Frei universiteti

Germaniyaning Frei universiteti bilan istiqbolli hamkorlik

2023 yil 24-mart kuni, xalqaro aloqalar boʼyicha prorektor Raima Shirinova va strategik rivojlantirish va xalqaro reyting boʼlimi boshligʼi Gulasal Rofievalar Germaniyaning Freie Universität Berlin da boʼlib u yerda xalqaro aloqalar boʼyicha vitse-prezident doktor Herbert Greyshop bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki universitet oʼrtasidagi xalqaro aloqalarni rivojlantirish, THE boʼyicha TOP-100 kirgan universitetning tajribasini oʼrganish, professor-oʼqituvchilar hamkorligini kengaytirish masalalarida suhbatlashdilar. Shuningdek, Oʼzbekiston Milliy universitetiga rus tilini oʼrganuvchi talabalarga akademik mobillik dasturi hamda pedagogik amaliyotni tashkil qilish boʼyicha ham fikr almashdilar.

Berlin Freie universiteti prorektori bugungi kunda universitetda 27 nafar oʼzbek talabalar tahsil olayotganligini va shundan 5 nafari OʼzMU talabalari ekanligini alohida taʼkidladi.

OʼzMUning iqtisodiyot fakulteti bilan Erasmus dasturi doirasida hamkorlik uchun loyiha Yevropa komissiyasiga topshirilganligi va uning ijobiy natijasida doktorontlarning ilmiy stajirovkalari moliyalashtirilishi ham aytib oʼtildi.

Uchrashuv soʼngida aprel oyida universitet delegatsiyasi va talabalari mazkur universitetga taklif etildi.