Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Falsafa manaviyat asoslari kafedrasi

Shermuxamedova Nigina – Kafedra mudiri

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

+998 71 227-13-91

 shermuhamedova_n@mail.ru


Falsafa va ma’naviyat asoslari kafedrasi
KAFEDRA TARIXI

“Falsafa va ma’naviyat asoslari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari I blok fanlari bo‘yicha universitet barcha fakultetlarining bakalavr bosqichi talabalariga “Falsafa” Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalariga “Falsafaga kirish”, “Ontologiya va bilish nazariyasi”, “Borliq va rivojlanish falsafasi”, “Dinlar falsafasi”, “Madaniyat falsafasi”, “Falsafa va fan metodologiyasi”, “Globallashuv asoslari”, shuningdek barcha magistratura mutaxassisliklariga “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi”, “Falsafa (sohalar bo‘yicha)” magistratura mutaxassisligiga “Fan falsafasi”, “Germenevtika va semiotika”, “Inson falsafasi”, “Ta’lim falsafasi”, “Texnika falsafasi”, “Sinergetika asoslari” fanlari bo‘yicha ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari olib boriladi.

Kafedraning faoliyati, dastlab 1991 yil 1 sentyabrda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 42-sonli qarori asosida ToshDU tarkibida “Jahon madaniyati va tarixi” kafedrasi nomi bilan boshlagan.

1995 yildan 1999 yilgacha “Madaniyatshunoslik va inson huquqi” kafedrasi nomi bilan almashtirilgan. 1997 yilda barcha oliy ta’lim muassasalaridan ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish joriy etilganidan so‘ng, 1999 yildan kafedraga “Ma’naviyat asoslari” deb nomlangan.

2005 yil 10 fevraldan O‘zMU Katta Ilmiy Kengashi qarori bilan “Ma’naviyat asoslari” va “Dinshunoslik” kafedrasi birlashtirilib, kafedra “Ma’naviyat asoslari va dinshunoslik” nomli maqom olgan.

1991 yildan 2019 yilgacha davrlar mobaynida turli kafedra mudiri  lavozimida f.f.d. prof. Abdusamedov, f.f.n. E.Gulmetov, f.f.n. dos. Sh.Shoabduraximova, t.f.d., prof. M.Abdurahmonov, f.f.d., prof. M.Nurmatova, f.f.d., prof. v.b. O.Nishonova, f.d. A.Tashanov, f.d. F.Bozorova ishlagan.

2019 yil 6 oktyabrda kafedrada ixtisoslik fanlari o‘qitilishi hisobga olinib, O‘zMU Katta Ilmiy Kengashi qarori bilan “Falsafa va ma’naviyat asoslari” deb o‘zgartirilgan va

falsafa fanlari doktori, professor Shermuxamedova Nigina Arslonovna kafedra mudiri lavozimiga saylangan.

Kafedra a’zolari: f.f.d., professor N.B. Abdullaeva, f.f.d, professor O.J. Nishonova, f.f.n, dotsent B.X. Djalilov,  falsafa doktori PhD U.A Maxkamov, falsafa doktori PhD Yu.M Nomozova, falsafa doktori PhD M.T.Xidirov, o‘qituvchilar U. Mengliqulov, Qodirov J., A.M.Tyukmaeva talabalarga ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari olib bormoqda


