Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Ekonometrika va iqtisodiy modellashtirish kafedrasi

Nasretdinova Shakhnoza Saidakmalovna -Kafedra mudiri

 100174, Universitet street 4, Olmazor district, Tashkent

 Monday-Friday, 14:00 – 17:00

+998 71 246-90-80

 nasretdinova@mail.ru


“Ekonometrika va iqtisodiy modellashtirish” kafedrasi «Ekonometrika» yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar yo‘nalishi va magistr mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi kafedra hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 11 maydagi “O‘zbekiston Milliy universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2527-sonli qarori ilovasiga asosan “Ekonometrika va iqtisodiy modellashtirish” kafedrasi Iqtisodiyot fakulteti qoshida tashkil etilgan hamda f.m.f.n., dotsent Nasretdinova Shaxnoza Saidakmalovna kafedra mudiri etib tayinlangan va hozirgi kungacha bu vazifani sidqidillik bilan bajarib kelmoqda. Hozirgi kunda kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan barcha bakalavr yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga bir qator fanlardan ma’ruza, amaliyot va laboratoriya mashg‘ulotlari olib borilmoqda.


Kafedrada o‘qitiladigan fanlar, bakalavr va magistratura uchun

Fan nomiFan haqida qisqacha ma’lumot
1Statistikastatistikaning metodi va amaliyoti sohasida chuqur kasbiy bilimlar va zaruriy o‘quv malakasini shakllantirishdir
2Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyotiqtisodiy bilimlarning nazariy asoslarini, iqtisodiyotning asosiy tushunchalari va kategoriyalarini, iqtisodiy qonunlar va tamoyillarini o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini shakllantirish
3Menejment va marketingmenejment va marketing bo‘yicha bilimlarning nazariy asoslarini, asosiy tushunchalari va kategoriyalarini, tamoyillarini o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilish
4Ekonometrika asoslariekonometrik tahlil va ekonometrik modellashtirish asoslarini chuqur o‘zlashtirish asosida iqtisodiy jarayon yoki hodisalarning o‘zgarishi sabab va oqibatlarini miqdoriy jihatdan o‘rgatish
5Oliy matematikaIqtisodiy jarayonlarni modellashtirishda ishlatiladigan matematik bilimlarni o‘rganish
6Raqamli va axborot texnologiyalaritalabalarni zamonaviy texnik vositalar, operatsion tizimlar va instrumental vositalardan foydalanish usullari, hisoblash jarayonlarini avtomatlashtirish tamoyil va uslublari hamda iqtisodiyotning turli sohalarida raqamlashtirish imkoniyatlari va yo‘nalishlari bilan chuqur hamda har tomonlama tanishtirishdan iboratdir.
    7Investitsiyalarni boshqarishinvestitsiya tizimining shakllanish mexanizmini, investitsiyalarni baholashning tashkiliy-iqtisodiy, me’yoriy, ilmiy va uslubiy asoslarini, investitsiyalarni baholashning asosiy yo‘nalishlari, shakllari va usullarini haqida bilimlar berish
8Investitsionion loyihalar tahliliInvestitsiya loyihalari tahlili fanini o‘rgatishdan maqsad – talablarga amaliyotda loyihalar tuzish, tahlil qilish va samarali loyihalarni tanlab olishning nazariy va amaliy asoslarini o‘rgatishidan iborat.
9Chiziqli algebraChiziqli algebraning usullari yordamida iqtisodiy masalalarni tahlil qilish va olingan natijalarni tahlil qilish va asoslab berish ko‘nikmalarini shakllantirish
10Ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaKlassik statistika jarayonlarini aniq tasavvur qilish, bu jarayonlarning matematik modelini tuzish va yechimlarini topish usullarini o‘rganish, yechimlarni matematik tahlil qilish, stoxastik tajribalardan olingan sonli ma’lumotlar-tanlanmani qayta ishlash va undan tegishli statistik xulosalar chiqarish usullarini amalda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish
11Iqtisodiy-matematik modellar va usullarIqtisodiyotning turli mulkchilik shakllariga asoslangan korxonalarida qarorlar qabul qilish bosqichlari va jarayonlarini amalga oshirish, ularning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va ushbu soxada vujudga kelishi mumkin bo‘lgan amaliy muammolarni yechishda iqtisodiy-matematik usullar va modellar hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalana olish bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish
12Moliyaviy matematikaMiqdoriy usullarni qo‘llab, ilmiy asoslangan moliyaviy qarorlar qabul qilishni  biladigan, xalqaro moliya-kredit tizimlarida qo‘llanadigan miqdoriy usullarni o‘zlashtirgan, xalqaro va ichki tijorat va investitsiya loyihalarini tahlil qilish bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish
13Vaqtli qatorlar tahliliIqtisodiy jarayonlarni vaqtga asosan o‘zgarishlarini tahlil qilish, vaqtli qatorlarni modelllashtirish va ularning adekvatligini tekshirish, vaqtli qator modellari asosida prognozlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish.
14Aktuar matematikaJamiyatning siyosiy hududiy tashkil etilishi va rivojlanishi qonuniyatlari, dunyo siyosiy xaritasining shakllanishi va rivojlanishi jarayonlari, tashqi iqtisodiy aloqalarning geografik jihatlariga doir bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish
15Moliyaviy dasturlashmakroiqtisodiyot nazariyasi, makroiqtisodiy tahlil va davlatning makroiqtisodiy siyosati to‘g‘risida bir tizimga solingan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish
16Kapital bozorining texnik taxlilivalyuta va qimmatli qog‘ozlar bozorlarini texnik tahlil qilish nazariyasi va amaliyotining asoslari o‘rganish
17Risklarni boshqarish va sug‘urtarisklarni boshqarish yuzasidan nazariy bilimlar berish risklarni boshqarish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilish va zamon talabiga mos bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish
18Iqtisodiyotda o‘yinlar nazariyasiboshqaruvdagi qarorlarni qabul qilishning nazariy bilimlari va amaliy  ko‘nikmalarini o‘rgatuvchi fan bo‘lib, tashkiliy-iqtisodiy va ishlab chiqarish tizimlarining zamonaviy sharoitlarida boshqaruvdagi qarorlarni qabul qilish variantlari aniqlash imkoniyatini berishi orqali optimal strategiyalar va qarorlarni tanlash
19Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashZamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat iqtisodiyotining tahlili hamda prognozi uchun talab qilinadigan nazariy va amaliy masalalar to‘g‘risida bilimlarni berish.

