Tabiiy birikmalar kimyosi kafedrasi 1946 yilda kimyo fanlari doktori O.S.Sodiqov tashabbusi bilan tashkil etilgan. 1956 yilda o‘simlik dunyosini yanada kengroq o‘rganish maqsadida kafedra qoshida Tabiiy birikmalar kimyosi muammolari ilmiy laboratoriyasi tashkil etilgan.
Kafedrani 1946-1972 yillarda – akad. Obid Sodiqovich Sodiqov; 1972-1980 yillarda – prof. O.S. Otroshenko; 1981-1985 va 1988-1992 yillarda – prof. X. Aslanov; 1985-1988 yillarda – dots. T.K. YUnusov; 1992-1998 yillarda – prof. S. A. Auelbekov; 1998-2004 yillarda – akad. SH.I.Salixov; 2004-2005 yillarda – prof. A.O.Sodiqov; 2005-2012 yillarda – prof. D.N.Dalimov; 2012-2013 yillarda – dots. A.X.Xaitboev; 2013-2019 yillarda dots. S.A.Maulyanovlar boshqardilar, 2019 yildan xozirgacha k.f.d., prof.Boboev B.N rahbarlik qilmoqda.
Hozirgi kunda kafedrada 5140500-Kimyo (bakalavr) va 5141800-Tabiiy fiziologik faol birikmalar kimyosi yo‘nalishlari bo‘yicha 10 ta fandan va 5A140501-Kimyo (Bioorganik kimyo), 5A140502-Radiokimyo magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 8 ta fandan saboq berib kelinadi. Bu fanlarning talabalarga etkazilishida kafedraning prof.Boboev B.N., prof.Dalimova G.N., dots. XamidovaG.R., dots. Maulyanov S.A. dots.SH.YA.Mirzaaxmedov, dots.A.G.Eshimbetovlar bilan bir qatorda O‘zR FA institutlari xodimlari prof.SHerimbetov S., prof Qurbonov B., prof.Botirov E., k.f.n. Xo‘jaev S., YUldashev X., PhD YOrmatov B., Berdiev N. va yosh o‘qituvchilar PhD Eshbekov A., doktorantlar Sarabekov A., Mustafaeva D., magistrlar Bayxanova N., Siddiqova S.ham faol ish olib bormoqdalar.
Kafedra yo‘nalishidagi fanlardan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun “Lagochilus avlodiga mansub o‘simliklar kimyosi, biologiyasi va fiziologik xossalari” monografiyasi va qator uslubiy qo‘llanmalar chop etildi, “Uglevodlar va lipidlar kimyosiga kirish” o‘quv qo‘llanmasini chop etishga ruxsat berildi. YAngi o‘quv yiliga “Bioorganik kimyo”darsligi, “Kimyo o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmalari yaratiladi. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi talabalari yangi avlod o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlanib boryaptilar.
Kafedra ilmiy yo‘nalishi O‘zbekistonda o‘sadigan dorivor o‘simliklarni tadqiq qilish, ulardan biologik faol birikmalarni ajratib olish, modifikatsiyalash va biologik faolligini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, buyo‘nalishdagiishlar davlat ilmiy loyihalari va FA institutlari bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Ohiri vaqtlarda olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida Inebrin dori vositasi allergiyaga qarshi va qon to‘xtatuvchi vosita sifatida tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun O‘zR SSV Farmakologik qumitasi tomonidan tibbiyot amaliyotga qo‘llash uchun ruxsatnoma olindi.
Kafedra ilmiy yo‘nalishining dolzarbligini e’tiborga olib hamda kafedra tashkil etilganligining 75 yilligi munosabati bilan 2021 yil 27 mayda Tabiiy birikmalar kimyosi “O‘zbekistonda tabiiy birikmalar kimyosining rivoji va kelajagi” mavzusida chet el olimlari ishtirokida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.
Mustaqillik yillarida kafedra professor-o‘qituvchilari rahbarligida 18 ta fan nomzodi (PhD) va 10 ta fan doktori (DSc) tayyorlandi.
Kafedrada ohirgi yillarda ilmiy ishlari bo‘yicha quyidagi ilmiy loyihalari bajarilgan: OT-A-10-2 – Ayrim alkaloidlar asosida teri rakiga qarshi dori vosita yaratish va olish texnologiyasini ishlab chiqish (ilmiy rahbar Maulyanov S.A.)
