Ilmiy faoliyat
Sotsiologiya kafedrasining ilmiy faoliyati zamonaviy ijtimoiy jarayonlarni chuqur tahlil qilish, ilmiy asoslangan xulosalar ishlab chiqish hamda amaliyotga yo‘naltirilgan tadqiqotlar olib borishga qaratilgan. Kafedra mamlakatimizda sotsiologiya fanining rivojlanishida yetakchi ilmiy markazlardan biri sifatida shakllangan.
Ilmiy salohiyat va kadrlar tayyorlash
Kafedra tashkil etilganidan buyon:
- 1200 dan ortiq bakalavr,
- 100 dan ortiq magistr tayyorlangan;
- 9 nafar fan doktori (DSc) va
- 15 dan ortiq fan nomzodlari (PhD)
Bugungi kunda kafedrada:
- 6 nafar fan doktori (DSc),
- 6 nafar fan nomzodlari (PhD) faoliyat yuritmoqda.
Yosh ilmiy kadrlarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratilib, hozirda 10 ga yaqin doktorlik dissertatsiyalari ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
So‘nggi yillarda kafedra tadqiqotchilari tomonidan bir qator ilmiy darajalar muvaffaqiyatli himoya qilinib, ilmiy maktab yanada mustahkamlandi.
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ustuvor yo‘nalishlariga mos ravishda amalga oshiriladi.
Asosiy ilmiy yo‘nalish:
- “Zamonaviy sotsiologiya fanining dolzarb muammolari”
Shuningdek, kafedra tomonidan:
- ta’lim tizimini rivojlantirish va prognozlash;
- ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish;
- jamiyatda yuz berayotgan transformatsion jarayonlarni o‘rganish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Ilmiy natijalar va nashrlar
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan:
- 300 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan;
- qator monografiyalar va ilmiy qo‘llanmalar nashr etilgan;
- ilmiy ishlanmalar muntazam ravishda amaliyotga joriy etilmoqda.
Kafedra qoshida OAK tomonidan tavsiya etilgan “Ijtimoiy tadqiqotlar” elektron ilmiy jurnali faoliyat yuritadi. Jurnal yiliga bir necha marotaba nashr etilib, respublika miqyosidagi muhim ilmiy platforma sifatida xizmat qilmoqda.
Ilmiy loyihalar va amaliy tadqiqotlar
Kafedra professor-o‘qituvchilari davlat va nodavlat tashkilotlar buyurtmalari asosida sotsiologik tadqiqotlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Jumladan:
- 2018-2020-yillarda PZ-2017093020 davlat ilmiy loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi;
- ta’lim tizimini rivojlantirish va prognozlash bo‘yicha kompleks ilmiy dasturlar ishlab chiqildi.
Konferensiyalar va ilmiy muhit
Kafedra tashabbusi bilan:
- 20 dan ortiq respublika va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etildi;
- ilmiy natijalar muntazam ravishda xalqaro va milliy ilmiy maydonlarda aprobatsiya qilinmoqda;
- har yili “Zamonaviy sotsiologiyaning dolzarb muammolari” mavzusida ilmiy to‘plamlar nashr etilmoqda.
Xalqaro hamkorlik
Kafedra xalqaro ilmiy aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Kafedra mudiri dotsent E.X. Zaitov hamda professor-o‘qituvchilar:
- Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston sotsiologlari assotsiatsiyalari;
- Yevroosiyo sotsiologlari assotsiatsiyasi
bilan ilmiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.
Kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston sotsiologlari assotsiatsiyasi a’zolari hisoblanadi.
Ilmiy nufuz
Kafedra professor-o‘qituvchilari respublika ilmiy hayotida faol ishtirok etib, OAK ro‘yxatiga kiritilgan ilmiy jurnallar tahrir hay’atlarida faoliyat yuritmoqda.
Bu esa kafedraning ilmiy salohiyati va nufuzi yuqori darajada ekanligini yaqqol namoyon etadi.
Xalqaro hamkorlik
Kafedra xalqaro hamkorlikni izchil rivojlantirish maqsadida qator nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan samarali aloqalarni yo’lga qo’ygan. Jumladan, Al-Farobiy Qozoq Milliy universiteti, L.N. Gumilyov nomidagi Yevrosiyo Milliy universiteti, M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti, Qozog‘iston Qizlar Milliy universiteti, Qozon Federal universiteti, Yusuf Bolasog‘un nomidagi Qirg‘iz Milliy universiteti, Tojikiston Milliy universiteti, EGE universiteti hamda Marmara universiteti kabi etakchi universitetlar bilan hamkorlik munosabatlari amalga oshirilmoqda.
