Koreya Respublikasining Kyungpook universiteti vakili O’zMUda
Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 27-28-mart kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Oʻzbekiston-Koreya oliy taʼlim muassasalari rektorlari forumi oʻtkazildi va forum doirasi bir qator memorandumlar imzolandi. 2023 yil 29-mart sanasida Koreya Respublikasining Kyungpook universiteti vakili, Strategiya va moliya fakulteti dekani Gang Heong Lee O‘zbekiston milliy universiteti bilan imzolangan memorandumni amalga tadbiq qilish yo’nalishlarini belgilab olish maqsadida universitetimizga tashrif buyurdi.
Tashrifdan koʼzlangan asosiy maqsad hamkorlik doirasida ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish, umumiy ilmiy tadqiqotlarni faollashtirish, talabalar akademik mobilligi bo‘yicha kelishuvlar olib borish, ilmiy faoliyat yuzasidan bildirilgan tashabbuslarni qoʼllab-quvvatlashdan iborat.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston Milliy universiteti prorektori Shirinova Raima Hakimovna so‘nggi yillarda Koreya Respublikasi universitetlari bilan hamkorlikning yangi bosqichiga qadam qo‘yilganligi, buning yorqin dalili o‘laroq kuni kecha Toshkentda keng miqyosda tashkil etilgan O‘zbekiston-Koreya ta’limi forumida amalga oshirilgan hamkorlik qadamlarini alohida e’tirof etib o‘tdi. Shuningdek, har yili O‘zbekiston Milliy universitetda xorijlik talabalar uchun tashkil etiladigan yozgi maktabda Kyungpook universiteti talabalari ham ishtirok etishidan mamnun bo‘lishini alohida ta’kidladi va ularga yaratib beriladigan imkoniyatlar to‘g‘risida ham atroflicha ma’lumot berib o‘tdi.
Uchrashuv so‘ngida ikki universitet o‘rtasida istiqbolli hamkorlik maqsadi ko‘zlangan strategik rejalar belgilab olindi.