YOA-11-3 – maxalliy xomashyo asosida antioksidant xususiyatlarga ega bo‘lgan yangi samarali vositalar ishlab chiqish.(ilmiy rahbar Berdiev N.)
YOA-11-4 – Maxalliy xom ashyo asosida gemostatik kollagen plenka olish texnologiyasini ishlab chiqish (ilmiy rahbar SHerimbetov S.G.)
PZ-2017102419 – Pektinning kaliy, magniy, temirli tuzlarini olish usullarini ishlab chiqish (ilmiy rahbar Eshbekov A.E.)
OT-F7-61 “Geterotsiklik birikmalarning yangi hosilalari; sintezi, tuzilishi va biologik xossalari” (ilmiy rahbar Boboev B.N.)
Xorijiy tashkilotlar bilan ham hozirgi kunda hamkorlik aloqalari o‘rnatish ishlari olib borilmoqda, xususan, Rossiyaning Surgut davlat universiteti, Al Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universiteti va hozirgi kunda kafedramizning bir qancha bitiruvchilari magistraturada tahsil olayotgan XXR FA SHinjon fizika va texnika instituti va SHanxay Materiya va medika institutlari bilan aloqalar o‘rnatilmoqda.
Tabiiy birikmalar va amaliy kimyo
Kafedra mudiri
TOSHOV HAMZA SAYIDMURODOVICH
Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi:
Fan nomzodi, PhD
Ilmiy unvoni:
Dotsent
Qabul kunlari:
Manzil:
Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
Kafedra tarixi
Kafedra tarkibi
Ilmiy faoliyat
Oʻzbekistonda oʻsadigan oʻsimliklardan tabiiy biologik faol birikmalarni ajratib olish, In Silico tahlili, kvant-kimyoviy hisoblari, tuzilishini tadqiq qilish, modifikasiyalash, ta’sir mexanizmini oʻrganish hamda tibbiyot va qishloq xoʻjaligi uchun dori vositalari yaratish. Shuningdek kafedrada, xromatografik tahlil usullari, fizikafiy tadqiqot usullari, kimyoda kompyuter modellashtirish orqali maqsadli sintezni amalga oshirish ishlari izchil yoʻlga qoʻyilgan.
Bu boradagi kafedra professor-o‘qituvchilarining so‘ngi yillardagi ilmiy izlanishlari nataijalari, dunyoning nufuzli ilmiy jurnallarida o‘z aksini topgan:
- Khaitbaev A.K.,Toshov H.S,Enriko Benassi. Relationship between structural properties and biological activity of (-)-menthol and some menthyl esters. Computational Biology and Chemistry. Volume 115, April 2025, 108357. https://doi.org/10.1016/j.compbiolchem.2025.108357
- Ganiyeva I., Khaitbaev A.K., Hudoynazarov I.A. Shokirov M.
Jalilov M., Yuldashev I. In silico Anti-Inflammatory Potential, ADMET Pharmacokinetics and Isolation of 1,8-Cineole from Rosmarinus officinalis // December 2025Biomedical & Pharmacology Journal 4(18):3186. DOI:https://dx.doi.org/10.13005/bpj/3327 - Dilshod Mansurov, Nozima Khabibullaeva, Alisher Khaitbaev, Ziyovuddin Khakimov, Alisher Rakhmanov, Elvira Vidović,Enrico Benassi. Bioactive composite based on chitosan obtained from the exoskeleton of dead Apis mellifera and selenium nanoparticles for accelerated skin wound healing: Synthesis, characterisation and in vivo assessment // International Journal of Biological Macromolecules. Volume 331, Part 2, November 2025, 148334 https://doi.org/10.1016/j.ijbiomac.2025.148334
- A.M. Asrorov, K.A. Ubaydullaeva, M.S. Ayubov, A. N. Abdullaev, Z. Bashirkhonov, S.A. Abdullaev, A. A. Bolkiev, F.I. Babadjanova, N. Mukhamedov, I.A. Hudoynazarov, K. Kuldoshova, B. Abdusattarov, Z. T. Buriev Salicylic acid in cotton plant resistance to biotic and abiotic factors. Plant Breeding and Biotechnology. 2025 .13.265-275 pp. https://doi.org/10.9787/PBB.2025.13.265
- Mirzaevaa, B. Iriskulova, A. M. Asrorov, I.A. Hudoynazarov, M.