Tadqiqotchilar va ilmiy ishlar to‘g‘risida

Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.ShIlmiy darajasi, unvoniDissertatsiya ishi mavzusi
Mirzaev Bobur Soyibjonovich3-kurs tayanch doktorantO‘zbekiston sug‘urta bozorini jadal rivojlantirishni ekonometrik modellashtirish
Djalilov Dostonbek Abduazizovich3-kurs tayanch doktorantIqtisodiy o‘sishning makroiqtisodiy barqarorlikka ta’sirini ekonometrik modellashtirish
Abdujalilova Guzal Saydillaevna2-kurs tayanch doktorant 

Mahalliy va xorijiy hamkorlar bo‘yicha ma’lumot

Tashkilot va muassasa nomiFiliallari to‘g‘risida ma’lumot
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziriligiHar bir viloyatda Iqtisodiyot boshqarma va har bir tumanda bo‘linmasi mavjud
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziriligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiHar bir viloyatda boshqarma, har bir tumanda bo‘linmasi mavjud
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasiHar bir viloyatda boshqarma, har bir tumanda bo‘linmasi mavjud
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiHar bir viloyatda boshqarma, har bir tumanda bo‘linmasi mavjud
«O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatiToshkent sh. (2 tagacha talabani amaliyotga oladi)
Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish markaziHar bir viloyatda boshqarma mavjud
«O‘zbekinvest Hayot» sug‘urta kompaniyasiHar bir viloyatda boshqarma mavjud
Qishloq qurilishbankHar bir viloyatda boshqarma, har bir tumanda bo‘linmasi mavjud
ATB “Agrobank”Har bir viloyatda boshqarma, har bir tumanda bo‘linmasi mavjud
“Toshkent” Respublika fond birjasiToshkent sh. (15 tagacha talabani amaliyotga oladi)
Aksionerlik tijorat  “Aloqabank “Mirobod filiali, Qo’qon filiali, Andijon filiali, Buxoro filiali, Qashqadaryo filiali, Navoiy filiali, Namangan filiali, Qoraqalpog’iston filiali, Samarqand filiali, Surxondaryo filiali, Xorazm, Farg`ona filiali, Jizzax filiali
ATB “Mikrokreditbank”Har bir viloyatda boshqarma, har bir tumanda bo‘linmasi mavjud
Xususiy aksioner tijorat banki “DAVR-BANK”Toshkent sh., Toshkent viloyati (Kibray, Zangiota, Bektemir tumanlari)
 “XALQ SUG’URTA” MChJ sug‘urta kompaniyasiToshkent sh.
Aksionerlik tijorat “Xalq Banki” Toshkent shahar Uchtepa filialiToshkent shahar Uchtepa tumani
AITB “Ipotekabank” Yakkasaroy filialiToshkent sh. Yakkasaroy tumani
AT Asaka banki Zarafshon shahri filialiNavoiy viloyati Zarafshon shahri
“KENG MAKON” mebel fabrikasiToshkent sh. va Toshkent v.da joylashgan

Ekonometrika va iqtisodiy modellashtirish kafedrasi

Professor-o‘qituvchining F.I.ShIlmiy darajasi, unvoni
Nasretdinova Shaxnoza SaidakmalovnaKafedra mudiri
Madraximov Ruzimboy Masharipovichdotsent
Otaev Shonazar Qodirovichdotsent
Nurmuxamedova Nargiza Saydillaevnadotsent
Parpiev Ziyodulla Tuxtasinovichdotsent
Djabbarov Raximjon Abdullaevichkatta o‘qituvchi
Mirzaev Bobur Soyibjonovichkatta o‘qituvchi
Ruzmanov Shuxrat Usmonovichkatta o‘qituvchi
Alimov Oybek Narkulovicho‘qituvchi
Djalilov Dostonbek Abduazizovicho‘qituvchi
Fayzullaev Doston Maxmud o‘g‘liO‘qituvchi

To‘garaklar

“Ekonometrika va iqtisodiy modellashtirish” kafedrasi qoshidagi “Yosh dasturchilar” to‘garagi faoliyati 2020 yil oktyabr oyida katta o‘qituvchi Djabbarov Raximjon va o‘qituvchi Alimov Oybeklar tomanidan tashkil qilingan. To‘garak o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, amaldagi qonunlar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi me’yoriy hujjatlari, universitet rahbariyatining buyruqlari, farmoyishlari hamda mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi.

Universitet talabalariga axborot texnologiyalari va ularning dasturiy vositasi yuzasidan “Raqamli va axborot texnologiyalari” fanlaridan chuqurlashtirilgan mahorat darslari olib boriladi.