmiy yutuqlar va natijalar

Kafedra tomonidan so‘nggi yillarda sezilarli ilmiy natijalarga erishildi, jumladan:

Siyosatshunoslik kafedrasi tomonidan so‘nggi yillarda ilmiy-tadqiqot va xalqaro hamkorlik yo‘nalishida muhim yutuqlarga erishildi. Jumladan, “Bir makon – bir yo‘l” tashabbusi doirasida xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Xususan, 2024-yil 26-avgust kuni Xitoyning Lanchjou universitetida ushbu loyiha 11 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada kafedra dotsenti X. Umarov ma’ruza bilan ishtirok etdi. Bu esa kafedraning xalqaro ilmiy maydondagi faolligini namoyon etdi.
Shuningdek, Qozog‘iston Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari rivojlantirilmoqda. Jumladan, L.N. Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti, Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti hamda M. Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetlari bilan ilmiy aloqalar mustahkamlandi.
Kafedra tomonidan ilmiy-uslubiy faoliyat ham izchil rivojlantirilmoqda. Xususan, siyosatshunoslik yo‘nalishi talabalari uchun 100 dona “Geosiyosat atamalar lug‘ati” tayyorlanib, ta’lim jarayoniga joriy etildi. Shuningdek, respublikadagi oliy ta’lim muassasalari uchun kafedrada yaratilgan o‘quv qo‘llanmalar va darsliklarni tarqatish tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Amalga oshirilayotgan mazkur ilmiy va akademik loyihalar natijasida universitetning xalqaro hamkorlik ko‘lami kengayib, uning moliyaviy va ilmiy salohiyati sezilarli darajada oshib bormoqda.Kafedra 2025–2026 o‘quv yilida Pekin (Xitoy) va boshqa xorijiy hamkor OTMlar bilan akademik almashinuv doirasida xorijiy professor-o‘qituvchilarni o‘quv jarayoniga jalb qilish bo‘yicha faol ish olib bordi.
Xususan, Ijtimoiy fanlar akademiyasining tarix fanlari doktori, professor Hou Aijun 2026 yil 29 yanvar kuni Ijtimoiy fanlar fakulteti Siyosatshunoslik yo‘nalishi talabalari bilan davra suhbati o‘tkazdi. Mazkur uchrashuvda Xitoy tashqi siyosati hamda O‘zbekiston bilan iqtisodiy aloqalari haqida muhim ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, Turkiyaning Marmara universiteti professorlari Erxan Dogan va Ibrohim Mazlumlar tomonidan 2026 yil 4–5 fevral kunlari siyosatshunoslik yo‘nalishi 3-bosqich talabalariga ma’ruzalar o‘qildi.
Bundan tashqari, Tojikistonning Akademik B. G‘afurov nomidagi Xo‘jand davlat universiteti (XGU) bilan hamkorlikda akademik mobillik yo‘lga qo‘yildi. Mazkur loyiha doirasida 2 nafar talaba O‘zbekiston Milliy universiteti Siyosatshunoslik yo‘nalishi 3-kurs “A” guruhida tahsil olmoqda.
2025–2026 o‘quv yilida amalga oshirilgan mazkur loyihalar natijasida universitet tashkilotlarining moliyaviy ulushi oshdi va xalqaro hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlandi.

Ilmiy tadbirlar va fotosuratlar

Siyosatshunoslik kafedrasi tomonidan Respublika va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
2025-yil 11-dekabr kuni “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi yoshlarning siyosiy tafakkuri va bahs-munozara madaniyatini rivojlantirish maqsadida “Siyosat maydoni” intellektual ko‘rik-tanlovi navbatdagi mavsumi o‘tkazildi Mazkur tanlov ikki bosqichda, tashkil etildi.
2025-yil 21-oktyabr O‘zbekiston Milliy universiteti “Siyosatshunoslik” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari o‘rtasida “Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati” mavzusidagi talabalarning imitatsiyalashgan “BMT-moduli” tashkil etildi.
Kafedra faoliyatida ilmiy seminarlar, davra suhbatlari, ochiq ma’ruzalar va konferensiyalar muntazam o‘tkazib boriladi. Ushbu tadbirlar ilmiy muhitni rivojlantirish va akademik almashinuvni kuchaytirishda muhim o‘rin tutadi.

Doktorantura ixtisosliklari:

  • 23.00.01 – Siyosat nazariyasi va falsafasi. Siyosiy ta’limotlar tarixi va metodologiyasi.
  • Tayanch doktorantlar
    • Axmadaliyeva Sevinch
    • Sharipova Dildora 
  • 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar
  • Tayanch doktorantlar
    • Abduraufov Jaloliddin
    • Zoirova Moxira 

Mustaqil izlanuvchilar

  • Djurayev Nurmurod Abduyusupovich
  • Xasanov Miralisher Mirsaid  o‘g‘li
  • Karjanov Axror Rustamovich
  • Axmedova Sarvinoz Shokirovna
  • Uzoqov Ilhom Shoniyoz o‘g‘li
  • Haydarov Obid Erkinovich
  • Abdukarimov Ismoilxon Tohirxon o‘g‘li
  • Mamadaliyeva Taxmina Toxirjon qizini
  • Musadjanova Dilobar Abduvaxidovna
  • Urazov Abrorbek Mamirjonovich

Xalqaro hamkorlik

Kafedrada xorijlik professor-o‘qituvchilarni taklif etgan holda uslubiy
va amaliy seminarlar faol o‘tkazilmoqda.

  • 2026-yil 29-yanvarkuni O‘zbekiston Milliy universiteti “Siyosatshunoslik” yo‘nalishining 3-bosqich talabalari bilan Xitoydan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar  uchrashuvi o‘tkazildi. Mehmonlar Xitoy tashqi siyosati,  O‘zbekiston bilan iqtisodiy aloqalari haqida muzokara olib bordilar. Shundan so‘ng, talabalarni qiziqtiran savollarga javob tarzida dars jarayoni
  • 2026-yil 5-fevral kuni “Siyosatshunoslik” kafedrasiga Turkiyaning Marmara universitetidan kelgan professorlar Erxan Dog‘an va Ibrohim Mazlum siyosatshunos talabalarga fakultetning 216 auditoriyasida Turkiya tashqi siyosati, Markaziy Osiyoda suv siyosati mavzularida ma’ruza o‘qidilar. Dars so‘ngida qiziqarli savollarga batafsil javoblar berildi.
  • 2025-yil 11-noyabr kuniN.Gumilev nomidagi Yevrosiyo milliy universitetidan Siyesatshunoslik yo‘nalishi prof.o‘qituvchilari va magistrlari kafedraga tashrif buyurishdi. Qozog‘istonlik professor-o‘qituvchilar talabalarimizga Markaziy Osiyodagi geosiyosiy jarayonlar haqida ma’ruza o‘qishdi. Qozog‘istonlik hamkasblar O‘zMUga tashrifi natijasida xalqaro aloqalar yanada mustahkamlanadi.