Norbekova, R. Tadjibayeva, A. Mirzaev Association of Obesity with Premenopausal Breast Cancer: Analyzing Molecular Subtypes. Arch Breast Cancer. 2025; Vol. 12, No. 4: 481-493 pp. http://dx.doi.org/10.32768/abc.2022512-1446.N. - Madusmanova, Z. Smanova, Z. Yakhshieva, A. Yangibayev,
I. Hudoynazarov, Sh. Yangibayev, O. Ahmadjonov,
Khamidova G., B. Babaev, Enrico Benassi; Determination of Mn(II) ions in soil samples by means of a sensitive sorption-spectroscopic method. Talanta. Volume 297, Part B, 1 January 2026, 128770 https://doi.org/10.1016/j.talanta.2025.128770. - Shakirzyanova G., Izotova L., Eshimbetov A., Kholbekov O., Babaev B., Togaev U., Ibragimov B. Synthesis and structural investigation of new derivate of 5-mercapto-3-phenyl-1,3,4-thiadiazol-2-thione // New materials, compounds and applications. 2025. Vol.9. No.3. p.585-600 Https://doi.org/10.62476/nmca.93585 Q4
- Turageldiev Sh., Jololiddinov F., Babaev B. Synthesis, antibacterial, and antioxidant activity of novel 1,3,4-thiadiazole derivatives // The Austrian Journal of Technical and Natural Sciences. 2025. No 11 – 12. P.57-62
- Tashpulatov Y.Sh., Sarabekov A.T., Khasanov N.S., Valiyev Sh.A., Khujanov A.N. Chemical composition of Helichrysum maracandicum popov ex kirp. in the condition in vitro cultivated // E3S Web of Conferences 538, 03018 (2024). IPFA 2024. P. 1-9.
- Sarabekov A.T. Helichrysum maracandicum, Helichrysum nuratavicum va Helichrysum mussae oʻsimliklarining kimyoviy tadqiqi. Monografiya. “FER-TEACH” MCHJ. Toshkent-2025. –B. 138.
- Toshov H.S., Anvarbekova V.A., Jalilov M.K., To’laganova F., Siddiqova S. Gossipolning 2,5-dimerkapto-1,3,4-tiadiazolni etilendiaminli kompleksi bilan shiff asosi va Ni2+ metall tuzi bilan metall kompleksining molekulyar dokinggi // Development of science Journal.- Fevral 2026. Vol. 5(2). p. 38-43.
- Хаитбаев А.Х., Тошов Х.С. Госсипол и его производные. Монография. ООО «РУСАЙНС», ISBN 978-5-466-07402-4. Москва 2026. 130-c.
- M.E.Ziyadullaev, Sh.Sh.Tursunov, A.B.Parmanov, S.E.Nurmanov, J.U.Abdullaev, S.S.Abduraxmanova, Kh.S.Toshov, F.J.Abduxaliqov, G.S.Khudiyarova, Kh.B. Musaev // Efficient synthesis of N-phenylbenzamides via amidation of vinyl esters of aromatic carboxylic acids with aniline // Chemical problems. -2025.
- Goyibnazarov I., Yarmatov S., Kholturayev B., Eshchanov K., Khasanova F., Sapaev I., Yuldoshov Sh, Sarymsakov A., Toshov K. Physico-chemical Properties of Silk Sericin Extracted by Hydrothermal Treatment //The Protein Journal. Volume 45, pages 409–421. 2026.
- 15M.E. Ziyadullaev, Sh.Sh. Tursunov, A.B. Parmanov, S.E. Nurmanov, J.U. Abdullaev, S.S. Abduraxmanova, Kh.S. Toshov, F.J. Abduxaliqov, G.S. Khudiyarova, Kh.B. Musaev. Efficient synthesis of n-phenylbenzamides via amidation of vinyl esters of aromatic carboxylic acids with aniline. Chemical Problems; 2026; V. 24(4); p. 591-598
- Umarbek Matchanov, Khulkar Saydullaeva, Rakhmat Esanov, Fotima Sobirova, Bobur Raxmonov, Quzijon Baratov, Nigora Tagayalieva, Alimjan Matchanov, Alisher Eshimbetov, Togaev Ulugbek. PREPARATION AND BIOLOGICAL ACTIVITY OF MOLECULAR COMPLEXES BASED ON SECONDARY METABOLITES OF Glycyrrhiza glabra L. AND Sophora japonica L. New Materials, Compounds and Applications. ISSN: 25217194. Volume:10. Issue: 1. Pages: 121 – 137.
