Kasaba uyushmasi
Hudoynazarov Olimjon Alinazarovich - Bo'lim boshlig'i
100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
Dushanba-Juma, 14:00 – 17:00
+998 71 246-63-65
kasaba@nuu.uz
Kasaba uyushmasi o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O`zbekiston Respublikasining «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to`g`risida»gi qonuni, «Jamoat birlashmalari to`g`risida», «Nodavlat notijorat tashkilotlar to`g`risida»gi qonunlari, Ta`lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Ustavi va boshqa huquqiy xujjatlar asosida yuritadi. Hozirgi kunda professor-o`qituvchi va xodimlar kasaba uyushma qo`mitasi mustaqil tashkilot sifatida faoliyat ko`rsatib o`z safiga 1646 nafar kasaba uyushma a`zolarini birlashtirgan.
Kasaba uyushma qo`mitasi ko`p tarmoqli tashkiliy tarkibga ega, ya`ni 10 ta fakultet, O`zMU qoshidagi Pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish mintaqaviy markazi, 1ta Akademik litsey, 25 ta Boshlang`ich kasaba uyushma tashkiloti mavjud bo`lib har birida boshlang`ich kasaba uyushma raislari faoliyat ko`rsatadi. Kasaba uyushma qo`mitasida 9 ta komissiya faoliyat ko`rsatadi:
1. Taftish komissiyasi
2. Ma`naviy-ma`rifiy va sport ishlari komissiyasi
3. Uy-joy va ijtimoiy masalalar komissiyasi
4. Mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi komissiyasi
5. Tashkiliy masalalar komissiyasi
6. Ijtimoiy sug`urta komissiyasi
7. Ishchi va xodimlarning mehnat huquqini himoyalash komissiyasi
8. Yoshlar bilan ishlash komissiyasi
9. Xotin qizlar bilan ishlash komissiyasi
Professor-o`qituvchi va xodimlar kasaba uyushma qo`mitasining umumiy faoliyati quyidagilardan iborat:
Universitet xodimlarining millati, jinsi, yoshi va diniy e`tiqodidan qat`iy nazar mehnat qilishi, ishni va kasbni erkin tanlashi, adolatli mehnat sharoitida ishlashi, ishsizlikdan himoya qilinishiga doir konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qiladi. O`qituvchi-xodimlar mehnatiga haq to`lash va mehnat tartibining ijtimoiy adolatli tizimini joriy etilishiga va unga rioya qilinishiga ko`maklashadi. Professor-o`qituvchi va xodimlarning ma`naviy-ma`rifiy saviyasini oshirishda, ularning bo`sh vaqtlarini hamda dam olishlarini mazmunli tashkil qilishda faol ishtirok etadi. O`qituvchi va xodimlarga nisbatan mehnat qonunchiligi, mehnatni muxofaza qilish va atrof-muxitni muxofaza qilish qonunlari talablariga rioya qilinishini nazorat qiladi va ularning huquqiy himoyasini amalga oshiradi. O`qituvchi-xodimlar va ularning oila a`zolarini sog`lomlashtirish va sport bilan muntazam shug`ullanishlariga ko`maklashadi. Jamoada vujudga kelayotgan mehnat nizolarini bartaraf etishda tashabbuskorlik qiladi