KAFEDRANING STRUKTURASI

Familiya ismi sharifiFaoliyati haqida ma’lumotElektron pochta
1Shermuxamedova Nigina ArslonovnaUmumiy ish staji 42 yil, pedagogik staj 38, Xirsh indeksi-10, umumiy ilmiy ishlar soni 400 2017-2021 yillarda 80tashermuhamedova_n@mail.ru n.shermukhamedova@nuu.uz
2Nishonova Ozoda DjalolitdinovnaUmumiy ish staji 30 yil pedagogik staj 25   Xirsh indeksi 2 Ilmiy ishlar soni 200, 20217-2021 yillarda 50tao.nishonova@nuu.uz
3Abdullaeva Nasiba Bo‘ronovnaUmumiy ish staji 30 yil  Ped staj 25 yil Xirsh indeksi-2,  ilmiy ishlar soni 200 ta 2017-2021 yillarda 50ta    abdullayeva.n@nuu.uz
4Djalilov Baxtiyor XidaevichUmumiy ish staji 50 yil  Ped staj 25 yil, Xirsh indeksi-2  Imliy ishlar soni 250 2017-2021 yillarda 57 ta  b.hidaevich@nuu.uz
5Maxkamov Ulug‘bek Abdug‘apporovichUmumiy ish staji 15 yil Pedagogik staj 10 yil Xirsh indeksi-2 Ilmiy ishlari soni 80 ta 2017-2021 yillarda 30tau.mahkamov@nuu.uz
6Namazova Yulduz MuzaffarovnaUmumiy ish staji 15 yil Pedagogik staj 10 yil Xirsh indeksi-2 Ilmiy ishlari soni 70 ta 2017-2021 yillarda 30ta  y.namozova@nuu.uz
7Xidirov Mustafo ToyirqulovichUmumiy ish staji 5 yil Pedagogik staj 3 yil Xirsh indeksi-2 Ilmiy ishlari soni 50 ta 2017-2021 yillarda 20ta  x.mustafo@nuu.uz
8Mengliqulov Umid MamadievichUmumiy ish staji 5 yil Pedagogik staj 3 yil Xirsh indeksi-2 Ilmiy ishlari soni 50 ta 2017-2021 yillarda 20ta  m.umid@nuu.uz
9Qodirov Javlonbek Abdusattor o‘g‘liUmumiy ish staji 7 yil Pedagogik staj 1 yil Xirsh indeksi-2 Ilmiy ishlari soni 10 ta 2017-2021 yillarda 10ta  j.qodirov@nuu.uz
10Tyukmaeva Aida MaratovnaUmumiy ish staji 7 yil Pedagogik staj 1 yil Xirsh indeksi-2 Ilmiy ishlari soni 70 ta 2017-2021 yillarda 30ta  luxin.tenebris@mail.ru

 Kafedrada Falsafa bakalavr ta’lim yo‘nalishida 8 ta, Falsafa (sohalar bo‘yicha) magistratura mutaxassislariga 8 ta fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari olib boriladi.

3 nafar Falsafa bakalavr ta’lim yo‘nalishida malakaviy bitiruv ishi, 17 nafar Falsafa (sohalar bo‘yicha) magistratura mutaxassiligi bo‘yicha magisrlik dissertatsiyalari tayyorlanmoqda

  1. FALSAFA  BAKALAVR TA’LIM YO‘NALIShIDA O‘QITILADIGAN FANLAR
Fan nomiTa’lim yo‘nalishiO‘quv adabiyoti bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichi
1FalsafaBarcha bakalavr ta’lim yo‘nalishlari uchun mo‘ljallanganShermuxamedova N.A.   Shermuhamedova N.AFalsafa Darslik, Toshkent: Idris rauf nashr, 2020, 40 Falsafa Darslik/Toshkent, IdrisAbdurauf, 2020
2Falsafaga kirish60220500 “Falsafa” bakalavr ta’lim yo‘nalishi uchunShermuxamedova N.A.   Shermuhamedova N.AFalsafaga kirish. Toshkent: Noshir, 2013, 30b/t Falsafaga kirish.Toshkent,2013
3Ontologiya va bilish nazariyasi60220500 “Falsafa” bakalavr ta’lim yo‘nalishi uchunShermuxamedova N.A. Xidirov M, Kodirov J    Ontologiya va bilish nazariyasi-ma’ruza matnlari Ontologiya va bilish nazariyasi  
4Borliq va rivojlanish falsafasi. Bilish nazariyasi    60220500 “Falsafa” bakalavr ta’lim yo‘nalishi uchunShermuxamedova N.A.   Shermuxamedova N.A.   Shermuxamedova N.A.  Borliq va rivojlanish falsafasi. Toshkent: Noshir, 2013 45b/t Gnoseologiya -Bilish nazariyasi. TOshkent: Noshir, 2011 Gnoseologiya. Tashkent UFMJ, 2007(rus)
5Dinlar falsafasi60220500 “Falsafa” bakalavr ta’lim yo‘nalishi uchunJalilov B.X.Dinlar falsafasi. Toshkent O‘zMU, 2020 Dinlar falsafasi. Toshkent, O’zMY,2020
6Madaniyat falsafasi60220500 “Falsafa” bakalavr ta’lim yo‘nalishi uchunNishonova O.J.   Abdullaeva N.BEtnomadaniyat. Toshkent: 2020 Boshqaruv madaniyati.Toshkent: 2021
7Falsafa va fan metodologiyasi60220500 “Falsafa” bakalavr  ta’lim yo‘nalishi uchunShermuxamedova N.A.       ShermuhamedovaN.AFalsafa va fan metodologiyasi.Toshkent: Aborot texnologiyalari, 2005, 25 b/t   Falsafa va fan metodologiyasi.Toshkent, Axborot texnologiyalari, 2008
8Globallashuv asoslari60220500 “Falsafa” bakalavr ta’lim yo‘nalishi uchunShermuxamedova N.AGloballashuv assolari ma’ruza matnlari