Xalqaro hamkorlik
Bugungi kunda kafedrada faoliyat olib borayotgan professor- o‘qituvchilar dunyoning yetakchi oliygohlar bilan yaqin ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Jumladan, O‘zbekiston Milliy universiteti Kimyo fakulteti va Zagreb universitetining (Xorvatiya) Kimyo muhandisligi va texnologiyasi fakulteti bilan memorandum imzolandi. (Zagreb universitetida kafedraning 2-bosqich tayanch doktoranti Xabibullaeva Nozima Fazliddin qizi 11.09.2022 y.dan 09.11.2022 y.gacha ilmiy izlanishlar olib bordi). Bundan tashqari Ispaniyaning Saragosa Universiteti, Hindistonning Dehli Universiteti (kafedra katta o‘qituvchisi Togaev Ulug‘bek Raxmonqulovich Saragosa Universitetida 09.09.2022 y.dan 01.12. 2022 y.gacha, Dehli Universitetida 2022 yilning may oyida ilmiy izlanishlar olib bordi), Gollandiyaning Vageningen Universiteti va Zagreb universitetining (Xorvatiya) Kimyo muxandisligi va texnologiyasi fakulteti bilan memorandumlar imzolandi (dotsent Xudoynazarov Ilyos Аbdurasulovich Gollandiyaning Vageningen Universiteti 02.12.2022.y.dan 28.02.2023 y. gacha; Zagreb universiteti 06.04.2025 y.dan 12.04.2025 y.gacha).
Tabiiy birikmalar va amaliy kimyo kafedrasida dunyo universitetlarining top 1000 taligiga kiruvchi oliygohlardan 5 ta professor jalb qilingan bo‘lib, ular bitiruvchi kurs talabalariga o‘z bilimlarini ulashib kelmoqda. Jumladan, Xorvatiyaning Zagreb Universiteti ( QS reyting 801-o‘rinda, THE reyting 529- o‘rinda) Kimyoviy muhandislik va texnologiyasi fakulteti professori Ante Jukic (h-indeks 15) va professor Elvira Vidovic (h-indeks 10) larni 2023 yilning 4 sentabrdan 25 noyabr kuniga qadar 4-kurs (rus) kimyo yo‘nalishi talabalari uchun “Fizik tadqiqot usullari” va “Xromotografik taxlil usullari” fanlaridan mustaqil ta’lim soatlari doirasida jamoatchilik asosida (12 soat) ma’ruza o‘tishga taklif etildi. Rossiya Federatsiyasi Tomsk Davlat universiteti (QS reyting 431-o‘rinda, THE reyting 326- o‘rinda) dotsenti Аleksandr Buzaev Аleksandrovich (h-indeks 6) ni 2024 yilning 4 oktabrdan 25 dekabr kuniga qadar 4-kurs “Mahsulotlarning kimyoviy analizi” yo‘nalishi talabalari uchun “Kimyoda kompyuter modellashtirish” fanidan mustaqil ta’lim soatlari doirasida jamoatchilik asosida (12 soat), Italiyaning Modena universiteti (QS reyting 641-o‘rinda, THE reyting 421- o‘rinda, h-indeks 21) professori Benassi Enrikoni 2024 yilning 1 martdan 25 may kuniga qadar 3-kurs (uzbek, rus) kimyo va Neft va gaz yo‘nalishlari talabalari uchun “Kimyoda kompyuter modellashtirish” fanidan mustaqil ta’lim soatlari doirasida jamoatchilik asosida (12 soat), Gollandiyaning Vageningen universiteti (QS reyting 151-o‘rinda, THE reyting 64- o‘rinda) professori Han Zuilhof (h-indeks 68) ni 2024 yilning 2 oktabrdan 26 dekabr kuniga qadar 4-kurs (rus) kimyo yo‘nalishi talabalari uchun “Fizik tadqiqot usullari” fanidan mustaqil ta’lim soatlari doirasida jamoatchilik asosida (12 soat) ma’ruzalar o‘qishga taklif etilgan.
Xitoyning Nankai universiteti (QS reyting 355-o‘rinda, THE reyting 251-300- o‘rinda, h-indeks 20) professori Imshik Lee ni 2026 yilning 10 fevraldan 30-aprel kuniga qadar 1-kurs magistratura (kimyo mutaxassisligi, kechki) talabalari uchun 12 soat mustaqil ta’lim soatlari doirasida jamoatchilik asosida onlayn va oflayn shaklda “Kimyoda zamonaviy kompyuter modellashtirish usullari” fanidan ma’ruzalar o‘qishga taklif etilgan.