Ushbu hamkorlik aloqalari doirasida akademik almashinuv dasturlari yo’lga qo’yilgan, qo’shma ilmiy tadqiqotlar olib borilgan va zamonaviy ta’lim loyihalari amalga oshirilgan. Bu esa kafedraning xalqaro maydondagi ilmiy nufuzini oshirishga va ta’lim sifatini yangi bosqichga ko’tarishga xizmat qilgan. SHu bilan birga, kafedra tashabbusi bilan xalqaro ilmiy hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida xorijiy olimlar ishtirokida turli formatdagi ilmiy tadbirlar muntazam ravishda tashkil etilgan. Xususan, xalqaro konferensiyalar, ilmiy seminarlar va davra suhbatlari o’tkazilib, ular doirasida zamonaviy ilmiy yo’nalishlar, dolzarb ijtimoiy muammolar va tadqiqot natijalari muhokama qilingan. Mazkur tadbirlar ilmiy tajriba almashish, yangi g’oya va yondashuvlarni shakllantirish, shuningdek, yosh tadqiqotchilarning ilmiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etgan.
2025 yil davomida kafedra professor-o’qituvchilari va magistrantlari ishtirokida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ilmiy-ta’limiy tajriba almashish hamda akademik mobillikni rivojlantirish borasida qator muhim ishlar amalga oshirildi. Mazkur faoliyatlar O’zbekiston Milliy universitetining tegishli buyruqlari asosida tizimli ravishda tashkil etildi. Jumladan, kafedraning 2 nafar dosenti – E. Zaitov va F. Axmedova Yusuf Bolasog‘un nomidagi Qirg’iz milliy universiteti bilan hamkorlikda 144 soatlik malaka oshirish va tajriba almashish stajirovkasini muvaffaqiyatli o’tadilar. Ushbu stajirovka doirasida ilg’or pedagogik texnologiyalar, ta’lim jarayonini modernizasiya qilish hamda ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish bo’yicha muhim tajribalar o’zlashtirildi.
https://youtube.com/watch?v=6Qre7ZQmVuQ&si=nSMXTCHTcesM8gJy
Shuningdek, kafedraning 4 nafar professor-o’qituvchilari – prof. N.Aliqoriyev, X.Xolbekov, dos. A.Aliqoriyeva va U.Sabirova Al-Farobiy nomidagi Qozog’iston Milliy universitetiga tashrif buyurib, ma’ruzalar o’qidilar hamda stajirovkada ishtirok etdilar. Mazkur tashrif ilmiy-akademik hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Bundan tashqari, 3 nafar professor-o’qituvchi – prof. v.b. X.Xusanova, E.Zaitov va F.Axmedova L.N.Gumelev nomidagi Evroosiyo milliy universitetiga tashrif buyurib, ma’ruzalar o’qidilar va stajirovka faoliyatini amalga oshirdilar. https://fjps.enu.kz/ru/news/4427
Akademik mobillik doirasida talabalar almashinuvi ham faol tashkil etildi. Jumladan, 6 nafar magistrant Yusuf Bolasog‘un nomidagi Qirg’iz milliy universitetiga ta’lim olish uchun yuborildi. Shu bilan birga, mazkur universitetdan 4 nafar magistrant O’zbekiston Milliy universitetiga qabul qilindi. Qo’shimcha ravishda, yana 4 nafar magistrant ushbu universitetdan akademik mobillik doirasida tashrif buyurdilar. Shuningdek, Qozoq Milliy pedagogika universitetidan 1 nafar magistrant O’zbekiston Milliy universitetida ta’lim oldi.
Professor-o’qituvchilarning kiruvchi akademik mobilligi ham yuqori darajada ta’minlandi. Xususan, L.N.Gumelev nomidagi Evroosiyo milliy universitetidan 3 nafar hamda M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog’iston davlat universitetidan 2 nafar professor-o’qituvchi 2025 yil 18 fevralda O’zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdilar.
Keyingi bosqichda, 2025 yil 9 aprel holatiga ko’ra, L.N.Gumelev nomidagi Evroosiyo milliy universitetidan 4 nafar, Yusuf Bolasog‘un nomidagi Qirg’iz milliy universitetidan 5 nafar hamda qo’shimcha 1 nafar professor-o’qituvchi akademik mobillik doirasida O’zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdilar. Bundan tashqari, 2025 yil 18 fevralda Yusuf Bolasog‘un nomidagi Qirg’iz milliy universitetidan 3 nafar va Dushanbe Davlat universitetidan 2 nafar professor-o’qituvchi tashrif buyurdilar. Shuningdek, Dushanbe Davlat universitetidan 1 nafar professor-o’qituvchi hamda L.N.Gumelev nomidagi Evroosiyo milliy universitetidan 1 nafar dosent akademik mobillik doirasida tashrif buyurdi.
