“Siyosatshunoslik” kafedrasi universitet rektorining 2023-yil 4-sentabrdagi 01-285 sonli buyrug‘i “Siyosatshunoslik” kafedrasi tashkil etilgan. Siyosatshunoslik kafedrasi universitetning asosiy o‘quv-ilmiy bo‘linmalaridan biri bo‘lib, Siyosatshunoslik sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish hamda o‘quv-uslubiy faoliyatni tashkil etish bilan shug‘ullanadi.
Joriy o‘quv yilida Siyosatshunoslik ta’lim yo‘nalishi balaklavriat bosqichida jami 388 nafar talaba, magistratura bosqichida 10 nafar talaba tahsil olmoqda.
2025/2026 o‘quv yilida Siyosiy fanlar kafedrasi asosiy shtatda jami 14 nafar prof-o‘qituvchilar, 3 ta prof-o‘qituvchilar o‘rindoshlik asosida, ulardan 3 nafar fan doktori va 3 nafar fan nomzodi ilmiy darajasiga ega professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari kafedrada 4 nafar tayanch doktorant, 10 dan ortiq mustaqil izlanuvchi mavjud.
O‘tgan 4 yil davomida kafedra prof-o‘qituvchilari va izlanuvchilari tomonidan 150 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 4 ta darslik, 10 ga yaqin o‘quv qo‘llanma, 8 ta monografiya, 100 dan ortiq mamlakatimiz va xorijiy yetakchi jurnallarda maqolalar chop etilgan.
Bugungi kunda O‘zbekiston respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Oʻzbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi, shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekisto Yoshlar Ittifoqi, viloyat, shahar tuman hokimliklari bilan hamkorlik memorandumlari imzolangan.
Kafedraga hozirgi kunda siyosiy fanlar nomzodi (PhD) X.Umarov mudirlik qilib kelmoqda.