Portugaliyaning Porto universiteti (QS reyting 301-350 – o‘rinda, THE reyting 401–500 -o‘rinda) Farmatsevtika fakulteti (h-indeksi 35) professori Maria Da Cancecao Branco Da Silvani 2026 yilning 10 fevraldan 30 aprel kuniga qadar 3-kurs (rus) kimyo yo‘nalishi talabalari uchun 12 soat “Yashil va barqaror kimyo” fanidan mustaqil ta’lim soatlari doirasida jamoatchilik asosida onlayn va oflayn shaklda ma’ruzalar o’qishga taklif etilgan.
Bugungi kunda jahonning yetakchi Oliy ta’lim muassasalari qoshidagi ilmiy laboratoriyalarda va ilmiy yo‘nalishga ixtisoslashgan ilmiy tekshirish institutlarida yo‘naltirilgan sintezga ixtisoslashgan laboratoriyalar ish olib bormoqda (Top -20 talik ro‘yxat ilova qilinadi). Bu laboratoriyalarda birikmalarning biologik faolliklari oldindan o‘rganiladi va sintez bilan shug‘ullanayotgan va moddani farmakologik tekshiruvini amalga oshiradigan xodimlarga aniq yo‘nalish belgilab beriladi. Biroq yangi sintez qilingan fiziologik faol moddani tuzilishini uning biologik faolligiga bog‘liqligini o‘rganish talab etiladi. Buning uchun yangi modda bilan bir nechta bosqichli tadqiqotlar olib borilishi kerak. “Fundamentals of computational Modeling in Chemistry” kabi ilmiy markazlar esa moddaning tuzilishini va uning biologik faolligini aniqlashda ortiqcha reagentlar sarfisiz, olimning birikmani tadqiq qilishga ketadigan uzoq vaqti, birikmaning amaliyotga tadbiq qilish bilan bog‘liq ortiqcha xarajatlarni oldini olishga xizmat qiladi.
Kimyo fakultetida barcha bakalavr yo‘nalishlariga va magistratura mutaxassisliklariga “Kimyoda kompyuter modellashtirish” fani o‘qitiladi. Shu fan doirasida yuqorida bayon qilingan tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish, bakalavr va magistr talabalarini hozirgi zamonning raqobatbardosh kadrlari qilib tarbiyalashimizda zamonaviy dasturlar jamlanmasi hamda bu dasturlarda qilingan hisob-kitoblar tugallangan holida bo‘lishi uchun zamonaviy komyuterlar talab qilinadi.
2021 yildan boshlab Italiyaning Modena universiteti professori Benassi Enrico (h-indeks 24) bilan hamkorlikda muzokaralar olib borildi va 2025 yilga kelib,
- Q2-Computational Biology and Chemistry (https://www.sciencedirect.com/journal/computational-biology-and-chemistry) (jurnalga qabul to‘lovi 3320$ ni tashkil qilib, bu to‘lov professor Benassi Enrico tamonidan to‘landi) jurnalida bitta maqola chop etildi.
- Q1- Avstraliyaning Talanta jurnalida (Impact factor-6,1, Q-1) bitta maqola chop etildi. (https://doi.org/10.1016/j.talanta.2025.128770)
- Q1-International Journal of Biological Macromolecules (Q-1) jurnalida bitta maqola chop qilindi.
https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S0141813025088919
Ushbu maqolalarning barchasi uchun to‘lovni professor Benassi Enrico tomonidan to‘landi va universitetimizga deyarli 11000$ miqdorida investitsiya kirib keldi.
Hozirda yana 4 ta maqola ustida hamda yozgi maktablar tashkil qilish, bakalavr va magistrlarni shu soha bo‘yicha tizimli tarzda o‘qitib borish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.