FALSAFA (SOHALAR BO‘YIChA) MAGISTRATURA MUTAXASSISLIGI UChUN

Fan nomi O‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik darajasi 
1Ilmiy tadqiqot metodologiyasiGumanitar soxa magistratura mutaxissislari uchunShermuxamedova N.A.     Shermuhamedova N.A.Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. Toshkent Innovatsiya ziyo, 2020   Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. Toshkent, innovasiya ziyo.2021   
2Fan falsafasiFalsafa (sohalar bo‘yicha) magistratura mutaxassisligiShermuxamedova N.A.Fan falsafasi. Toshkent Noshir, 2014 yil 20b/t 
3Germenevtika. SemiotikaFalsafa (sohalar bo‘yicha) magistratura mutaxassisligiShermuxamedova N.A.Semiotika, Toshkent: Noshir, 2014 
4Inson falsafasiFalsafa (sohalar bo‘yicha) magistratura mutaxassisligiShermuxamedova N.A.   Shermuhamedova N.A.Inson falsafasi. Toshkent Noshir, 2016   Inson falsafasi. Toshkent, innovasiyaziyo,2021 
5Texnika falsafasiFalsafa (sohalar bo‘yicha) magistratura mutaxassisligiShermuxamedova N.A.  Texnika falsafasi. Toshkent, Noshir, 2018 
6Ta’lim falsafasiFalsafa (sohalar bo‘yicha) magistratura mutaxassisligiShermuxamedova N.A. Xudoyberganov R.X.  Ta’lim falsafasi. Toshkent: Noshir, 2018 
7Sinergetika asoslariFalsafa (sohalar bo‘yicha) magistratura mutaxassisligiShermuxamedovaSinergetikaningf alsafiy asoslari. Toshkent: universitet, 2005 

ILMIY  IShLAR
Kafedrada ikki yo‘nalishda ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi

1. Falsafaning metodologik va gnoseologik yo‘nalishlari 

  Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.ShIlmiy darajasi, unvoni  Dissertatsiya ishi mavzusiIxtisoslik shifri  va himoya o‘tgan kun    Ilmiy raxbar
1Shermuxamedova Nigina Arslonovnakafedra mudiri, falsafa fanlari doktori, profSotsialno-filosofskie aspektы stil mыshlenie uchenogo09.00.01-Ontologiya, gnoseologiya va mantiq 2002, 1 noyabrf.f.d., professor Nikitchenko
2Maxkamov Ulug‘bek Abdug‘apporovichfalsafa fanlari nomzodi, dotsentDialog-ijtimoiy jarayonlarni tushuntirishning metodologik omili09.00.01-Ontologiya, gnoseologiya va mantiq 2019 28 avgustf.f.d., professor N.A.Shermuxamedova
3Xidirov Mustafo Toyirqulovicho‘qituvchi, PhDDunyoning ezoterik manzarasi va uning evolyusiyasi09.00.01-Ontologiya, gnoseologiya va mantiq  2021 26 iyulf.f.d., professor N.A.Shermuxamedova
4Qodirov Javlonbek Abdusattor o‘g‘lio‘qituvchiEvolyusion epistemologiya rivojlanishinin asosiy yo‘nalishlari09.00.01-Ontologiya, gnoseologiya va mantiqf.f.d., professor N.A.Shermuxamedova
5Tyukmaeva Aida Maratovnao‘qituvchiFilosofsko-metodologicheskie aspektы germenevtiki kak obщey teorii interpretatsii tekstov09.00.01-Ontologiya, gnoseologiya va mantiqf.f.d., professor N.A.Shermuxamedova
6Sunnatov Nuralimustaqil tadqiqotchiTa’lim innovatsiyalarining falsafiy-metodologik jihatlari09.00.01-Ontologiya, gnoseologiya va mantiqf.f.d., professor N.A.Shermuxamedova
7Usmanov Muxriddintayanch doktorantDunyoning mifologik manzarasi va uning evolyusiyasi09.00.01-Ontologiya, gnoseologiya va mantiqf.f.d., professor N.A.Shermuxamedo-va
8Pardaev Sultonmurodtayanch doktorantDunyoning tabiiy ilmiy manzarasi va uning evolyusiyasi09.00.01-Ontologiya, gnoseologiya va mantiqf.f.d., professor N.A.Shermuxamedova
9Xaydarova Aqida Farmonovnamustaqil tadqiqotchiVirtual reallik falsafasining metodologik yo‘nalishlari09.00.01-Ontologiya, gnoseologiya va mantiqf.f.d., professor N.A.Shermuxamedova
10Qalandarova Gavxarmustaqil tadqiqotchiBilim va e’tiqod uyg‘unligining falsafiy metodologik jihatlari09.00.01-Ontologiya, gnoseologiya va mantiqf.f.d., professor N.A.Shermuxamedova
11  Ramazonov Aziztayanch doktorantDunyoning klassik manzarasi  va evolyusiyasi09.00.01-Ontologiya, gnoseologiya va mantiqf.f.d., professor N.A.Shermuxamedova
12Abdullaev Timurtayanch doktorantAql va idrok uyg‘unligining falsafiy metodologik jihatlari09.00.01 Ontologiya, gnoseologiya va mantiqf.f.d., professor N.A.Shermuxamedova

2). Jamiyatning  ijtimoiy ma’naviy yangilanishida inson omili ilmiy yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan olimlar

  professor-o‘qituvchi, tadqiqotchilarning F.I.ShIlmiy darajasi, unvoniDissertatsiya ishi mavzusiIxtisoslik shifriIlmiy raxbar
1Abdullaeva Nasiba Bo‘ronovnafalsafa fanlari doktori, professor v.b.Badiiy-estetik madaniyatni rivojlantirishda dizaynning immanent xususiyatlari09.00.02-Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi 
2Nishonova Ozoda Djalolitdinovnafalsafa fanlari doktori, professor v.b.o‘zbek etnomadaniyatining estetik mohiyati va funksiyalari09.00.02-Ong, madaniya va amaliyot shakllari falsafasiF.f.d. prof. Qoraboev
3Djalilov Baxtiyor Xidaevichfalsafa fanlari nomzodi, dotsentNauchnoe upravlenie obщestvom – zakonomernost razvitogo sotsializma09.00.02-Ong, madaniya va amaliyot shakllari falsafasi K.Sodiqov
4Namazova Yulduz Muzaffarovnakatta o‘qituvchi., PhDXIX asrda O‘rta Osiyoda jadidchilik falsafasi09.00.03-Falsafa tarixif.f.n. dotsent D.Fayzixo‘jaeva
5Mengliqulov Umid Mamadievicho‘qituvchiSurxon vohasi etnomadaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari09.00.02-Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasif.f.d. O.Nishonova
6Parpiev Muxammadjonmustaqil tadqiqotchiMa’naviy kamolot omillari09.00.02-Ong madaniyat va amaliyot shalklari falsafasif.f.d. Abdullaeva N.B.
7Jabborova Dilfuzamustaqil tadqiqotchiDunyoviy va diniy bilimlarning ahamiyati09.00.02-Ong madaniyat va amaliyot shakllari  falsafasif.f.d. Nishonova O.J.
8Safarova To‘maristayanch doktarantEtnomadaniyat turizmni rivojlantirishning ijtimoiy-madaniy omillari09.00.02-Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi   f.f.d. Nurmatova    M.A.
9Isaxova Shaxlotayanch doktarantBioetikada konservativ va innovatsion yondashuvlarning falsafiy-madaniy tahlili09.00.02-Ong madaniyat va amaliyot shalklari falsafasif.f.d. Abdullaeva N.B.

