Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Fizika

Eshonqulov G’ofur Boboqulovich - Fakultet dekani
 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

Tel: +998 9
E-mail: 


Sultonov Odiljon Ziyomiddinovich - Dekani o'rinbosari
 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

Tel: +998 9
E-mail: 


Xaqqulov Jaxongir Mardonovich - Dekani o'rinbosari
 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

Tel: +998 9
E-mail: 

Universitet tashkil etilgan dastlabki yillardayoq fizika fanini o`rganishga asos solingan bo`lib, fizika-matematika fakulteti tarkibida fizika, astronomiya, mexanika, geofizika yo`nalishlarida talabalarga ta`limi bo`yicha tahsil berish bilan bir qatorda fizikaning turli sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. O`rta Osiy Davlat universiteti rektorining 1959 yil 20 iyundagi 276-sonli buyrug`iga asosan fizika-matematika fakulteti ikkita alohida fakultetga ajralib, fizika fakulteti mustaqil faoliyat ko`rsata boshladi.

Fizika fakultetining hozirgi istiqbolida unga rahbarlik qilgan taniqli olim va mutaxassislarning mehnatlari beqiyosdir. Bular fakultet dekanlari: prof. V.A.Djordjio (1959-1964), dots. B.G.Smirnov (1964-1967), prof. R.X.Mallin (1967-1972), akad. A.A.Abdurazzakov (1972-1980), dots. A.A.Adilov (1980-1991), akad. K.M. Mukimov (1991-1992), akad. S.Z. Zaynobiddinov (1992-1996), prof. A.T. Mirzaev (1996-1997), dots. A.S.Raxmatov (1997-2004), prof.O.O.Mamatkarimov (2004-2009), dots.B.X.Eshchanov (2009-2014), dots.I.U.Tadjibaev (2014-2015), prof. X.S.Daliev (2015-2019) va G.B.Eshonqulov  (2019-yildan h.v.).

Fizika fakultetida faoliyat ko`rsatgan taniqli olimlar akad. S.A. Azimov yadro fizikasi va kosmik nurlar fizikasi; akad. U.O.Oripov fizikaviy elektronika, prof. V.A.Djordjio Atmosfera fizikasi, akad. P.K. Xabibullaev, dots. B.M.Nosenko - optika va spektroskopiya, prof. E.N. Nazirov - fizikani o`qitish uslubi va tarixi, akad. M.M.Musaxanov - nazariy fizika, prof.A.T.Teshabaev, akad. S.Z.Zaynabidinov yarimo`tkazgichlar fizikasi, akad.S.R.Rashidova - polimerlar fizikasi, prof. A.T.Mirzaev kvant radiofizikasi, prof.S.N.Nuritdinov - astronomiya va astrofizika sohalarida o`ziga xos ilmiy maktablarini yaratganlar.

Fakultetda 73 nafar professor-o`qituvchilari, shu jumladan, 4 nafar O`zbekiston Fanlar akademiyasining akademiklari, 19 nafar fan doktori va professorlar, 39 nafar fan nomzodlari va dotsentlar jalb etilgan. Ayni paytda fakultetda 2 ta ta`lim yo`nalishida bakalavr va 7 ta mutaxassislik bo`yicha magistr tayyorlanmoqda. Bundan tashqari fakultetda DSc va PhD doktoranturalari mavjud.

Talabalar o`quv, malakaviy amaliyotlarni va magistrlik dissertatsiyalari hamda bitiruv malakaviy ishlarini bajarishni yuqori saviyada tashkil qilish maqsadida ular muntazam ravishda O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Ion plazmali va lazerli texnologoyalar instituti, Astronomiya instituti, Yadro fizikasi instituti, Fizika Quyosh IIChB Fizika-texnika instituti, Polimerlar fizikasi va kimyosi instituti va Fanlar Akademiyasining boshqa tarmoq institutlari hamda Foton va Fonon maxsus konstruktorlik byurosining zamonaviy moddiy-texnika bazalariga ega bo`lgan ilmiy laboratoriyalarga yuborilmoqdalar.

Fizika fakulteti axborot resurs markazi 100000 dan ziyod adabiyotlar fondiga ega bo`lib, bugungi kun talablaridan kelib chiqib jihozlangan. 80 o`rinli o`quv zali va jurnallarning Ochiq fondi tashkil etilgan. Fakultet professor-o`qituvchilari tomonidan 400 dan ortiq o`quv adabiyotlari, 50 ga yaqin yangi laboratoriya ishlari yaratilib, o`quv jarayonida foydalanilayapti.

Fakultetda ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkillashtirish va olib borish yuqori saviyada yo`lga qo`yilgan. Keyingi besh yil mobaynida xalqaro va respublika miqyosida grantlar tanlovlarida ishtirok etish keskin ko`paydi. Fizika fakulteti professor-o`qituvchilar tomonidan 10 dan ziyod xalqaro va respublika miqyosidagi grant, ilmiy mavzu va xo`jalik shartnomalari bajarilmoqda.

Bugungi kunda fakultet jamoasi xorijiy mamlakatlarning juda ko`plab universitet va institutlari bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda. Jumladan, Ukrainaning Kiev Milliy universiteti, Xarkov universiteti, Xarkov fizika instituti, Rossiyaning Sankt-Peterburg Optika va Mexanika universiteti, Janubiy Koreyaning Pusan universiteti va Chunxay Milliy universiteti, Germaniyaning Potsdam universiteti, Belgrad Astronomiya observatoriyasi va Radioastronomiya instituti, Moskva Davlat universiteti, Moskva viloyatining Dubna shahridagi xalqaro Birlashgan Yadro tadqiqot instituti (BYaTI), Germaniyaning Mayns, Bern universitetlari, Moskva energetika instituti, A.F. Ioffe nomidagi Fizika-texnika instituti (Sankt-Peterburg), Materialshunoslik muammolari instituti (Ukraina), Fizika va ximiya instituti (Urumchi, Xitoy) kabi etakchi institut va universitetlar olimlari bilan o`quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot sohalarda hamkorlik qilinmoqda.

Fizika fakultetining bitiruvchi mutaxassislariga iste`molchilarda talab katta bo`lib, ularning ko`pchiligi O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining institutlarida, tibbiy-diagnostika markazlarida, Mudofaa vazirligiga tegishli tashkilotlarda, Markaziy geologiya laboratoriyalarida, Oliy o`quv yurtlarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida hamda xalq xo`jaligi korxonalarida faoliyat ko`rsatmoqdalar.