Kimyo fakultetida kimyoda kompyuter modellashtirishning eng zamonaviy dasturlari yordamida muhim hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi “Fundamentals of computational Modeling in Chemistry” (ushbu markazga jamoatchilik asosida rahbar bo‘lishga professor Benassi Enrico rozilik bildirgan) ilmiy markazini tashkil qilish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Bu orqali hozirgi kunda pullik dasturlar hisoblangan
GAUSSIAN (https://gaussian.com/wp-content/uploads/dl/us_com.pdf (Returned checks are subject to a service fee of $35.00),
SCIFINDER (Akademik muassasalarda misol tariqasida, bir universitet uchun SciFinder narxi ~ $150,000-$200,000+yiliga- https://scholarspace.manoa.hawaii.edu/server/api/core/bitstreams/56c1a36b-0183-492f-ae5f-965739c9e3e4/content
REAXYS (Masalan, Britaniyada bir oliy ta’lim muassasasida Reaxys uchun yillik litsenziya ~ £38 000 ya’ni taxminan ~ $45 000-50 000 atrofida bo‘lganligi aniqlangan- https://www.chemistryworld.com/news/access-to-chemical-database-reaxys-under-threat-in-uk-as-fees-spiral/4016275.article?utm_source),
QSAR-QSPR (Token store – ProtoPRED–£100 euro)
kabi dunyo tan olgan dasturlardan tekin foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Kafedraning magistranti Maxammadshokirov Raximjon Zokirjon oʻgʻli 01.03.2026 dan 01.05.2026 y. gacha Zagreb universitetining (Xorvatiya) Kimyo muhandisligi va texnologiyasi fakultetida “Erasmus” fondi orqali moliyalashtirilgan “Akademik mobillik” dasturi doirasida stajirovka o’tab qaytdi. Stajirovka davomida o‘zining magistrlik dissertatsiyasi doirasida Fosforpolimalein kislota sintez qilish va uning fizik kimyoviy xossalarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bordi.



Kafedraning 2-bosqich tayanch doktoranti Rahmonov Boburjon Dilshod oʻgʻli 14.03.2026 dan 12.04.2026 y. gacha Qozon federal universiteti Kimyo institutida stajirovka davomida zamonaviy analitik kimyo laboratoriyasida xromatografik va spektral tahlil usullarini chuqur o‘zlashtirishga erishildi. Jumladan, o‘simlik xom ashyosining kimyoviy tarkibini kompleks o‘rganish, biologik faol birikmalarni sifat va miqdor jihatdan aniqlash hamda ularning vegetatsiya davomidagi o‘zgarish dinamikasini baholash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar shakllantirildi. Tadqiqot obyekti sifatida Pyrus pyraster (yovvoyi nok) o‘simligining mevalari tanlanib, ulardan turli xil (suvli, suv-spirtli va organik erituvchilardagi) ekstraktlar olindi. Ushbu ekstraktlarning uchuvchan komponentlari gaz xromatografiyasi–mass-spektrometriya (GX-MS) usulida tahlil qilinib, tarkibiy birikmalarning profili aniqlandi. Shu bilan birga, ekstraktlarni preparativ ajratish ishlari amalga oshirilib, individual fraksiyalar olindi. Ularning tarkibi yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi–mass-spektrometriya (YuSSX-MS) usulida tahlil qilinib, polifenollar va boshqa biologik faol moddalarning mavjudligi va tarkibiy xususiyatlari o‘rganildi. Olingan natijalar Pyrus pyraster dagi biologik faol birikmalarni identifikatsiya qilish, ularning tarqalishi va kimyoviy tabiati haqida muhim ilmiy maʼlumotlar berdi hamda zamonaviy analitik usullarni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha mustahkam tajriba shakllantirdi. Stajirovka yakunida Qozon federal universiteti rahbariyati hamda Kimyo instituti direktori tomonidan stajirovka dasturini muvaffaqiyatli yakunlaganligi munosabati bilan tegishli sertifikatlar topshirildi.




Kafedraning 3-bosqich tayanch doktoranti Mansurov Dilshod Azizjon oʻgʻli 03.05.2026 dan 03.07.2026 y. gacha Zagreb universitetining (Xorvatiya) Kimyo muhandisligi va texnologiyasi fakultetida “Erasmus” fondi orqali moliyalashtirilgan “Akademik mobillik” dasturi doirasida ilmiy amaliyot o‘tamoqda. Ilmiy amaliyot davomida Toshkent viloyati tog‘li hududlaridagi ayrim o‘simliklardan ajratib olingan fitonsidlik xossasini namoyon qilgan moddalar hamda ularning bir qancha hosilalarining fizik-kimyoviy va biologik xossalarini zamonaviy instrumental tahlil usullari yordamida o‘rganish rejalashtirilgan. Jumladan, ushbu moddalarni YaMR, GX-MS/MS, IQ, antibakterial faollik tahlillari hamda boshqa zamonaviy analitik uskunalarda tadqiq qilish, ularning tuzilishi va biologik faolligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash doirasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borildi va xalqaro ilmiy tajriba almashindi.


