Gidrometeorologiya fakulteti

Raxmonov Komiljon Radjabovich – Fakultet dekani
 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

Tel: +998 9
E-mail: 


Quvatov Dilmurod – Dekani o’rinbosari
 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

Tel: +998 9
E-mail: 


Isoqov Jahongir Isoqovich – Dekani o’rinbosari
 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

Tel: +998 9
E-mail: 




Gidrometeorologiya fakulteti haqida qisqacha ma`lumot

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Gidrometeorologiya fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirliri to‘g‘risida” 2020 yil 17 noyabrdagi PQ-4896-son qarori va O‘zbekiston Milliy universiteti rektorining 2021 yil 17 iyundagi №01-265-sonli bo‘yrug‘i asosida tashkil etildi.


 Professor-o‘qituvchilar :

  • 4  nafar fan doktori
  • 5  nafar fan nomzodi
  • 3  nafar PhD 
  • 7 ilmiy darajasi yo‘q o‘qituvchilar

 Bakalavr yo‘nalishlari(kunduzgi):

  • 60520100-Gidrometeorologiya;
  • 60520200-Meteorologiya va iqlimshunoslik;
  • 60530800-Gidrologiya (tarmoqlar bo‘yicha).

Qo‘shma ta’lim dasturi

  • Meteorologiya va iqlimshunoslik;
  • Rossiya Davlat Gidrometeorologiya universiteti bilan hamkorlikda 2021-2021 o‘quv yilidan boshlab tashkil etilgan.

Bakalavr yo‘nalishlari(sirtqi): 

  • 60520100-Gidrometeorologiya;
  • 60530800-Gidrologiya.

Magistratura mutaxassisligi:

  • 70520101-Meteorologiya, iqlimshunoslik, agrometeorologiya (faoliyat turlari bo‘yicha);
  • 70520102-Gidrometeorologiya (faoliyat turlari bo‘yicha);
  • 70520103-Iqlim o‘zgarishi va iqlimiy xatarlarni baholash;
  • 70520104-Glyatsiologiya va qor qatlamlari monitoringi;
  • 70530801-Gidrologiya (o‘rganish ob’ektlari bo‘yicha).

Fakultet tarkibidagi kafedralar

  • Quruqlik gidrologiyasi;
  • Gidrometeorologiya va atrof muhit monitoringi;
  • Meteorologiya va iqlimshunoslik.

Ilmiy labaratoriyalar

Gidravlika va gidrometriya laboratoriyasi 2017 yilda Germaniyaning kompaniyasining so‘nggi texnologiyalari bilan jihozlanib, foydalanishga topshirilgan.

Laboratoriya quydagi asbob-uskunalari bilan jihozlangan:

  • HM 115 Gidrostatik qonunni o‘rganish uchun Trenajer;
  • HM 150.18 Osborna-Reynoldsa eksperment
  • HM 150.07 Bernulli prinsipi;
  • HM 150.08 Reaktiv kuchini o‘lchash;
  • HM 150.21 Ochiq kanalda oqim harakatini vizualizatsiyasi.

Mazkur priborlar yordamida suvning statik va dinamik bosimini o‘lchash, Bernulli prinsipini, oqimining harakat turlari, laminar va turbulent rejimini, gidravlik zarba, Reynolds sonini aniqlash va gidravlikaning boshqa qonuniyatlari o‘rganilib kelinmoqda.