IJTIMOIY HAMKORLIKNING YO‘NALIShLARI:

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” talablarini amalga oshirishda Oliy ta’lim va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash ta’lim, ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirishni takomillashtirish hamda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari  (bakalavriat va magistratura)da taxsil olayotgan talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga  kengroq jalb etish, ta’lim bilan fanning samarali integratsiyasini ta’minlash, ta’lim muasasalarida ilm-fanni jadal rivojlantirish va shu asosda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdan iboratdir.

Kafedraning respublika  oliy ta’lim muassasalari  va ilmiy mrakazlari bilan ijtimoiy xamkorligi – Xalqaro Islom akademiyasi, Samarqand Davlat universiteti, O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, O‘zbekiston fanlar akademiyasi sharqshunoslik instituti, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Farg‘ona davlat universiteti, Andijon davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti bilan ilmiy, madaniy-ma’rifiy hamkorlik tashkil etilgan.

Xalqaro oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan xamkorlik – Dog‘iston Davlat universiteti (Rossiya Federatsiyasi), Klement Orxidski nomidagi Sofiya davlat universiteti (Bolgariya), Kozoq Milliy universiteti, Muxtor Auzev nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti (Qozog‘iston), Tojik Milliy universiteti, Xo‘jand davlat universiteti, Rossiya falsafa jamiyati, Qozoq falsafa assotsiatsiyasi, Qirg‘iziston respublikasi falsafa assotsiatsiyasi a’zolari bilan ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Kafedrada doimiy ma’naviy ma’rifiy ishlar olib boriladi. 5 talabalar turar joyida “G‘azalxon yoshligim”, “Nazm va navo” ruknida badiiy oqshomlar tashkil etiladi.

 Maxallalarda ma’rifiy yangilanishga oid ma’ruzalar o‘qiladi.

7.To‘garaklar: Kafedrada   Tafakkur shaydolari va Epistema to‘garaklari faoliyat olib boriladi

Erishilgan yutuqlar

2021 28 avgustda O‘zbekiston respublikasi mustaqilligining 30 yilligi  munosabati bilan “O‘zbekistonning mustaqil tarqqiyot yo‘li: tarix saboqlari taraqqiyot istiqbollari” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

 2019-2021 yil Falsafa sohalar bo‘yicha magistratura mutaxassiligi magistrantni Berdieva Iroda Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga ega bo‘ldi.

2020-2021 yil Falsafa sohalar bo‘yicha magistratura mutaxassiligi magistrantni Tyukmaeva Aida Qirg‘izistonda o‘tkazilgan xalqaro talabalar konferensiyasida birinchi darajali diplom bilan taqdirlandi.

2021-2022 yil Falsafa sohalar bo‘yicha magistratura mutaxassisligi magistrantni Pulatov Anvar  Qirg‘izistonda o‘tkazilgan xalqaro talabalar konferensiyasida birinchi darajali diplom bilan taqdirlandi.

2021 yil 1-10 dekabr kunlari Kozog‘istonning Gumilev nomidagi Milliy universiteti magistrantlari Mirzagul Nazerke Elmuratkыzы, Yelubaeva Kыmbat Batыrxankыzы N.Shermuxamedova raxbarligida 10 kunlik stajirovkadan o‘tdi.