Kafedra xalqaro hamkorlik doirasida ilmiy-tadqiqot va ta’lim faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan ustuvor yo’nalishlarda faol ish olib bordi. Xususan, Scopus va Web of Science kabi nufuzli xalqaro ilmiy bazalarda qo’shma ilmiy maqolalarni nashr etishga alohida e’tibor qaratildi. Bu orqali kafedra professor-o’qituvchilari va tadqiqotchilarining xalqaro ilmiy maydondagi faolligi va iqtidori namoyon etildi.
Shu bilan birga, kafedra xalqaro grantlar va ilmiy loyihalarda ishtirok etish orqali ilmiy hamkorlikni mustahkamladi va yangi tadqiqot yo’nalishlarini rivojlantirishga hissa qo’shdi. Akademik mobillik dasturlari izchil ravishda kengaytirilib, professor-o’qituvchilar va talabalarning xorijiy universitetlarda tajriba orttirish imkoniyatlari oshirildi.
Ayni vaqtda, yosh olimlarni qo’llab-quvvatlash va ularni xalqaro ilmiy maydonga olib chiqish masalasiga ham alohida ahamiyat qaratildi. Ular xalqaro konferensiyalar, seminarlar va qo’shma tadqiqotlarda faol ishtirok etib, zamonaviy ilmiy muhitga integrasiyalashish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Ushbu yo’nalishlarda amalga oshirilgan ishlar kafedraning ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va ta’lim sifatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etdi. https://youtube.com/watch?v=X1cpL3zoNlc&si=jCbJ_wNIcZbGm3FP
Sotsiologiya kafedrasi tomonidan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar o’tkazib kelinmoqda.
“Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya materiallar to‘plami (Toshkent sh., 25-may 2023.) / mas’ul muh. A.J. Kholbekov – Toshkent: O‘zMU, 2023. – 310 b.
Batafsil: https://new.nuu.uz/konferensiya-toplamlari/
2025-yil 24-sentabr kuni Sirdaryo viloyati Xovos tumani hokimligi hamkorligida “Xovos-tarixiy izlar,qadriyatlar va yangi imkoniyatlar maskani” shiori ostida ta’lim va turizm forumi o’tkazildi.
Batafsil: https://nuu.uz/ru/xovos-tarixiy-izlar-qadriyatlar-va-yangi-imkoniyatlar-maskani/
2025-yil 7-noyabr kuni fakultetlar o’rtasida “Teatr studiyalari” tanlovi o’tkazildi.
Batafsil: https://nuu.uz/ru/ozbekiston-milliy-universitetida-fakultetlar-ortasida-teatr-studiyalari-tanlovi-otkazildi/
2026-yil 11-fevral kuni talabalar turar joylarida davlat arboblari-Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud sanalari munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
Batafsil: https://nuu.uz/ru/alisher-navoiy-va-zahiriddin-muhammad-bobur-tavallud-sanasiga-bagishlangan-manaviy-marifiy-tadbirlar-otkazilmoqda/
2026-yilning 12-mart kuni “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Batafsil: https://nuu.uz/ru/bitiruvchilar-bandligi-ustuvor-vazifa-ozbekiston-milliy-universitetida-karyera-kuni-mehnat-yarmarkasi/
2026-yilning 30-mart kuni “Xovos-madaniyatlar chorrahasi” shiori ostida xalqaro talaba-yoshlar turizm festivali o’tkazildi.
Batafsil: https://nuu.uz/xovos-madaniyatlar-chorrahasi-shiori-ostida-xalqaro-talaba-yoshlar-turizm-festivali-bolib-otdi/
2026-yilning 31-mart kuni “Navro’zni ulug’lash-insonni ulug’lash” shiori ostida keng ko’lamli milliy qadriyatlar sayli o’tkazildi.
Batafsil: https://nuu.uz/navrozni-uluglash-insonni-uluglash/
Kafedra faoliyatida ilmiy seminarlar, davra suhbatlari, ochiq ma’ruzalar va konferensiyalar muntazam o‘tkazib boriladi. Ushbu tadbirlar ilmiy muhitni rivojlantirish va akademik almashinuvni kuchaytirishda muhim o‘rin tutadi.