Tadqiqot mavzular

Professor-o‘qituvchilar tomonidan gidrologiya, gidrometeorologiya, meteorologiya sohalarining bugungi kundagi dolzarb muammolari bo‘lgan muzlarning erishi va ularning monitoringi, daryolarning kam suvlilik siklini aniqlash, xavfli gidrologik hodisalarning shakllanishi va ularni barvaqt aniqlash usullari, tabiiy suv havzalarining gidrologik rejimi va ularning iqlim o‘zgarishi sharoitida monitoring qilish va saqlab qolish bo‘yicha tadqiqotlar olib bormoqda. Jumladan, B.E.Adenbaev  “Quyi Amudaryoning gidrologik rejimi va suv bilan ta’minlanganligining hozirgi holati”, F.Ya.Artikova  “Urbanizatsilashgan hududlardagi daryolarning gidrologik rejimi”,  N.Z.Sagdeev “Fiziko-geograficheskie usloviya formirovaniya vodnыx resursov i gidrologicheskogo rejima  malix nizkogornix rek Uzbekistana”, G‘.U.Umirzoqov “Daryolar oqimi shakllanishi va rejimini gidrologik modellashtirish va stabil izotoplar orqali tadqiq etish“ singari mavzularda tadqiqotlar olib borilmoqda. 


Erishilgan natijalar. Fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar milliy va xalqaro grantlar asosida olib borilmoqda. Xususan, O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari doirasida bajarilgan loyihalar:

Fakultetimiz professori F.H.Hikmatovning  OT-F5 “Iqlim o‘zgarishi sharoitida O‘zbekiston va unga tutash hududlardagi daryolar gidrologik rejimi va suv resurslarining shakllanish qonuniyatlarini tadqiq etish” va OTF6-062 “Orol havzasida kechayotgan gidrologik va tabiiy geografik jarayonlarning ayrim qonuniyatlarini tadqiq etish” fundamental loyihalari hamda dotsent G‘.X.Yunusov Mv-Atex-2018-145 “O‘zgaruvchan rejimdagi sug‘orishkanallaridan foydalanish samaradorligi va ekspluatatsion ishonchliligini oshirish texnologiyalarini ishlab chiqish” amaliy loyihalari amalga oshirilgan.

Bugungi kunda bajarilayotgan loyihalarga O‘zbekiston va Hindiston fan va texnologiyalar bo‘yicha hamkorlik dasturi doirasida, g.f.f.d., dotsent K.R.Raxmonov,  g.f.f.d. G‘.U.Umirzakov va Hindistonning Suv resurslar institutining olimi Dr Renji Remesan bilan hamkorlikda “O‘zbekiston va Hindistonningqurg‘oqchil va yarim qirg‘oqchil hududlaridagi daryolar havzalarida suv taqchilligi hamda qurg‘oqchilikka tug‘onlar va iqlim o‘zgarishining ta’sirini bahoэlash” mavzusida umumiy qiymati1,5 mlrd so‘m bo‘lgan 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan ilmiy loyiha amalga oshirilmoqda.


 Xalqaro aloqalar.

Gidrometeorologiya fakulteti Germaniya, Rossiya, Hindiston, Qozoqg‘istonning bir qator nufuzli oliy ta’lim muassaslari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Xususan, Friburg  universitetning (Germaniya OS reytingida 581-590 o‘rinda) doktori Tomas Saks tomonidan 2021 yilning 18 noyabr va 2 dekabr kunlari 705201104-Gidrometeorologiya  mutaxassisligi 1 kurs magistrantlariga Glyatsiologiya asoslari fanidan (12 soat) ma’ruza darslari o‘tildi.


Xalqaro talabalar almashinuvi (talabalar soni va universitet nomi)

O‘zbekiston Milliy universiteti va Moskva davlat universiteti bilan hamkorlikda talabalar almashinuvi yo‘lga qo‘ygan. Jumladan, 2019-2020 o‘quv yilida gidrometeorologiya, gidrologiya ta’lim yo‘nalishlarining 20 talabasi o‘qituvchilar D.M.Turg‘unov va J.T.Xamzaeva boshchiligida yozgi amaliyotni Moskva davlat universitetining o‘quv dala amaliyot zonasida o‘tab kelishgan. 2020-2021 o‘quv yilida Moskva davlat universitetining 20 ta talabalari Chorvoq o‘quv dala amaliyotida qishki amaliyotni o‘tab ketishgan.